Strategik ahamiyatga EGA tarmoqlarning milliy iqtisodiyotdagi o’rni Reja


Mamlakat sanoatida faoliyat ko`rsatayotgan xo`jalik yurituvchi sub`yektlar tarkibi



Download 0,86 Mb.
bet2/2
Sana28.02.2021
Hajmi0,86 Mb.
#60706
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish Mintaqa

Mamlakat sanoatida faoliyat ko`rsatayotgan xo`jalik yurituvchi sub`yektlar tarkibi

 

Davlat

Nodavlat

Mahsulot va xizmatlar hajmi

28,6

71,4

Sanoat ishlab chiqarish xodimlar soni

20,5

79,5

Islohotlarni chuqurlashtirish, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturiga muvofiq 1912 ob`yektlar mulkchilikning yangi shakllariga aylantirildi, juda ko`p qo`shma korxonalar qurildi. 2016-2018 yillar o`rtasida sanoat tarmoqlarida hisobga olingan kichik va mikrofirmalar soni 194,4 mingdan 231,9 mingga yetdi.

Respublika sanoat tarmoqlarida asosiy mahsulot ishlab chiqarish nisbatining o`zgarishi (foizda)

Tarmoqlar

1994

1995

2001

2002

2004

Butun sanoat

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Yoqilg`i-energetika majmui

18,3

18,3

21,3

21,4

24,1

Metallurgiya

14,1

13,9

12,3

15,1

17,9

Kimyo va neft sanoati

4,6

5,2

6,0

5,7

5,6

Mashinasozlik va metalni qayta ishlash

7,3

,8

11,2

9,9

12,0

Yog`ochsozlik

0,9

1,0

1,3

1,2

1,0

Qurilish materiallari sanoati

5,0

4,5

5,2

4,8

4,1

Yengil sanoat

19,0

18,6

20,0

19,8

19,4

Oziq-ovqat sanoati

9,7

9,8

12,6

14,2

9,6

Boshqa sanoat tarmoqlari

11,2

10,9

10,1

7,9

6,3

Bozorning asosiy modellari

 Monopoliyaning o`sishi, uning raqobatga ta`siri bozorning shakllanishini o`zgartiradi. Bu quyidagi jadvalda o`z aksini topgan.

2-jadval


Bozorning asosiy modellari

Belgilari

Raqobat va monopoliyaga qarab bozor modeli

 

 


sof raqobat

sof mono-poliya

Monopoliyali raqobat

Oligopoliya

Firmalar Soni

juda ko`p

bitta

ko`p

bir nechagina

Mahsulot turi

standartlashgan

yagona, o`xshashi yo`q

Tabaqalash- gan

Sgandartlashgan yoki tabaqalashgan

Baho nazorati

Yo`q

ta`sirli

qisman

cheklangan

Kirish sha roiti

Juda oson

o`rab olin gan

nisbatan engil

Ta`sirli to`siqlar mavjud

Narxsiz raqobat

yo`q

deyarli yo`q

sifat, rek lama, savdo tamg`alari kabilarga e`tibor katta -

juda keng qo`llaniladi

Mustaqillik yillarida sanoatning yangi, yuqori texnologiyaga ega bo`lgan tarmoqlari (avtomobilsozlik, radiotexnika, malakali kadrtalab, mashinasozlik va h.k.) vujudga keldi. Hozirgi vaqtda respublika sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq va tarmoqchalar mavjud bo`lib, ular bir necha majmualarni tashkil etadi.

Umuman, respublika sanoat tarmoqlarining hozirgi tarkibida eng katta ulushni yoqilg`i-energetika majmui (24,1 %) egallaydi (10-jadval). Undan keyin yengil sanoat 19,4, metallurgiya - 17,9, mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati 12,0 foizga teng.

O`zbekiston O`rta Osiyoda samolyotlar, avtomobillar, paxta terish, ip yigiruv, to`quv mashinalari, traktorlar, ekskovatorlar, yuk ko`taruvchi kranlar, liftlar, qorametall, prokat kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yagona mamlakatdir.

Yoqilg`i-energetika majmui. Mamlakat yoqilg`i-energetika majmuiga-gaz, neft, ko`mir va energetika sanoatlari kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 24,1 foizga teng. O`zbekistonning g`arbiy va janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko`mir konlarining katta zahiralariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko`mir zahiralari esa 2 milliard tonnadan ortiq. Respublikamiz neft zahiralariga ham boy. Neft, gaz va elektr energiya o`z ehtiyojlarimizni to`la ta`minlabgina qolmay, ko`p miqdorda eksport ham qilinadi. Hozir bu majmua kapital mablag` sarflash hamda chet el investitsiyalarini jalb etishning eng foydali sohalaridan biri bo`lib qoldi. Mazkur sanoat majmui ikki guruhga: yoqilg`i va elektr energetika sanoatiga bo`linadi.

O`zbekiston Respublikasi sanoatining marmoqlar tuzilishi.

Yoqilg`i-energetika majmui. Mamlakat yoqilg`i-energetika majmuiga-gaz, neft, ko`mir va energetika sanoatlari kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 24,1 foizga teng. O`zbekistonning g`arbiy va janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko`mir konlarining katta zahiralariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko`mir zahiralari esa 2 milliard tonnadan ortiq. Respublikamiz neft zahiralariga ham boy. Neft, gaz va elektr energiya o`z ehtiyojlarimizni to`la ta`minlabgina qolmay, ko`p miqdorda eksport ham qilinadi. Hozir bu majmua kapital mablag` sarflash hamda chet el investitsiyalarini jalb etishning eng foydali sohalaridan biri bo`lib qoldi. Mazkur sanoat majmui ikki guruhga: yoqilg`i va elektr energetika sanoatiga bo`linadi.

Yoqilg`i sanoati - O`zbekiston og`ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, u tabiiy gaz, neft, ko`mir qazib chiqarishni va ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotni iste`molchilarga yetkazib berishni o`z ichiga oladi. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg`ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud.

O`zbekiston yoqilg`i-energetika sanoatining yirik-yirik konlari va ularning zahiralari chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda o`rganilib, iqtisodiy jihatdan baholanmoqda hamda qazib olinib, qayta ishlanmoqda. Mutaxassislar baholashicha, O`zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo`lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko`rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G`arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg`ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda.



Respublikada tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash.

Gaz sanoati-mamlakat yoqilg`i-energetika sanoatining eng rivojlangan va iqtisodiyotda salmoqli tarmog`idir. Uni qazib olish va ishlatish miqdori katta tezlik bilan o`sib bormoqda. Masalan, 1990 yilda mamlakatda 40,7 mlrd. mі gaz qazib olingan bo`lsa, 1995 yilda 48,6 mlrd. mі, 2004 yilga kelib uning hajmi 60 mlrd. mі ga yaqinlashdi. Endilikda O`zbekiston gaz zahiralari va qazib chiqarishda dunyoning birinchi 10 mamlakati safiga kiradi. MDH mamlakatlarida esa Rossiya va Turkmanistondan keyin 3-o`rinda turadi. Gaz Respublika yoqilg`i balansining 2/3 qismiga teng.

Ayniqsa, respublika gaz sanoatining rivojlananishi XX asrning o`rtalarida ochilgan Jarqoq va Gazli konlari katta rol o`ynadi. 1958-1960 yillarda Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent gaz quvuri qurildi. Ushbu gaz magistralining qurilishi bilan respublikamizning mazkur zonadagi sanoat markazlari, shaharlar va ko`pgina qishloqlarni gazlashirish boshlandi. 1962 yilda katta zahiraga ega bo`lgan Gazli koni ishga tushirildi. Natijada, O`zbekiston gazi shavqatsizlarcha tashib ketila boshladi. Juda qisqa muddatlada qurib bitkazilgan "Gazli-Sverdlovskiy" (Buxoro-Ural), "O`rta Osiyo-Markaz" va "Buxoro-Toshkent-Bishkek-Olmaota" gaz quvurlari orqali sobiq Ittifoqning Yevropa qismiga, Ural, Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikistonga, shuningdek, Boltiqbiyi respublikalariga har yili 50 mlrd. kubometr gaz jo`natilgan.

Ko`mir sanoati.

Mamlakatimiz hududidan ko`mir uch joydan-Angren, Sharg`un va Boysun (To`da) dan qazib olinadi. Ularning dastlabkisidan qo`ng`ir ko`mir qazib olinsa, keyingi ikkitasidan toshko`mir qazib olinadi.

O`zbekiston hududidan dastlabki ko`mir qazib olish 1930 yillarning oxirida Angren konida boshlangan. Ushbu kon Toshkent viloyatidagi Ohangaron vodiysining o`rta oqimida joylashgan. Angren ko`mir koninig zahirasi respublikada topilgan barcha ko`mir zahirasining 96,5 foizini tashkil etadi. Agar mamlakatda yiliga 10 mln. tonnadan ko`mir qazib olingan taqdirda ham, Angren ko`mirining zahirasi yana 200 yilga yetadi.

Elktr energetika sanoati

Energetika O`zbekiston xalq xo`jaligining muhim tarmog`i bo`lib, Respublikada iqtisodiyot va texnika taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. O`zbekiston energetika tizimi umumiy o`rnatilgan quvvati 11,5 mln. kVt bo`lgan 37 issiqlik va gidravlikv elektr stansiyalarda yiliga 55 mlrd. kVt soatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. O`zbekiston energetika tizimining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi qariyb 228 ming km.ni tashkil qiladi. Tarmoq transformatorlarining umumiy quvvati 42,6 MVA ga teng.

O`zbekistonda elektr energiya ishlab chiqarish va undan xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida foydalanishning o`z tarixi bor. 1923 yil Toshkent shahri yaqinidagi Bo`zsuv kanalida GES qurilishi boshlandi, uning birinchi navbati 1926 yil 1 mayda ishga tushirildi. O`sha davrda Bo`zsuv GESi O`rta Osiyoda birinchi va yirik energetika inshooti edi. 1913 yilda O`zbekiston hududida umumiy quvvati 3 kVt. bo`lgan 6 ta dizel elektr stansiya ishlagan, ularning yillik quvvati 3,3 mln. kVt. ga teng bo`lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 



Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari .–T.: 1997.

Karimov I.A. O`zbekiston "milliy" istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. T., 1996.

Abirqulov Q. Iqtisodiy geografiya. T., 2004.

Алаев Э.Б. Социально-экономическая география. Понятийно-терминологический словарь. – М.: Мысль, 1983.

Akramov Z.M. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o`quv dasturi. T., 1992.

Asanov G.R. Sotsial-iqtisodiy geografiya: termin va tushunchalar izohli lug`ati. - T.: O`qituvchi, 1990.

Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov I. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo`g`rofiyasi. -T.: O`qituvchi, 1994.

Axmedov E.A. O`zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. –T., 2002.

Axmedov E.A., Boltayev M.J. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Ma`ruzalar matni. Toshkent, 2000.

Axmedov E.A. va va boshqalar. Mustaqil O`zbekiston. T., 2001.

Axmedov E.A., Saydaminova Z. O`zbekiston Respublikasi. Qisqacha ma`lumotnoma. Toshkent, O`zbekiston, 1995.

Baratov P. O`zbekiston tabiiy geografiyasi. -T.: O`qituvchi, 1996.
Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish