88
Fitin - fosforning murakkab organik birikmasidan tayyorlangan preparat bo‘lib, tarkibida inozit
fosfor kislotalarining kalsiyli, magniyli tuzlarini saqlaydi. Mazkur preparat suyaklar, tishlar o‘sishi va
tarakkietini faollashtiradi, markaziy asab sistemasi faoliyatini yaxshilaydi. Fitin poroshok yoki tabletka
holida ( 0 , 2 5 №40) chiqariladi.
Tavsiya dozasi: 1 yoshda - 0 , 0 5 dan kuniga 2 mahal
2 yoshda - 0 , 1 dan kuniga 2 mahal 3-4 yoshda - 0 , 1 5 dan kuniga 2 mahal 5-6 yoshda - 0 , 2 dan kuniga 2
mahal 7 yoshda - 0 , 2 5 dan kuniga 2 mahal 8-14 yoshda - 0 , 2 5 dan kuniga 3 mahal ichish uchun buyuriladi.
Kalsiy moddasiga boy mahsulotlar: sut qattiq mahsulotlari, dengiz balig‘i, holva, grechixa, suli.
Baliq va go‘sht mahsulotlari fosforga boy hisoblanadi.
Mineral tuzlarning organizmga to‘la-to‘kis singishida, ftor moddasining organizmda me‘yoridan
ko‘p
KIRILISHINI
oldini olishda, modda almashinuvi jarayonini me‘yorida kyechishini ta‘minlashda
vitamin - darmondorilarining ahamiyati nixoyatda kattadir. Quyida ulardan ba‘zi birlarini ko‘rib utamiz.
Vitamin- D2 organizmda kalsiy, fosfor almashuvini nazorat qilib, boshqarib ichaklardan mazkur
moddalarning so‘rilishini
yaxshilaydi.
Videxol vitamin D2 ning 0, 125% li moyli eritmasi, flakonlarda 5 , 1 0 , 3 0 ml shaklida chiqariladi.
Tavsiya dozasi: 1 yoshda - kuniga 1 tomchidan
2-3 yoshda - kuniga 2 tomchidan
3-5 yoshda - kuniga 3 tomchidan
5-8 yoshda -kuniga 4-5 tomchidan ichish uchun buyuriladi.
Vitamin D2 ga boy mahsulotlar : tuxum sarigi, sut, saryog, —-zambururlar, achitkilar (drojji).
Vitamin _B1_ —uglevod almashinuvi va markaziy nerv sistemasi faoliyatini mu‘tadillaydi.
Drajje holida 0, 112 g dan №50 tadan, tabletkalar shaklida 0,005-0,01 g dan №50 tadan chiqariladi.
Tavsiya dozasi: 3-7 yoshda - 0,005 g dan kuniga 1 marta 7 yoshdan yuqori - 0, 01 g dan kuniga 1 marta.
B1 vitaminini kalsiy muddasiga boy oziq mahsulotlari bilan birgalikda buyurish samarali ta‘sirini
ko‘rsatadi. B1 vitaminiga boy mahsulotlar bo‘lib: krupa, yirik tortilgan un, no‘xat, achitqi (drojji)
hisoblanadi.
Vitamin C — ko‘shuvchi to‘qima tuzilish va vazifasini to‘g‘ri ta‘minlovchi darmondori bo‘lib,
organizmda ftor moddasini keragidan ortiqcha miqdorda yigilishiga barham beradi. Mazkur vitamin
sabzavotlar (piy oz, pomidor, karam), mevalarda va rezavor mevalarda ko‘proq bo‘ladi.
Vitamin A tish follikulalarini, epiteliy to‘qimasining turri . tarakkietini, o‘sishini ta‘minlaydi. A-vitamini
saqlovchi oziq mahsulotlari: sut, jigar, sabzi ko‘katlar bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: