Statistika nimani o‘rgatadi?
Statistika deganda nimani tushunamiz? Statistika nimani bildiradi yoki o‘rgatadi? Statistika bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz juda ko‘p uchratamiz. Javoblar bundan ham ko‘p. Ularni ayrimlarini o‘qingda: Korreyl “Statistika bu koreta, u seni buyurgan tomonga olib boradi”; Ter-“Statistika sen bilmagan narsa to‘g‘risida aniq ma’lumot berish san’atidir”; Shletsar-“Statistika bu turib qolgan tarix, tarix bu kunlik statistikadir”; Djini-“Statistika-bu faqat to‘liq induksiyani emas, hamda to‘liqsiz induksiyani xudosidir”; Napolen“Statistika buyumlar byudjeti, aniqrog‘i buyumlar katalogi, unga hamma yangidan paydo bo‘lgan narsalar kiritilishi, yo‘qoladiganlari va yo‘qolganlari o‘chirilishi kerak”. Statistika deganda uzluksiz quruq raqamlar qatori, amaliy faoliyat, ijtimoiy fan, metod va h.k. tushuniladi. Random Xouse Sollege lug‘ati statistikani “yig‘ish, tasniflash, tahlil qilish va axborot yoki ma’lumotlarni talqin qilish bilan shug‘ullanadigan fan“ sifatini belgilaydi. Statistika bu ma’lumotlar to‘g‘risidagi fan degan fikrlar ham mavjud. Masalan, “Statistika–bu ma’lumotlar to‘g‘risidagi fandir. U raqamli ma’lumotlarni to‘plash, tasniflash, umumlashtirish, tizimlashtirish, tahlil qilish, tadqiqot va talqin qilishni o‘z ichiga oladi” deb yozadi 2013-yilda chop etilgan “STATISTUCS” kitobining mualliflari James T. McClave, Terry Sincich.
Statistikani tadqiqot metodi deb hisoblovchilar ham yetarli. Masalan, D. Bernonvulle fikricha statistika hodisalarni miqdoriy tomondan o‘rganishni maqsad qilgan metodlar yig‘indisidir. Fransuz olimi R. Dyuma turli instrumentlar (slesarni kalitlari; oshpazni pichoq va kapkirlari; vrachni skateri, to‘qimachini qaychi va ignasi) fan bo‘la olmaganidek statistika ham fan yoki o‘rganish va ifodalash vositasidir deb hisoblaydi. Statistikani metod sifatida tan oluvchi olimlardan yana biri Amerikalik iqtisodchi Frederix Milssdir. U hatto chop qilgan kitobini nomini hammaga o‘xshab statistika demasdan, statistik metodlar deb atagan. O‘sha kitobning 9betida “Statistika boshqaruvda va fanda keng qo‘llaniladigan samarali metod” deb yozadi muallif.
Statistikani qo‘llanilish obyekti bo‘yicha ham turli fikrlar mavjud. Masalan, keyingi yuz yilda statistikani ijtimoiy fan (hatto partiyaviy fan) ekanligini isbotlovchilar ko‘payib ketdi. Lekin, jonsiz tabiat fanlari – fizika, ximiya, astranomiya, geologiya, metrologiya; tirik jonli tabiat fanlari - biologiya, botanika, zoologiya; inson haqidagi fanlar - psixologiya, antropologiya; tibbiyot fanlari – patanatomiya, kardiologiya, onkologiya; kosmanavtika va nanotexnologiya fanlarida statistik metodlar keng qo‘llanilishini hamma yaxshi biladi.
Birinchidan, statistika bu sonlar va o‘lchovlar yordamida ko‘psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash;
Ikkinchidan statistika to‘plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar orqali ifodalash;
uchinchidan, statistika to‘plangan ma’lumotlarni tadqiqot usullarini shunday tartibda o‘rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog‘liqlikni aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |