Stillarni ishlatish


Element – bu o’ziga xos konteyner bo’lib, u atributlarga xamda boshlang’ich va oxirgi tegalar orasidagi foydali ma’lumotlarga ega. Tega



Download 2,14 Mb.
bet10/28
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#239982
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
Amaliy mashgulot

Element – bu o’ziga xos konteyner bo’lib, u atributlarga xamda boshlang’ich va oxirgi tegalar orasidagi foydali ma’lumotlarga ega.

Tega – burchakli qavslar orasiga olingan konstruktsiya bo’lib, u elementning ta’sir doirasini bildiradi.

Ba’zi bir elementlar oxirgi tegaga ega emaslar. Masalan, qator oxirini bildiradigan BR nomli elementga oxirgi tega zarur emas. Ba’zi elementlar esa oxirgi tega bilan yoki usiz xam ishlatilishlari mumkin. Masalan, abzats elementi R bunga misol bo’la oladi. U oxirgi tegaga ega bo’lishi xam mumkin. Lekin agarda oxirgi tega berilmagan bo’lsa, u xolda ushbu element ta’sir doirasining tugallanishi belgisi sifatida mantiqiy ravishda joriy abzatsning tugallanganligini ko’rsatuvchi keyingi element oxirgi tega funktsiyasini bilvosita bajarishi mumkin. Bunday elementlarga misol bo’lib, boshqa P elementi, rasm elementi IMG, ruyxat elementi UL, jadval elementi TABLE va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Shunday qilib, xar bir elementning foydali elementi ushbu elementning boshlang’ich va oxirgi tegalari orasida yoki ushbu elementning boshlang’ich tegasi va keyingi elementning boshlang’ich tegasi orasida bo’lishi kerak. Saxifaga kiritilgan xar qanday ixtiyoriy matn brouzer tomonidan ekranga chiqarilishi zarur bo’lgan ma’lumot sifatida tushuniladi va ushbu matnni qrab turgan elementlar asosida formatlashtiriladi. Bunda matn muxarriri yordamida matnning qatorlarga bo’linganligi xisobga olinmaydi. Nazariy jixatdan butun Web-saxifani bitta uzun qatorda xam joylashtirish mumkin. Misol uchun, Bloknotda kiritilgan qator oxiri belgilari HTML-kodlarni o’qishni engillashtirishi mumkin, lekin ular brouzer tomonidan ko’rsatilmaydi. Brouzer saxifani ekranga chiqarish vaqtida qatorni elementlar joylashtirilishiga mos ravishda tugallaydi. Shuning uchun xam Web-saxifani ekranning o’lchami, bouzer oynasi, monitorning ko’rsatgichlarini va boshqalarni xisobga olgan xolda tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi. Asosiy qoidalardan biri boshlang’ich tega ichida kerakli atributlarni joylashtirishdir.

Web-saxifalarda simvollarni kodlashtirish Internetda faoliyat ko’rsatishning asosiy ishchi tili ingliz tilidir. Lekin gipermatnli xujjatlar uchun turli xil milliy alfavitlarning ishlatilishi xam ko’zda tutilgan. Ma’lumotlar ko’rsatilishining standart rejimi ISO Latin 1 (ISO 8859-1) bo’lib, u MS DOS va Windows ga mos tushadi. Shuning uchun HTML-kodlarini ko’rish va taxrirlash uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan programmalar turkumi ko’pchilikni tashkil qiladi. Undan tashqari brouzerlar Unicode 2.0 (ISO 10646) simvollarini xam qabul qila oladilar va bu xol milliy alfivitlarni ishlatish imkonini yaratadi. Simvollar bir baytli (0 dan 255 gacha bo’lgan kodlar) va ikki baytli (0 dan 65535 gacha bo’lgan kodlar) sonlar bilan kodlashtirila oladilar. Birinchi xolda milliy alfavitning ishlatila olishi uchun charset atributi zarur bo’ladi (yuqorida keltirilgan dastur listingining ettinchi qatori oxiriga qaralsin). Internet Explorer dagi Vid menyusining Vid kodirovki buyrug’ini ochilsa, kompyuterda qanday kod saxifalari ishlatilishi mumkinligi xaqida ma’lumotlarni ko’rish mumkin. Agarda Web-saxifa uchun kod saxifasi va konkret shriftlar ko’rsatilmagan bo’lsa, u xolda brouzer shriftlarni o’zi tanlab oladi. Agarda saxifa internetdan yuklansa, brouzer saxifa matnini taxlil qilib, kerakli kodirovkani tanlashga xarakat qiladi. Agar u bu ishni noto’gri amalga oshirsa, u xolda foydalanuvchi Vid kodirovki menyusidan foydalangan xolda xatoni to’grilashi mumkin. Agarda xujjatda biror bir kodlashtirish saxifasiga ko’rsatma mavjud bo’lsa, u xolda kerakli shriftning tanlanishi avtomatik ravishda xal bo’ladi. Ko’pchilik brouzerlar turli xil milliy alfavitlarda ishlash imkonini yaratadilar. Programmaviy ta’minotni installatsiya qilish (o’rnatish) jarayonida kerakli shriftlar xam avtomatik ravishda o’rnatiladilar.

Gipermatn xujjatlarni MS WORD va Front Page da yaratilayotganda saxifa matniga avtomatik ravishda charset=xxxxx buyrug’i qo’shiladi va bu xolat kirill alfavitini ishlatishga imkon bermaydi. Bunda atributning to’gri kattaligini ko’rsatish kerak bo’ladi, ya’ni charset= windows-1251. Agarda xujjatda Unicode kodirovkasi ishlatilsa, u xolda Bloknot, Norton Commander yoki Word Pad kabi taxrirlagichlarni HTML kodlarni kiritish uchun ishlatish mumkin bo’lmaydi. Bunda faqat gipermatn taxrirlagichnigina ishlatish mumkin bo’ladi. HTML dasturiy tilida va brouzerlarda simvollarni ularning kodlari orqali kiritish imkoniyati ko’zda tutilgan. Simvollar klaviaturadan kiritiladigan, nostandart va HTML tomonidan ishchi simvollar sifatida ishlatiladigan bo’lishi mumkin. Ularning barchasini maxsus simvollar deb ataladi. Maxsus simvollarni kiritishning birinchi usuli uning raqamli kodini ko’rsatish, ikkinchisi simvolning mnemonik kodini ko’rsatishdir. Simvol kodini matnning boshqa qismidan ajratish uchun nuqtali vergul belgisi ishlatiladi. Quyidagi jadvalda maxsus simvollar va ularning turli xil kodlari keltirilgan:



Maxsus simvollar


Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish