2015 yilning 26 martida O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 sentyabrdagi 266-son Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra sug‘urta qoplamasining umumiy summasi:

1. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli bitta yo‘lovchiga 11 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorda belgilansin, ulardan:
10 ming AQSH dollari — yo‘lovchining hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun;
1 ming AQSH dollari — yo‘lovchining mol-mulkiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun to‘lab beriladi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli quyida ko‘rsatilgan formulaga muvofiq aniqlanadi:
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli quyida ko‘rsatilgan formulaga muvofiq aniqlanadi:
Ss = Sp x V, bunda:
Ss — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli;
Sp — bitta yo‘lovchiga belgilangan sug‘urta puli;
V — tashuvchi tomonidan foydalanilayotgan barcha transport vositalarining ishlab chiqaruvchi zavod pasportlari bo‘yicha yo‘lovchi sig‘imi, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda qatnovchi, boshqa davlatlar temir yo‘l tashuvchilariga tegishli bo‘lgan vagonlar bundan mustasno. Bunda O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda qatnovchi, boshqa davlatlar temir yo‘l tashuvchilariga tegishli bo‘lgan vagonlardagi yo‘lovchilarga nisbatan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini to‘lash bo‘yicha majburiyatni bajarishdan ozod qilmaydi.