Stator Sinxron generatorning qo‘zg‘atish tizimi


Ba'zi hollarda sinxron motorlardan foydalanish afzalroqdir



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana13.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#791863
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mustaqil ish

 
Ba'zi hollarda sinxron motorlardan foydalanish afzalroqdir:

Ba'zi hollarda sinxron motorlardan foydalanish afzalroqdir:

Quvvat faktorini yaxshilash uchun. 



Tez-tez ishga tushirish va to'xtash kerak bo'lmagan uzoq texnologik 
jarayonlarda. 

Shunday qilib, ushbu turdagi dvigatellarning "plyuslari" "minuslardan" 
sezilarli darajada oshib ketadi, shuning uchun hozirda ular talab katta. 
Sinxron dvigatelni, qurilmani va uning ishlash tamoyilini o'rganib, uning 
ishlash shartlarini hisobga olgan holda, siz maqsadingizga mos keladigan 
(himoyalangan, yopiq, ochiq) jihoz turini tez va oson tanlashingiz mumkin 
va undan maksimal samaradorlik bilan foydalanish kerak. 
Sinxron generatorning qo‘zg‘atish tizimi
deb qo‘zg‘atish tokini hosil qilib, uni 
boshqarishni ta’minlab beruvchi elektr mashina yoki elektr jihozlari yig‘indisiga 
aytiladi (qo‘zg‘atgich, yordamchi va rostlovchi qurilmalar majmuyi). Qo‘zg‘atgich 
rotor chulg‘amlari bilan kontakt halqalari va cho‘tkalar orqali elektr jihatdan ulangan 
bo‘ladi. Qo‘zg‘atish tizimining ishonchli, mustahkam, tejamli qo‘zg‘atish tokini ruxsat 
etilgan chegaralarda rostlash imkonini beradigan, tez ishlovchi, avariya holatlarida 
qo‘zg‘atish tokining eng katta qiymatini ta’minlab beradigan bo‘lishi talab qilinadi. 
Qo‘zg‘atish tizimi 2 guruhga bo‘linadi: mustaqil qo‘zg‘atishli, o’z-o‘zidan 
qo‘zg‘atishli. Birinchi guruhga o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlovchi barcha 
elektr mashinali qo‘zg‘atgichlar kiradi. Ikkinchi guruhga bevosita generator 
chiqishlariga maxsus pasaytiruvchi transformator orqali ulangan qo‘zg‘atish tizimlari 
kiradi. Mustaqil qo‘zg‘atish tizimlarining ishlashi tarmoq holatiga bog’liq bo'lmaganligi 
sababli keng tarqalgan. Hozirgi paytda generatorlarda quyidagi qo‘zg'atish tizimlari 
keng ko‘lamda qo‘llaniladi: o‘zgarmas tok elektr mashinali; yuqori chastotali; tiristorli 
va cho‘tkasiz qo‘zg‘atish tizimli. O‘zgarmas tok mashinali qo‘zg‘atish tizimlari 150 
MW quwat- gacha bo‘lgan generatorlarda ishlatiladi. Bu qo‘zg‘atish tizimlarining 
kamchiligi ularning qo‘zg‘atish tokini o‘sib borish tezligining yuqori emasligidadir. 
Katta quwatli generatorlarda yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagichga ega bo‘lgan qo‘zg‘atish 
tizimlaridan foydalaniladi. Bunda generator bilan bitta umumiy valga qo‘shimcha 
generator ulangan bo‘lib, uning kuchlanishi to‘g‘rilagichlar orqali rotor chulg‘amlariga 
uzatiladi.(1-rasm) 
𝑘
𝑓
=
𝑈
𝑐ℎ𝑖𝑞
𝑈
𝑓𝑘𝑖𝑟
Bunda 
𝑘
𝑓
jadallashtirish koeffitsiyenti; 
𝑈
𝑐ℎ𝑖𝑞
chiqish kuchlanishi
𝑈
𝑓𝑘𝑖𝑟
kirish 
kuchlanishi. 
1-rasm. Generatorning qo‘zg‘atish tizimining sxemasi: K(IG) — induksion 
generator; BVU — boshqarilmas ventilli o‘zgartirgich; QQCH— induksion 
generatorining qo‘zg‘atish chulg‘ami; QAR — qo‘zg‘atishning avtomatik 


rostlagichi; GQCH — sinxron generatorning qo‘zg‘atish chulg'ami; SG — 
sinxron generator; T — kuch transformatori; KT — kuchlanish transformatori. 
Bu yerda energiya manbayi bo'lib, induksion generator xizmat qiladi. Qo‘zg‘atish 
tizimlarida qo‘zg‘atish tokining o‘sib borish tez- ligini oshirish uchun jadallashtirish, 
ya’ni qo‘zg‘atish tokini keskin oshirish — forsirovkalashdan foydalaniladi. Elektr 
mashinali qo‘zg‘a- tish tizimida qo‘zg‘atish tokining o‘sib borish tezligi t = 0,4 +0,5 
soniya bo‘lsa, yuqori chastotali qo‘zg‘atish tizimlarida t = 0,3+0,4 soniyaga, 
jadallashtirish karraligi Kr = 2 ga teng. Yuqori chastotali qo‘zg‘atish tizimlari 300 
MW gacha bo‘lgan generatorlarda qoTla- niladi (2-rasm). Tiristorh qo‘zg‘atish 
tizimlarida o'zgartirgich sifatida tiristorlardan foydalaniladi. Tiristorli boshqarish 
sxemasi orqali esa qo‘zg‘atish tokining qiymati o‘zgartiriladi. Bu tizimning afzalligi 
jadallashtirish koeffitsiyenti K(>2, qo‘zg‘atish tokining o‘sib borish tezligi esa t = 
0,02+0,04 soniyani tashkil etadi. Shuning uchun bu qo‘zg‘atish tizimlari 500 MW 
gacha bo‘lgan sinxron generatorlarda qo‘llaniladi. Yuqorida ko'rib chiqilgan 
qo‘zg‘atish tizimlarining umumiy kamchiligi ularda kontakt cho‘tka jihozining 
mavjudligi bo‘hb, bu narsa tizimlarning ishonchlihgini pasaytirib yuboradi. Shuning 
uchun hozirgi paytda katta quwatli generatorlarda cho‘tkasiz qo‘zg‘atish tizimlari 
qo‘llaniladi (2-rasm). Bu qo‘zg‘atish tizimlari 800+1200 MW quwatli sinxron 
generatorlarda qo‘llanadi. Ularda qo‘zg‘atish tokining o‘sib borish tezligi t = 0,1s. 
Ikkinchi guruhga kiruvchi o‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli tizimlarning ishonchliligi kamroq, 
chunki ularda qo‘zg‘atgichning ishlashi o'zgaruvchan tok tarmog‘ining holatiga 
bog'liq bo‘ladi. 
2-rasm. Katta quvvatli generatorning yuqori chastotali qo‘zg‘atish tizimi: BV — 
tiristorli to‘g‘rilagich; GQCH — sinxron generatorning qo‘zg‘atish chulg'ami; TBS — 
tiristorni boshqarish sxemasi; QAR — qo‘zg‘atishni avtomatik rostlagich; TN — 
kuchlanish transformatori; T — kuch transformatori; SG - sinxron generator. 
3-rasm. Katta quvvatli generatorlarda cho‘tkasiz qo‘zg‘atish tizimlari: K(AG) — 
aylantirilgan (обращенный) generator; BV - tiristorli boshqarish sxemasi; QQCH - 


K(AG) generatorining qo‘zg‘atish chulg‘ami; BVU — tiristorli to‘g‘rilagich 
generator; GQCH - sinxron generatorning qo‘zg‘atish chulg‘ami; SG — sinxron 
generator; Tr — kuch transformatori; KT — kuchlanish transformatori; QAR — 
qo‘zg‘atishning avtomatik rostlagichi; TBS — tiristorni boshqarish sxemasi. 
4-rasm. Generatorlarning quzg‘atish tizimi: 0 ‘ET - o ‘z ehtiyoj transformatori; M - 
asinxron mator; Q — qo‘zg‘atgich, ya’ni qo‘zg‘atmas tok generatori; QQCH — 
qo‘zg‘atgichning qo‘zg‘atish chulg'ami; GQCH — sinxron generatorning qo‘zg‘atish 
chulg'ami; SG — sinxron generator, 0 ‘E — o ‘lchov elementi. 
Tarmoqdagi har qanday o‘zgarish qo‘zg‘atish tizimining normal ishlashiga putur 
yetkazadi (4-rasm). Bu tizimlarda qo'zg'atish jihozi bo‘lib, o‘z ehtiyoj shinalaridan 
ta’minlanuvchi asinxron motor va o‘zgarmas tok generatori xizmat qiladi. Bu 
qo‘zg‘atish tizimlaridan, odatda, elektr stansiyalarida qo‘zg‘atishning rezerv manbayi 
sifatida foydalaniladi. 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish