- Maqsad va vazifalarni aniqlash uchta kichik jarayonlardan iborat. Birinchi kichik jarayon firmaning vazifasini aniqlashdan iborat. Bu vazifa firmaning faoliyat yuritishini mazmunini ifodalaydi va bu tashkilotda ishlovchi odamlarga ularning joriy hatti-harkatlariga istiqbol nuqtai nazaridan ma‘lum ma‘no, mazmun berish imkoniyatiga ega.
- Tashkilot faoliyatiga manfaatlari ta‘sir etuvchi odamlar guruhi (demakki, firma vazifalari aniqlanishida hisobga olinishi lozim manfaatlar egalari) bo‘lib tashkilot egalari (ta‘sischilari) xodimlari, tashkilot mahsulotlarini sotib oluvchilar, firmaning hamkorlari, mahalliy jamoat va butun jamiyat hisoblanadi. Vazifada har bir sub‘ekt manfaatlarining namoyon bo‘lish darajasi bevosita tashkilot katta-kichikligiga, qaysi biznes turi bilan shug‘ullanishiga, qaerda joylashganligiga va h.klarga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |