href=”#ko’rsatgich (metka)“> o’tilsin
Shunga o’xshash bir qancha qatorlar Web-saxifaning mundarijasini tashkil etishi mumkin va uni xujjatning boshiga va oxiriga joylashtirish mumkin. Mundarijaning istalgan bo’limini tanlash esa uning qsha bo’limini kompyuter ekranida ko’rishga imkon beradi. ilovalar uchun bazaviy adresni (URL ni) berish uchun ishlatiladigan element. U xujjat ilovalaridagi adresning boshlang’ich qismini tushirib qoldirishga imkon beradi. Ushbu elementni ishlatish uchun quyidagi tuzilmani qqllash kerak bo’ladi:
<BASE href=”http://kompyuter/yo’l1”>
Adresning yo’l1 qismi majburiy emas va to’liq adres xosil qilinganida u tushirib qoldiriladi. Masalan, agar xujjat matnida quyidagi nisbiy ilova uchrasa,
href=”yo’l2/xujjat nomi.htm”>Ilova matni
U quyidagi URL ga mos keladi:
http://kompyuter/yo’l2/ xujjat nomi.htm
Agarda lokal disk uchun bazaviy adresni berish kerak bo’lsa, quyidagi konstruktsiyani ishlatish kerak:
yo’l\”>
Bu xolda nisbiy ilovani ko’rsatishda nafaqat fayl nomini, balki u turgan papkani xam ko’rsatish kerak bo’ladi. Agarda xujjatda ko’rsatilgan fayllar uchun umumiy boshlang’ich fragment mavjud bo’lsa, bu ish ancha foydali bo’ladi. Endi Web-saxifa kodlari qanday bo’lishi va ularning ishlatilishi xamda sintaksisi xaqida quyida qisqacha ma’lumot berishga xarakat qilamiz. Xar bir elementning ishlatilishida uning ichida qanday elementlar joylashishi mumkinligini va u qanday elementlarning ichida joylashishi mumkinligi xaqidagi ma’lumotlarni bilish juda xam muxim. HTML, HEAD, TITLE va BODY elementlarining o’zaro joylashishi xar qanday saxifada xam standart bo’lishi kerak. Agarda xujjat freymlarni joylashtirish uchun tuzilgan bo’lsa, u xolda BODY elementi o’rniga FRAMESET elementi ishlatiladi. Birgalikda ishlatiladigan elementlar guruxlari xam bo’lib, ularga jadvallar, ruyxatlar va freymlar xosil qilish elementlari kiradi. Bunda elementlarning joylashish tartibi saxifadagi u yoki bu ob’ektning yaratilishi mantiqi asosida aniqlanadi. Bunda bir qancha unchalik qiyin bo’lmagan qoidalarni yoddan chiqarmaslik kerak. Jadvallar va freymlar ko’pincha saxifa detallarini (rasmlarni, matnlarni va xakozolar) biror bir tartibda joylashtirish uchun ishlatiladilar. Masalan, rasmni jadval katakchasi ichiga joylashtirayotganda uning qandaydir ko’rinishda joylashuviga erishish mumkin. Bunday xollarda HTML tili elementlarning bir-biriga nisbatan joylashuvi Web- saxifa yaratayotganlar tomonidan aniqlanadi. Matnni formatlashtirish uchun ishlatiladigan juda ko’p sonli elementlar ularning xilma xil tartibda joylashtirish imkonini beradi. Lekin ularning o’zlari xam albatta qandaydir elementlarning ichida joylashishlari kerak. Bunda xar bir elementning bajaradigan ishini va ta’sir qilish doirasi xamda makonini xisobga olish zarur bo’ladi. Elementlarning bir-biriga nisbatan joylashuvi qoidalarining buzilishi Web-saxifalar yaratishda uchraydigan va keng tarqalgan xatolardan biridir. Bunday xatolarga yo’l qo’ymaslik uchun gipermatnlarning muxarrirlaridan foydalanish kerak, chunki ular sintaksis qoidalarining to’griligini avtomatik ravishda nazorat qiladilar. Ko’pchilik brouzerlar gipermatnlarni belgilash jarayonida yo’l qo’yilgan xatolarga e’tibor bermaslikka va ularni bajarishga xarakat qiladilar. Lekin xato jiddiy bo’lsa, u xolda ekranga saxifani ko’rsatish mumkin emasligi xaqidagi ma’lumot chiqadi. Ba’zi vaqtlarda esa ekranga HTML kodining fragmentlari chiqishi xam mumkin. Sintaksis qoidalari boshlang’ich va oxirgi tegalarning ishlatilishiga, atributlardan va elementlardan foydalanishga tegishli bo’lishi mumkin. “Element” va “Tega” tushunchalarini bir biridan farqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: