Ilova
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabalari o‘rtasida “STEP BY STEP” ko‘rik-tanlovi to‘g‘risida
MA’LUMOT
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 1043-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha institut rektorining buyrug‘i asosida “2019-2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “Ma’rifatli yoshlar – yurt ko‘zgusi” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 21(22)-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Step by step” ko‘rik-tanlovi filial talaba-yoshlari o‘rtasida onlayn tarzda o‘tkazildi.
Filial talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va talaba – yoshlar ongida Vatanimizni, xalqimizni sharafli tarixini ulug‘laydigan, keksayu yosh, kattayu kichik, shu aziz yurtni panoh tutgan har bir insonni muqaddas Vatanimiz himoyasi va buyuk kelajagi yo‘lida mard va fidoiy bo‘lishga chorlaydi. Vatanga muhabbat hissini o‘yg‘otish hamda o‘zlari tug‘ilib o‘sgan zaminni avaylab asrash o‘z yurtining haqiqiy egasi bo‘lish kabi tuyg‘ularni kamol toptirishni ko‘zlaydi. Tanlovda har bir ishtirokchi tanlagan yo‘nalish bo‘yicha bosqichma-bosqich “mahalla – tuman – hudud – respublika” tamoyili asosida tarixi, qadriyatlari, hudud xususiyatlari (milliy urf odatlari, shevasi va qadimiy obidalari, ziyoratgohlari) haqida videorolik tayyorlandi.
Tanlov 2020 yil 18 - 21 may kunlari soat 12.00 dan - 13.30 gacha bo‘lib o‘tdi.
“Step by step” ko‘rik – tanlov e’loni https://t.me/TDIUSamfilial, https://t.me/TDIUSF_Siz_buni_bilasizmi telegram kanallarida hamda filialning https://sbtsue.uz saytiga joylashtirildi.
Mazkur tanlovda ishchi guruh a’zolari O‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Axrorov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Y.Isomiddinov, Tabiiy, ijtimoiy va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri X.Xonqulov, “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi L.Eshonqulovlar ishtirok etdi.
Tanlovga jami 78 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.
“Step by step” ko‘rik - tanlovi nizomda ko‘rsatilgan tanlov shartlari hamda me’zonlari asosida qo‘ydagilar g‘oliblikni qulga kiritdi.
- Iqtisodiyot fakulteti 1-kurs 110 – guruh talabasi Berdiqulov Samariddin I- o‘rin;
- Iqtisodiyot fakulteti 1-kurs 109-guruh talabasi Turobov Fazliddin II – o‘rin;
- Iqtisodiyot fakulteti 1-kurs 113-guruh talabasi Xotomboev Shoxrux III – o‘rin g‘olibi bo‘lishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |