Strategik marketing


O‘sish-turbulentlik  bosqichi



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/308
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338563
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   308
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

O‘sish-turbulentlik  bosqichi.
  Agar  tovar  birinchi  bosqichda  sinovdan 
muvaffaqiyatli o‘tsa, u savdo tez rivojlanadigan 
o‘sish bosqichiga
 o‘tadi. Tovarning 
hayotiylik davri modeliga ko‘ra, bunday o‘sishga quyidagilar sabab bo‘ladi: 
-
 
dastlabki  qoniqqan  foydalanuvchilar  o‘z  xaridlarini  takrorlaydilar  va  og‘zaki 
kommunikasiya orqali boshqa potensial xaridorlarga ta’sir ko‘rsatadilar;  
-
 
bozorni qamrab olish darajasi tez ortadi; 
-
 
tovarning sotish joylarida mavjudligi uni sezilarli qilib qo‘yadi, bu ham uning 
bozorda tarqalishiga imkon beradi. 
-
 
bozorga  yangi  raqobatchilarning  chiqishi  talabga  jami  marketing  bosimining 
oshishiga olib keladi, bu paytda talab kengayuvchan va juda moslashuvchan bo‘ladi. 
Ushbu  bosqichning  muhim  jihati  mahsulot  hajmining  ortishi  va  paydo  bo‘lib 
kelayotgan  tajribaning  samarasi  hisobiga  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  muntazam 
kamayib borishidir. Narxlar pasayib boradi, bu esa asta-sekin butun potensial bozorni 
qamrab  olishga  imkon  beradi.  SHuning  uchun  marketing  xarajatlari  tez  o‘sib 
borayotgan savdo hajmiga taqsimlanadi.  
Iqtisodiy va raqobat muhitining tavsifnomalari tez o‘zgaradi: 
-
 
savdo o‘sib boruvchi sur’atlarda ortib boradi; 


 
96 
 
 
-
 
endilikda  maqsadli  guruh  yangilikni  erta  qabul  qiladigan  kishilar  segmenti 
bo‘ladi; 
-
 
yangi raqobatchilar bozorga ko‘p miqdorda chiqadilar; 
-
 
texnologiya bozorda keng tarqaladi. 
Ushbu vaziyatdan unumli foydalanish uchun marketingning ustuvor maqsadlari 
ham quyidagicha o‘zgarishi kerak bo‘ladi: 
-bozorni talab kengayib borayotgan sharoitlarda kengaytirish va rivojlantirish; 
-bozorni qamrab olish darajasini imkon qadar kengaytirish; 
-markaning kuchli obrazini yaratish; 
-markaga qiziquvchanlikni yaratish va qo‘llab-quvvatlash. 
Ushbu  yangi  maqsadlarga erishish  uchun marketing dasturi  yangilanishi, ya’ni 
quyidagilarga qaratilishi lozim: 
-tovarni avvalo unga, yangi xususiyatlar qo‘shish orqali yaxshilash; 
-intensiv savdoga o‘tish va sotish tarmoqlarining sonini ko‘paytirish; 
-xaridorlarning yangi guruhlarini jalb qilish uchun narxni pasaytirish; 
-kommunikasiya vositasida markaning yangi obrazini yaratish. 
Birlamchi talabni ishlab chiqishdan maqsad odatda katta moliyaviy xarajatlarni 
talab  qiladi,  vaholanki,  agar  pul  oqimi  musbat  bo‘lib,  rentabellik  yaxshilanib 
borayotgan  bo‘lsa-da,  moliyaviy  muvozanat  chegarasiga  etilmasligi  ham  mumkin. 
Bunday  bozorda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  firma  o‘zining  o‘sishini  moliyaviy 
ta’minlash uchun anchagina katta moliyaviy bazaga ega bo‘lishi kerak. 
Ushbu bosqichda talab kengayib borganligi tufayli, raqobatchilar ko‘p bo‘lgan 
taqdirda  ham  raqobat  muhiti  o‘zgarishsiz  qoladi.  Har  bir  firmaning  marketing 
harakatlari bozorning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shmoqda, bozor bilan hamqadam 
o‘sib borish maqsadi barchaga to‘g‘ri keladi. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish