G) Strategiyani amalga oshirish ishlari ma’muriy vazifalarga kirib, quyidagilardan iborat :strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun tashkiliy imkoniyatlar yaratish
G) Strategiyani amalga oshirish ishlari ma’muriy vazifalarga kirib, quyidagilardan iborat :strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun tashkiliy imkoniyatlar yaratish;
mablaglarni foydali joylashtirish uchun budjetni boshqarish;
firma strategiyasini amalga oshirishni ta’minlaydigan siyosatni belgilash;
xizmatchilarning yanada samaraliroq ishlashlari uchun ragbatlantirish;
erishiladigan natijalar va mukofotlar xajmini bir‑biriga bog‘lash;
kompaniyada belgilangan vazifalarni bajarish uchun qulay muxit yaratish;
kompaniya personalini ta’minlovchi ichki sharoitlarni yaratish, ya’ni xar bir personalning strategik rolini samarali ijro etish sharoitlarini yaratish;
ishni doimiy yaxshilash uchun eng ilgor tajribalardan foydalanish;
ichki raxbarlikni ta’minlash;
D) Yuqoridagi 4 ta vazifalar bir necha bor kayta ko‘rib chiqiladi, chunki yangi yuzaga keladigan xolatlar tuzatishlar kiritishni talab qiladi. O‘tgan tajribalar va kompaniyaning istiqbol maqsadlari o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘llarini axtarish doimiy xisoblanadi. Strategiyani amalga oshirishda ba’zi qismlari keraksiz bo‘lib, ularni o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan strategik boshqarish vazifalarining xar biri doimiy taxlil va qarorlar qabul qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo‘nalishda davom ettirish kerakmi yoki unga o‘zgartirishlar kiritish kerakmi? Chunki strategik menejment doimiy xarakatdagi jarayondir.
Bu besh vazifa bir‑biridan ajralgan xolda bo‘lmay , ular o‘zaro uzviy boglangan. Masalan, kompaniyaning missiyalariga bogliq masalalar mauyyan maqsadlar bilan jips boglangan;
bu besh vazifa aloxida xolda amalga oshirilmaydi;
strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish ogir jarayon xisoblanadi va menejerlardan turli xil xarakatlarni talab qiladi;
strategik menejmentga doimiy yetarli e’tibor berish strategiyani takomillashtirish zaruriyati va uni amalga oshirish usullarini yangilash strategiyaning sifati, samaradorligini oshirish uchun xar bir xodimdan talab qilinadi.
Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari. Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Biznes soxasini aniqlash va firmaning asosiy maqsadini ishlab chiqish.
2. Firmaning asl maqsadini aloxida uzoq muddatli va qisqa muddatli faoliyat maqsadlariga aylantirish.
3. Faoliyat maqsadlariga erishish strategiyasini belgilash.
4. Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish
5. Faoliyatni baxolash, vaziyatni kuzatib borish va unga tuzatishlar kiritish.
Bu bosqichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik 3‑rasmda ko‘rsatilgan.