Stiven Xoking inson irodasiga qo‘yilgan haykal


Jimitdekkina xizmatchining hayoti



Download 270,35 Kb.
bet12/28
Sana01.06.2022
Hajmi270,35 Kb.
#628838
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
FIZIK OLIMLAR HAYOTI

Jimitdekkina xizmatchining hayoti


Gershellar oilasining shajaraviy ildizlari Germaniyaning Gannover shahridan tarqalgan. Oila boshlig‘i Isaak Gershel harbiy orkestr safidagi musiqachi bo‘lgan. U to‘ng‘ich farzandi Vilgelm Gershelni ham o‘z kasbi bo‘yicha o‘qittirgan va haqiqatan ham, biz astronom sifatida taniydigan Uilyam Gershel, avvaliga harbiy musiqachi bo‘lib xizmat qilgan. Uning bir necha janglarda ham ishtirok etgani ma'lum. Qiziquvchilar internetdagi turli manbalardan va musiqiy arxivlardan Gershel ijodiga mansub simfonik asarlarni va hatto konsertlarni ham izlab topishlari mumkin. Ushbu musiqiy asarlarni diqqat bilan tinglasangiz, ularning muallifida o‘sha davr harbiylariga xos bo‘lmagan ayrim nozik hissiyotlar mavjudligini ilg‘aysiz. Harbiy qasamyoddan keyin Gershel o‘z-o‘ziga "Essiz, menga oyoq-qo‘llar hayf" - deb xitob qilgan ekan. Biroz muddat harbiy xizmat o‘tagach, Gershel jang-jadallarsiz, tinch va xotirjam hayot bilan yashashni istab qoladi va qardosh Angliyaga ketadi. "Qardosh" deyilishining sababi bor albatta. Gershel yashagan zamonda Gannover yerlari ham Angliya qiroli tasarrufida bo‘lgan.
Uilyam Gershelning 12 yosh kichik singlisi Karolina esa Gannoverda o‘z oilasi bilan qolgan. Chunki u avvalo Gershellar xonadoni bekasiga uy-ro‘zg‘or ishlarida bosh yordamchi bo‘lsa, qolaversa, xonadon kattalarning fikriga ko‘ra, ayol kishi faqat o‘z uyi yumushlari bilan mashg‘ul bo‘lishi kerak edi. Karolina Gershel o‘z uyida xuddi xizmatchi misol uzukkun faqat pishir-kuydir, supir-sidir ishlari bilan band bo‘lgan. Karolina 10 yoshligida og‘ir asoratli ichterlama xastaligiga duchor bo‘lgan va jismoniy o‘sishda tengdoshlaridan orqada qola boshlagan. U jimmitdekkina qizaloq bo‘lgan. Karolina Gershelning bo‘yi, u voyaga yetgan vaqtda ham atiga 130 sm atrofida bo‘lgan.
Uning bu kabi jihatlarini e'tiborga olgan xonadon kattalari, ayniqsa onasi, hech qaysi yigit Karolinaga uylanmasa kerak deb o‘ylagan. Shu sababli ham, Karolina bu hayotda faqat o‘z ona xonadonida, uy-ro‘zg‘or ishlari bilan band bo‘lib yashab o‘tadi degan fikr ularda qat'iy o‘rnashib qolgan edi. Birinchi masalada ular haq bo‘lib chiqishdi: Karolina haqiqatan ham turmushga chiqmasdan, toq yashab o‘tdi. Lekin uy xizmatchisi masalasida Karolinaning o‘zidan boshqa Gershellar qattiq yanglishishgandi.
Karolinaga Uilyamga ham ular hali yosh bolalik chog‘larida otasi tungi osmonni, ayniqsa yulduzlarning joylashuvini ko‘p tushuntirgan. Ota-bolalar koinotdagi yulduz turkumlarini o‘rganib chiqishgan. o‘sha paytda fazoda paydo bo‘lgan "dumli yulduz" esa bolalarning sirli koinotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirib yuborgan edi. Ehtimol aynan o‘sha paytlarda bo‘lajak aka-singil astronomlar o‘zlarining kelajak kasblarini tanlab bo‘lishgandir.
Vaqt o‘tishi bilan Karolina Gershel shunchaki maishiy turmush bilan o‘ralashib, yashashdan zerikdi. 1772-yilga kelib u ham akasining ortidan Angliyaga yo‘l oldi. Akasini izlab topgach, avvaliga uning xonadoniga joylashib, yana ro‘zg‘or ishlari bilan band bo‘lib turdi. Uilyam Gershel ingliz tuprog‘ida yaxshi o‘rnashib olgan edi. U musiqachilik qilish bilan tirikchilik o‘tkazar, konsertlar berib, xor va orkestrlarga dirijyorlik qilardi. Shuningdek, undan organ saboqlarini olish uchun shogirdlar pullik dars olishardi. Karolina esa ajoyib, qo‘ng‘iroq ovozi bilan ajralib turgan. Bir-ikki sinov mashqlaridan so‘ng, Uilyam o‘z singlisi uchun maxsus kuylar bastalashni boshlagan va bu orqali Karolina qo‘shiqchilik yo‘nalishiga kirib kelgan. Aka-singil birgalikda konsertlar va tomoshalar qo‘yib, yaxshigina hayot kechira boshlashgan. o‘sha paytlarda musiqa va qo‘shiq ushbu aka-singillarning taqdiri ekaniga o‘zlari ham shubha qilishmasdi. Lekin kunlardan bir kun Uilyam Gershelning bolalik xotiralarini uyg‘otgan va hayotini ostin-ustin qilib yuborgan voqea sodir bo‘ldi. Uning qo‘liga Fergyussonning "Astronomiya" (Astronomy explained upon sir Isaac Newton's principles, 1750) kitobi tushib qoladi. Aka-singil ushbu kitobni mutolaa qilib chiqqach, o‘zlari uchun musiqadan ham qiziq mashg‘ulotni qayta kashf etishgandi. Uilyam astronomiya - yaqin asrlarning markaziy fani bo‘ladi deb ishongan va kunlardan bir kun, astronomik asbob-uskunalar - teleskop-refraktorlar va jadvallar tayyorlab sotish bilan yaxshi pul ishlasa bo‘ladi degan g‘oya bilan uyg‘ongan. U teleskoplarni mukammallashtirish kerak degan fikr bilan, ushbu ilmiy asbobning turli modellarini loyihalashni boshlab yuborgan. Kelajak - ko‘zguli teleskoplar bilan deb ishonadi u.
Gershel teleskopning tarkibiy qismlarini tayyorlab sota boshladi. U avvaliga linzalarni yasashni va kerakli aniqlikkacha sayqallashni yo‘lga qo‘ygan. Uilyam Gershel ustaxonasida har safar yangi-yangi va borgan sari mukammal teleskop modellari sotuvga chiqa boshlagan. Bu borada u bilan singlisi Karolina ham teppa-teng ishlardi. Karolinaning nozik barmoqlari, akasining qo‘pol qo‘llari dag‘allik qiladigan ishlarni ham yuqori sifatda, ajoyib aniqlikda bajara olgan.
Vaqt o‘tishi bilan aka-singillar asta sekin, shunchaki astronomik asboblar yasovchi maqomidan, haqiqiy professional astronomlar darajasiga chiqib borishdi. Ular buning uchun matematikani ham qaytadan o‘rganib chiqishgan. Aytish joizki, Karolina Gershel avvallari matematikani deyarli bilmagan. Chunki Gannoverda uning xat-savod chiqarishi uchun ham sharoit berishmagan. U akasi orqali, astronomik kuzatuvlar uchun kifoya qiladigan darajadagi qisqa matematik bilimlarni o‘zlashtirib olgan. Boshida Karolina akasining astronomik kuzatuvlari natijalarini qog‘ozga tushirish va kerakli trigonometrik hisob-kitoblarni bajarish bilan band bo‘lgan.
Asta-sekinlik bilan Karolina trigonometrik hisob-kitoblarni mukammal darajada o‘zlashtirib oldi. U astronomiyaga oid chizmalar va kuzatuv natijalarini yuksak mahorat bilan taqqoslab, osmon jismining harakat trayektoriyasi va boshqa xossalarini o‘ta aniqlik bilan keltirib chiqara olgan. Bir vaqtning o‘zida u boshqa astronomlarning nazaridan chetda qolgan jihatlarga e'tibor qaratib, hisoblashlarda yangicha usullarni qo‘llay boshlagan. Singlisining mahorati ortib borayotganidan quvongan akasi, 1782 yilda unga alohida teleskop tayyorlab berib, kuzatuvlarni mustaqil o‘tkazishi mumkinligini aytgan. Mustaqil kuzatuvlarni Karolina Gershel koinotda yangi kometalarni izlashdan boshlagan. Eslatib o‘tamiz, 1781-yilda Uilyam Gershel Uran sayyorasini kashf etgan va butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgan edi.
Karolina o‘zining ilk katta kashfiyotini 1786-yilning 1 avgust kuni amalga oshirgan. U astronomlarga ilgari noma'lum bo‘lgan yangi kometani kashf qilgan edi. Shu tarzda, 1786-1797 yillar mobaynida Karolina Gershel 6 ta yangi kometani kashf qilib, ularning harakat trayektoriyasini ham hisoblab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday natija o‘sha zamondagi istalgan nufuzli astronom uchun ham nihoyatda ulkan ilmiy yutuq sanalardi. Karolinaning obro‘si akasiniki singari favqulodda oshib ketdi. Uni mustaqil astronom sifatida tan olindi va nufuzli ilmiy manbalarda qayd eta boshlashdi. Ba'zi olimlar esa Karolina Gershelni "Kometalarning birinchi raqamli xonimi" deb ham atay boshlashgan. o‘sha paytlar uchun bunday yuksak ilmiy natijalarni ayol kishi qayd etganini eshitish - "jazirama saratonda qizil qor yo‘g‘ibdi" degan gap bilan barobar bo‘lgan. Karolina bilan shaxsan tanishish ilinjida kelgan olimlar esa, qarshisidagi, bo‘yi atiga 130 sm jimmitdekkina ayolning shunday ulkan ilmiy kashfiyotlar muallifi bo‘lganiga ishonolmay hayratda qolishardi. Vaqt o‘tishi bilan olimaning salohiyati haqidagi maqtovlar qirollik xonadoniga ham yetib bordi va Angliya qiroli Karolina Gershelning ilmiy ishlarining e'tirofi sifatida unga 1787 yildan boshlab 50 funt-sterling miqdorida yillik maosh tayinlandi. Shu tarzda, Karolina Gershel Yevropalik ayollar ichida ilmiy ish uchun maosh tayinlangan ilk olima bo‘lib tarixga kirgan. Mukofotdan ruhlangan olima, endi faqat kometalarni kuzatish bilan cheklanib qolmasdan, boshqa samoviy obyektlarga ham diqqat qarata boshlagan. Uning bir necha yulduz to‘dalari va tumanliklarni ham kashf etib, tegishli astronomik jadvallarga kiritganligi ma'lum.
1788-yili Uilyam Gershel uylanadi. Aftidan Karolina Gershel biroz injiq ayol bo‘lgan bo‘lsa kerak. Harholda u va akasining uylanishidan keyingi munosabatlari darz ketganini boshqacha izohlash qiyin. Karolina ko‘pincha akasining xotini bilan kelishmovchiliklarga borib qolardi va bu narsa aka-singillar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikka ham katta ta'sir ko‘rsatardi. Lekin ular bir-birlariga bo‘lgan ishonchni saqlagan holda, sabr bilan birga ishlashda davom etishgan. Harholda ular yana naq 10 yil birga ishlashdi va bu muddat ichida Karolina o‘zining shaxsiy muallifligidagi yulduzlar katalogini tuzib, tugal holatga keltirishga erishdi. Ushbu katalogda olima avvaldan mavjud yulduzlar xaritalariga tuzatish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga, o‘zi amalga oshirgan kashfiyotlarni ham bayon qilgan. Shuningdek Karolina Gershel katalogida naq 560 ta yangi yulduzlarning koordinatalari bayon qilinadi. Katalogda shuningdek qirollik astronomi Jon Felmstid ishlariga ham sharh berib o‘tiladi va uning ham ayrim natijalariga aniqlik kiritiladi. Ushbu chuqur ilmiy ishlari tufayli Karolina Gershelning astronom sifatidagi obro‘si yanada oshib ketadi va uni saroyga, qirol huzuriga tez-tez taklif qilib turadigan bo‘lishadi.
1822-yilda Uilyam Gershel vafot etadi va Karolina Gannoverga qaytishga qaror qiladi. Biroq bu payga kelib uning jiyani, ya'ni, akasining o‘g‘li Jon Gershel ham yetuk astronom bo‘lib shakllangan edi va u ham otasi va ammasi yo‘lidan borib, yangi-yangi osmon jismlarini kashf etishga kirishgandi. Karolina akasining xotinini bilan unchalik murosa qilmasa-da, lekin jiyanini juda yaxshi ko‘rgan va Jon Gershelning astronomik tadqiqotlarida ham amaliy ham nazariy ko‘mak bergan. Ko‘p yillik izlanish va mehnat natijasida amma-jiyan birgalikda tumanliklarning kattagina yangi katalogini nashrdan chiqarishgan (keyinchalik ular tumanlik sifatida qayd etgan obyektlarning ba'zilari galaktikalar bo‘lib chiqqan).
Odatda bunday hollarda, Karolina singari olimalarning hayotini sarhisob qilib, muallif o‘zining so‘nggi "shoh asari"ni tamomlagach, ko‘p o‘tmay vafot etgani qayd etiladi. Lekin Karolina haqida bunday deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki u ilmiy ishlarni bir chetga surib, faqat qarilik hayoti bilan yashay boshlagach ham yana uzoq yillar baxtli umr kechirgan. Karolina Gershel haqida xotirlaganlar uning 98 yoshida ham es-hushi tiniq, salomatligi ham anchayin mustahkam, kuch-quvvati joyida bo‘lganini eslashgan. U bilan do‘stlashish ko‘plab olimlar uchun obro‘ sanalgan. Karolina Gershel bilan shaxsan yuz ko‘rishish uchun hatto o‘z davrining eng yetuk matematigi va astronomi, Gyottingen rasadxonasining direktori, matematiklar shohi - Karl Fridrix Gauss ataylab vaqt ajratib, Angliyaga kelib ketgan.
Biz yuqorida Karolina Gershel ilm-fandan yiroqlashib, qarilik hayoti bilan yashay boshlagach ham, uzoq yillar baxtli hayot kechirgan deb aytib o‘tdik. Haqiqatan ham, Karolinaning umridagi eng baxtli yillari aynan o‘sha, uning nuroniy yoshga yetgan davri bo‘lgan. o‘sha yillarda Karolina Gershel ko‘plab nufuzli ilmiy mukofotlar va e'tiroflar sohibasi bo‘lgan. Xususan, uni Irlandiya Qirollik Akademiyasi safiga a'zolikka saylashgan. Britaniya Qirollik Astronomiya Jamiyati esa uni maxsus oltin medal bilan mukofotlagan. Karolina Gershelning so‘nggi ilmiy mukofotlaridan biri - oltin medal u 96 yoshga to‘lgan yili Prussiya qiroli tomonidan taqdim qolingan. Keyingi yili, ya'ni, Karolina Gershel 97 yoshga kirgan payt uning huzurida Angliya Qirollik taxti vorisi, ya'ni, Uels shaxzodasi shaxsan mehmon bo‘lgan. Oliy martabali mehmon uchun Karolina o‘zining astronomlik faoliyatidan avvalgi kasbi - qo‘shiqchilik mahoratini namoyish qilib bergan. 97 (!) yoshli Karolina akasi bilan sayyor konsertlar qo‘ygan paytlarda yod olgan qo‘shiqlarini shunday keksaygan paytida ham bemalol yoddan aytganligi hammani hayratlantirgan ekan.

Karolina Gershel haqidagi hikoya yakunida yana shuni aytib o‘tish joizki, zamonaviy astronomik kataloglarda qayd etiluvchi NGC205, 225, 253, 381, 659, 891, 2349, 2360, 2548, 6633, 7380 va 7789 raqamli obyektlar Karolina Gershel obyektlari deyiladi. Chunki ularning hammasini hikoyamiz qahramoni kashf qilgan edi. Karolina Gershel sharafiga uning nomi bilan 281"Lukretsiya" asteroidi nomlangan. Shuningdek oydagi diametri 13 km keladigan ulkan krater ham Karolina Gershel nomi bilan ataladi.

Download 270,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish