Strategik biznesni rejalashtirish. Reja



Download 21,18 Kb.
bet1/4
Sana22.03.2022
Hajmi21,18 Kb.
#505540
  1   2   3   4
Bog'liq
Biznes iqtisodiyot


Strategik biznesni rejalashtirish.
Reja:



  1. Strategik rejalashtirish mohiyati, elementlari va bosqichlari.

  2. Tashqi muhit omillari va tashkilotning ichki o’zgaruvchilarini

baholash va tahlil qilish.

  1. Strategiyani tanlash va amalga oshirish.

  2. Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish.

  3. Strategiya va strukturaning o’zaro mosligini aniqlash va tahminlash.


Strategik rejalashtirish mohiyati, elementlari v bosqichlari.
Tashkilotlarda (korxona, firmalarda) boshqaruv jarayonining birinchi zanjiri bo’lib, rejalashtirish vazifasi turadi. Bu firmaning menejer korpusining ishi bo’lib firmaning maqsadlarini aniqlash, ularga erishishning yo’li va vositasi bilan boG’liqdir.
Rejalashtirish vazifalari quyidagi uchta savolga javob berishi kerak.
1)Hozirgi vaqtda bizning ahvolimiz qanday? Tashkilotni muhim sohalarda-moliya, ishlab chiqarish, marketing kabilarda kuchli va zaif tomonlari taxlil qilinadi. Bu taxlil firmaning real imkoniyatlarini aniqlash uchun kerak bo’ladi.
2)Biz qaysi yo’ldan yurmoqchimiz? qo’shimcha ravishda boshqa ichki muhit omillari taxlil qilinadi: iqtisodiy sharoitlar, texnologiya saviyasi, tashkilotdagi ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar, tashqi muhitning ijobiy yoki salbiy tahsir ko’rsatishiga baho beradilar: raqobat sharti, qonunlar, siyosiy ahvol va boshqalar. Natijada rahbariyat qanday maqsadni ko’zlashni va unga erishishga nimalar halaqit berishini aniqlaydi.
3)Buni biz qanday qilib bajaramiz? Menejment umumiy va aniq doirada ishlovchilar quyilgan masalani echish uchun nimalar qilishi kerakligini aniqlaydi. Rejalashtirish yordamida rahbariyat barcha tashkilot ahzolari harakatlarini yagona yo’nalishga, uning umumiy maqsadiga erishishiga safarbar qiladi.
Rejalashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan tashkil topgan:
1.Tashkilotning bosh maqsadi aniqlanadi, yahni firmaning hayot kechirishidan maqsadi. Bu kabi maqsad tashkilotning xususiyati bilan boG’liq. Masalan: IBM korporatsiyasining maqsadi - hisoblash apparatini etkazib berishdan iborat, bankning maqsadi - firmalarni kredit bilan tahminlashdan iborat.
2.Tashkilotning faoliyatini aniqlash. Bu jarayon bir vaqtda menejmentning barcha saviyalarida o’zaro muvofiqlashtirilib amalga oshiriladi. Yuqori saviyada bu masala odatda tovar xizmatining ahamiyatini va sifatini aniqlaydi, quyi saviyalarda esa bular aniq masalalar, aniq raqamlar bilan ish olib boriladi, qanday detallar partiyasini, qanday korxonada ishlab chiqarish va x.k.
3.Bajariladigan ishlar rejasini quyidagi masalalar bo’yicha tuzib chiqish. Bunga echiladigan masalaning samarali ekanligini aniqlovchi standartlar ishlab chiqish kiradi.
4.Rejalarning bajarilishi umumiy yo’nalishini har bir boshqaruv saviyasida ishlab chiqish.
5.Rejalarni bajarilishining aniq qoida va protseduralarini ishlab chiqish. Protsedura deganda, quyilgan masalani echishda biridan keyin biri bajariladigan harakatlar tushuniladi. qoidalar - mahsus va aniq ko’rsatmalar, u yoki bu ishni bajarish yoki bajarmaslik talabini belgilaydi.
Rejalashtirishning vazifalarini menejmentdagi ko’rib chiqilgan tavsiflarini namoyish etilishini quyidagi rejalashtirish jarayoni chizmasida ko’rish mumkin

Tashqi muhit









Hokimiyat




raqobatchilar















































ichki muhit























































maqsad


























































Masalalar























































Reja




o’lchovlar va stan-
dartlar







Aksiya egalari


































Jami-
yat




Tezkor rejalashtirish




Umumiy yo’nalishlar























































Protsedura va qoidalar









































Ishchi kuchi





Haridorlar




Etkazib beruvchilar




Rejalashtirish jarayoni


Menejmentda strategik rejalashtirish o’xshash vazifaga ega - firmani tashkil qiluvchi ahzolarini boshqarish asosini tahmin etishdan iborat. U oliy rahbariyatning harakat va qarorlari majmuasi bo’lib, shunday korxona strategiyasini ishlab chiqishga yo’naltiriganki, uning hozirgi davrda va asosan kelajakda samarali rivojlanishiga imkon yaratadi.


Hozirgi zamon ishbilarmonlar dunyosida har qanday katta firma, ayniqsa, korporatsiya joriy rejalar bilan cheklanib qolmasdan, balki menejment strategik rejalarini, uslubi qimmat va murakkab jarayon bo’lishiga qaramay, o’zining faoliyatiga kiritadi.
Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, bu kabi rejalashtirishlar quyidagi sabablarga ko’ra o’ta muhimdir:
1.U tashkilotning maqsadini aniqlashga va shakllantirishga ko’mak lashadi. Bunda korporativ missiya tashkilotning aniq maqsadlarini baholash va ularga erishish masalalarini quyishi kerak.
2.Strategik rejalashtirish firmani tashqi sharoitiga ko’nikishini tahminlaydi, chunki u o’ziga muhim element sifatida tashqi muhit taxlilini va uning noxush tahsiriga moslashish usullarini kiritadi.
3.Strategik rejalashtirish firma taraqqiyoti tushunchasi va samarali tarkibli boshqaruvni bunyod etish bilan yaqin boG’liq. Bu ikkita tushuncha asosan strategik rejalashtirishning ko’rsatmalaridan biri hisoblanadi.
4.Strategik rejalashtirish hisobiga samarali muvofiqlashtirish mumkin va katta miqdordagi korxonalarning ichki operatsiyalarini yaxlitlash imkoni mavjud, chunki ular zamonavay va o’ta yirik korporatsiya tarkibiga kiradi.
5.Firma resurslariningsamarali taqsimlanishi - inson, moliya, xom-ashyo, texnologiyalarni to’G’ri taqsimlashni strategik rejalashtirishsiz amalga oshirish qiyin. Bu kabi rejalashtirish jarayonida tashkilot ichki faoliyatining sharoitlarini taxlil qilish uning shunday sohalarini aniqlashga yordamlashadiki, kapital mablaG’larni qaysi yo’nalishda sarflash maqsadga muvoqligini bildiradi.
Strategik rejalashtirish menedjerlarni tarbiyalashda, ularni strategik fikr yuritishida yaxshi maktab hisoblanadi. Bu narsa shu mahnoni bildiradiki, menedjerlarga avvalom bor strategik qarorlar xatolarini o’rganib, kelajakni aniq tasavvur qila olish qobiliyati zarur. Xulosa qilib aytsak, oliy menedjer korpusi va bahzi sharoitlarda o’rta boshqaruv zvenosi rahbarlari o’z ishining xaqiqiy ustasi bo’lishlari zarur.
Strategik rejalashtirish natijasi - har tomonlama asoslangan aniq rejalar majmuasi, tashkilotning missiyasini amalga oshishiga va maqsadga erishishni tahminlaydigan yo’nalishda bo’lmoG’i kerak.
Strategik reja firmaning oliy rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi. SHu bilan birga uni amalga oshirishda boshqaruvning barcha poG’onalari rahbarlari qatnashadi.
Strategik rejalarning davomiylik muddati bir qator omillarga boG’liqdir: tashkilot maqsadi va uning texnologiyasi, ichki va tashqi muhitning o’zgaruvchanligi va xokazolar. Strategik rejalashtirishning odatdagi o’rtacha muddati 5 yil. Ammo bahzi bir firmalar uchun bu muddat 2-3 yil bo’lishi mumkin. SHu bilan bir qatorda katta va turgun korporatsiyalar faoliyatini strategik rejalashtirish 10 yilga va undan ortiq muddatga hisoblangan bo’lishi mumkin.
Strategik rejalashtirish rahbarlar tomonidan tashkilot imkoniyatlari yoki tashqi muhit haqida noto’G’ri axborotlar hisobiga, noto’G’ri qarorlar qabul qilishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Firmaning bosh maqsadlarini shakllantira borish strategik rejalashtirishni umumiy maqsad birligiga va boshqaruvda samarali tashkiliy tarkiblarni shakllantirishga imkon yaratadi.
Strategik rejalashtirish bir guruh biridan keyin biri yoki bir vaqtda bajariladigan reja bosqichlaridan iborat. Bu bosqichlarni quyidagi jarayonlar sifatida keltirish mumkin:
1.Tashkilot burchini (missiyasini) shakllanishi.
2.Portfel strategiyasini shakllanishi (bosh yo’nalishlarni va umumiy maqsadlarni tanlash).
3.Tashkilotning ichki va tashqi muhitlarini taxlil qilish.
4.Muqobil o’sishni tanlash.
Missiya deganda tashkilotning kelajakka yo’naltirigan eng oliy maqsadi tushuniladi. Bu ushbu aniq firmani nima uchun tashkil etilganligini bildiradi. Missiyani amalga oshirish uchun firmaning maqsad va vazifalari ishlab chiqiladi.
IlG’or firmalarda burch qoidasi asosan aniq faoliyat yo’nalishiga va xizmatchilarning ahloq mehyorlariga ega bo’lishiga imkon yaratadi. Firmaning asosiy maqsadi qandayligiga qarab rivojlanishning eng yaxshi muqobilligini tanlash mumkin.
Firma va korporatsiyaning portfelg’ strategiyasini ishlab chiqishda ikkinchi vazifa bo’lib, rejalashtirish hisoblanadi. U qimmatbaxo qoG’ozlar, tashkilot xujjatlari, buyurtmalar portfeli tushunchasi bilan nomlanadi. Portfelg’ strategiyasi bu firmaning asosiy va umumiy maqsadlarni ishlab chiqishdir. U ikkita ko’rsatkichni o’z ichiga qamrab oladi.
1.Firma taraqqiyotini asosiy yo’nalishlarini aniqlash.
2.Firma faoliyatini bosh, umumiy maqsadlarini ifodalash va belgilash.
Vazifa tanlashga o’xshab, portfelg’ strategiyasini tanlash ham firmaning oliy menedjer korpusining vazifasi hisoblanadi. SHu bilan birga u to’G’ridan-to’G’ri eki bevosita firmaning boshqaruv faoliyatini o’rta va quyi saviyalari bilan yaqin boG’laydi, chunki portfel strategiyasini shakllantirish faqat tashkilotning ichki va tashqi omillari haqidagi mahlumotlar olinganda mumkin bo’ladi.
Tashkilot taraqqiyotining strategik yo’nalishi-- Bu guruh keng spektrli masalalardan: kompaniyaning o’sishi, uning marketing faoliyati, ishlab chiqarish texnologiyasi, innovatsiyalar, material va mehnat resurslari bilan boG’liqdir.
Tashkilotning umumiy maqsadlari. Firma rahbariyati tomonidan tanlab olingan firma taraqqiyotining asosiy yo’nalishi tashkilotni oldiga quyilgan bosh va umumiy maqsadlari asosida aniqlashtiriladi. Strategik rejalashtirish muvaffaqiyati uni tashkilot jamoasi tomonidan qanchalik to’G’ri tanlanganligiga, tushunarli qilib izoxlanganligiga va qabul qilinganligiga boG’liq.
Bu sohadagi izlanishlar shuni ko’rsatadiki, strategik maqsadlar mahlum talablarga javob berishlari kerak:
1.Aniqlik va o’lchamlilik.
2.Vaqt bo’yicha belgilanganlik.
3.Erishuvchanlik (real).
4.Muqobillilik va o’zaro boG’liqlik.
5.Maqsad quyilishi sohasidagi ustuvorlik.



Download 21,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish