C ho‘tkasiz elektrik m ikrom otor xususiyati.
1. Ijobiy jihati:
tezlik diapazoni 1000-40 000 ayl/minut,
yuqori kesish kuchiga ega,
havoli mikromotorga nisbatan tezlikni aniq boshqara oladi,
burchakli cho‘tkalari yo‘q,
uzluksiz ishlash mumkin,
servis xizmatlariga minimal muhtojligi.
2. Salbiy jihati:
havoli mikromotorlarga nisbatan narxining qimmatligi
Havoli m ikrom otorning xususiyatlari.
1. Ijobiy jihati:
ishonchliligi,
dastakdagi halqalar yordamida
tezlikni boshqarish mumkinligi,
uzluksiz ishlashi mumkinligi,
«yumshoq» va «asta» ishni ta’minlay berishi tufayli doimiy ravishda
almashtirishni talab qiluvchi cho‘tkaIarining yo‘qIigi,
qimmat emasligi,
boshqa havoli dastaklaming dastalarida bu dastak turini ham q o ilay
olish.
2. Salbiy jihati:
elektr mikromotorlarga nisbatan
kesish kuchining kamligi,
tezlik diapazoni 4000 - 25000 ayl/minut,
elektr mikromotorlarga nisbatan tezlikni boshqarish noaniqligi.
Tish toshlarini olishda qoilaniladigan dastaklar.
Havoli skaler. Havoli skalerning ish tartibi quyidagicha: havo dastak-
ning uchida joylashgan kanalga kelib, uning mayda tirqishlaridan chiqib,
gilzani harakatga keltiradi. Natijada o ‘q atrofida aylanma harakatlar yuzaga
keladi, o ‘qqa dastak o ‘matiladi, uning uchi oval harakatlami yuzaga keltira
di. Oval harakat tebranishni keltirib chiqaradi. Tebranish chastotasi 7000 os
ni tashkil etadi.
Pezoelektrik skaler. Pezoelektrik skalerlarda ishlash tartibi undagi ba’zi
kristallar hajmining elektr maydoni ta’sirida o ‘zgarishiga asoslangan. As
bobning o ‘qida pezoelektrik element bo‘lib, unga o ‘zgaruvchan tok ulanadi.
Kristall bo‘ylama hajm o'zgaradi, dastak yuqori chastotada bo‘ylama harakat
lami amalga oshiradi.
Bunda dastak uchining tebranishi bir yuzada amalga oshadi.
Tebranish
chastotasi - 35 000 os gacha.
Skalerlar dastaga o ‘rnatiladigan va avtonom skalerlarga farqlanadi.
Soda yordam ida «oqartirish»da ishlatiladigan dastak lar. Bu dastak
turlari tish emalini oqartirmaydi, balki emalni tabiiy rangiga yetkazish uchun
foydalaniladi.
Tish karashlarini olishda odatdagi skalerlardan tashqari,
soda asosidagi
kukundan ham foydalaniladi.
Oqartirish jarayoni soda va havo oqimini suv bosimi ostida yuborishga
asoslangan.
Bu usul uchun foydalaniladigan dastak turlari:
1. Dastaga o ‘rnatiladigan, soda oqimi yordamida oqartiruvchi dastak;
2. Skalerlar yordamida oqartirish uchun qollaniladigan avtonom dastaklar.
Vizual tashxis qo‘yishda q o ‘llaniladigan dastaklar. Bu dastaklardan
tekshirish jarayonida foydalaniladi. Ular tashqaridan (yuzani tekshirish),
shuningdek ichkaridan (tish to‘qimalarini yoritish maqsadida) ishlatiladi.
Burchakli dastak - ular ikki xil bo‘ladi: bosh ishchi qismi mahkamlangan
va aylanma boshchali. Bosh ishchi qismi dastak yordamida tishsimon birlashma
bilan
birikadi, gayka yoki bosma tugma richak yordamida biriktiriladi.
T o‘g ‘ri dastak - NP - 10 - u asosan, borni mustahkamlovchi va asbobni
dastaga mahkamlovchi hamda bormashinadagi dastakka harakatni uzaytiruv-
chi qismlardan iborat (aylanish tezligi 30 000 ayl/minut).
Dastaklar stomatologik qurilmaga dastalar yordamida biriktiriladi. Dastalar
ikki xil bo‘ladi: egiluvchan yumshoq va qattiq.
Do'stlaringiz bilan baham: