Statistika o'rganish obyekti ommaviy hodisa va jarayonlardir



Download 12,17 Kb.
Sana01.03.2022
Hajmi12,17 Kb.
#476306
Bog'liq
Statistika 62-70 (1)


62. Statistika fanini asosiy kategoriyalari va tushunchalari. Tayanch iboralari: organish obekti, statistik birlik, toplam, statistik qonuniyat, statistik korsatkichlar.
62 javobi
Statistika o'rganish obyekti - ommaviy hodisa va jarayonlardir.
Demak, ommaviy hodisa - biror obyektlar to'plamida sodir bo'lgan voqea, harakat natijasi.
Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoran son shaklida ifodalaydi. Lekin bu sonlar matematikadagi abstrakt sonlar emas. Matematikadagi sonlar kasr, mavhum, butun, irratsional/ratsional sonlardan tashkil topib, katta-kichiklikni, shakllarni belgilar orqali ifodalashni ko'rsatib bersa,
statistikada ular ko'rsatkichlar, statistik ko'rsatkichlardir.
Lug'aviy jihatdan ko'rsatkich:
1) ko'rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv
2) biror narsaning borishi, rivoji, darajasi va bajarilishi kabilarni bildiruvchi belgi yoki narsa.

Falsafiy jihatdan:


O'rganilayotgan hodisa va jarayonning me'yori.
Hodisanijg sifati bilan miqdorining o'zaro bog'liqligi uning me'yori deb ataladi.

Gegel: " Statistikada qo'llaniladigan sonlar faqat o'zlarining sifat natijalari bilangina qiziqarlidir. Quruq raqamlar bilan ishlash oddiy qiziquvchanlik predneti hisoblanadi, u na nazariy va na amaliy jihatdan diqqatga sazovor emas."


Statistik ko'rsatkichlar - ma'lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning hokatini, rivojlanishini, tuzilishini, o'zaro bog'lanishini ifodalovchi me'yorlar.

Ko'rsatkichlar: 1. Mutlaq;


2. Nisbiy.

63. Statistika fani metodi. Tayanch iboralari: statistik kuzatish, jamlash, guruhlash, mutlaq va nisbiy miqdorlar, ortacha miqdorlar, variatsiya korsatkichlari, indekslar, korrelyasion va regression tahlil.


Javobi:
Statistika o'z obyektini ma'lum metodlar yordamida o'rganadi. Statistika dialektik metodga asoslanib. o'z predmetining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda. ommaviy hodisa va voqealarni o'rganishning maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yig'indisi statistika metodologivasi deyiladi. Istalgan ommaviy hodisa va voqealar to'g'risida ma’lum bir xulosaga kelish uchun biz. birinchi navbatda. ular haqida ma'lumotlar to'plashimiz. ikkinchidan, to'plangan ma'lumotlarni tartibga solib. ularni jadvallarga jovlashtirishimiz va grafiklarda tasvirlashimiz, uchinchidan. olingan va hisoblangan ko'rsatkichlami har tomonlama tahlil qilishimiz kerak. Mana shu shartlarni to'liq bajarsak. o'rganilayotgan ommaviy hodisa va voqealar to'g'risida obyektiv xulosaga kelishimiz mumkin. Shuning uchun ham har qanday statistik tekshirish statistik kuzatish. jamlash va guruhlash hamda statistik tahlildan iborat uch bosqichga bo'linadi. Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo'llaniladi. Birinchi bosqichda — statistik kuzatish metodi, ikkinchi bosqichda 18 jamlash va guruhlash metodlari, statistik jadvallar va grafiklar. uchinchi bosqichda- turli umumlashtiruvchi ko'rsatkichlarni (mutlaq, nisbiy va o'rtacha miqdorlar, dinamika ko'rsatkichlarini tablii qilish. balans, indeks va boshqa) hisoblash va tahlil qilish metodiari. Ilmiy jihatdan asoslangan statistik tadqiqot qayd etilgan metodlarning chambarchas bog'liq ravishda olib borilishini taqozo etadi.




Mutlaq ko`rsatkichlar: Mutlaq ko`rsatkichlar o`rganilayotgan hodisalar va ularning belgilarini bir xilligini, monandligini, o`xshashligini ifodalaydi. Mutlaq miqdorlar hodisalar yoki belgilarning ko`lami, soni, hajmi, darajasi, makon va zamonda taqsimlanish sonini ifodalaydi. Ular ayrim hodisa yoki belgilar uchun va ularning to`plami uchun hisoblanadi. Birinchi holda mutloq miqdorlar bevosita statistik kuzatish natijasida shakllanadi, masalan: ro`yhatga oilingan shaxsning yoshi, ma`lum ishchi ishlangan soati, u ishlab chiqargan mahsulot miqdori va h.k. Ikkinchi holda ular kuzatish materiallarini qayta ishlash, guruhlash, jamg`arish natijasida yuzaga chiqadi. Mutloq miqdorlar turli o`lchov birliklarida ifodalanadi. O`rganilayotgan hodisa yoki belgilarning tabiati va hisoblashda ko`zlangan maqsadga qarab ular natura shaklida, shartli natura birliklarida hamda pulda o`lchanadi. Bir jinsli va hilli hodisalarni hisoblashda natura birliklari qo`llanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan gaz mol uzunlik birligida (m, km), qazib olingan ko`mir og`irlik birligida (kg, t), gaz esa hajm birligida (m3 , km3 ), qurilgan uy sathi yuza birligida (m2 ), hudud maydoni esa km2 da, ekin maydoni gektarda (ga) o`lchanadi. Murakkab hodisalar, masalan, tubinalar, dona va quvvat birligida (ot kuchi yoki kvt) hisoblanadi. Ammo natura birliklari hodisalarni jismoniy miqdorini aniqlab ularning sifatini hisobga olmaydi. Bir jinsli yurli sifatga ega bo`lgan hodisalar to`plami shartli natura birliklarida o`lchanadi. Buning uchun biror muhim belgi bu hodisalar asosida tuzilgan shartli birli qilib olingan hodisaga aylatirish koeffitsiyentlari tuzilib chiqiladi, so`ngra ayrim hodisalar jismoniy miqdorini ularga ko`pyatirib olingan natijalar jamlanadi. Statistika amaliyotida, masalan, traktorlar shartli etalon traktorlarda, yuk vagonlari ikki o`qli vagonlarga, ishlab chiqarilgan sovunlar 40% yog`liqlikga aylantirib o`lchanadi. Sharti natura birliklari yordamida turli jinsli hodisalarning miqdorini aniqlab bo`lmaydi, chunki ular umumiy muhim tabiiy belgiga ega emas. Bu holda hodisalarning umumiy hajmi pulda ifodalanadi

Nisbiy ko`rsatkichlar Mutloq miqdorlar beqiyos umumlashtirish kuchiga ega, ammo ularni alohida yakka holda qaralsa, voqeaning rivojlanishi yoki harakteri haqida hech qanday ma`lumot bermaydi. Buning uchun mutloq ko`rsatkichlar bir-bir bilan taqqoslanishi lozim. Taqqoslash statistik ko`rsatkichlarni shakllantirishning muhim usulidir. U solishtirilayotgan hodisalar va belgilarning o`xshashlik tomonlari va farqlarini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslashning turli yo`llari va shakllari mavjud. Nisbiy ko`rsatkichlar har xil shakllarda ifodalanadi, masalan, koeffitsiyentda, foizda, promilleda, proditsimilleda va h.k. u yoki bu shaklni qo`llash zaminiy miqdorni qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog`liq. Jumladan koeffitsiyentda bu miqdor 1 ga, foizga 100 ga, promilleda 1000 ga, prodisimilleda 10 000 ga tenglashtiriladi.


Variatsiya – qator hadlarining tebranuvchanligi, varianta qiymatlarining o`zgaruvchanligidir.


Regression tahlil natijaviy belgiga ta`sir etuvchi omillarning samaradorligini aniqlab beradi.
Statistikada indeks deganda maxsus iqtisodiy ko`rsatkich tushuniladi va u iqtisodiy hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatlarda rivojlanish darajasini ta`riflaydi

Korrelyatsion bog`lanish - bu shunday to`liqsiz bog`lanishki, unda omillarning har bir qiymatiga turli zamon va makon sharoitlarida natijaning har xil qiymatlari mos keladi. Bu holda omillar to`liq soni noma`lumdir.


Regression tahlil natijaviy belgiga ta`sir etuvchi omillarning samaradorligini aniqlab beradi.


Regression tahlil amaliy masalalarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. U natijaviy belgiga ta`sir etuvchi belgilarning samaradorligini amaliy jihatdan yetarli darajada aniqlik bilan baholash imkonini beradi. Shu bilan birga regression tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning kelajak davrlar uchun istiqbol miqdorlarini baholash va ularning ehtimol chegaralarini aniqlash mumkin.

64. Ozbekistonda statistikaning tashkil etilishi. Tayanch iboralari: davlat statistika qomitasi, shahar statitsika bolimlari, viloyat statistika boshqarmalari.


Javobi:
Mustaqillikning dastlabki yillaridan har bir firma,


korxonalardan ya’ni barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan boshlab, tuman,
viloyat va mamalakat miqyosida barcha iqtisodiy-ijtimoiy voqea, xodisalar
to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va ularni saqlash statistika
organlariga yuklatilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 5 avgustdagi
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
istiqbolni belgilash va statistika davlat komitetini tashkil etish to’g’risida”gi PF-
449-sonli farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat kommiteti tashkil
etildi.

65. Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati. Tayanch iboralari: kuzatish turlari, usullari, shakllari, statistik hisobot, maxsus uyushtirilgan tekshirishlar.


Javobi:

Statistik kuzatish – o`rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang`ich ma`lumotlarni to`plash jarayonidir.
Kuzatish so`zi quyidagi lug`aviy ma`noga ega: 1) biror narsa (predmet, obyekt)ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko`zdan kechirish; 2) biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta`qib qilish; 3) voqealarni o`rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish. Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlang`ich materiallarni to`plashdir. U o`rganilayotgan obyektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog`liq. Hisob – bu biror predmet miqdorini sanab yoki o`lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma`lumotlarni qayd qilish.
66. Statistik kuzatish dastur metodologik masalalari. Tayanch iboralari: kuzatish birligi va obekti, kuzatish maqsadi va vazifalari, kuzatishni tashkil etish, kuzatish dasturi.

Statistik kuzatish uch bosqichga ega: 1) kuzatishni tayyorlash; 2) uni amalga oshirish; 3) kuzatish materiallarini qabul qilish. Ular o`zaro bog`langan bo`lib, ma`lum masalalarni yechadi. Hamma bosqichlarda kuzatish natijasida to`planadigan ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlovchi tadbir-choralar amalga oshirilishi kerak. Agarda birinchi bosqichda yechimlar qabul qilish jarayonida nazariy adekvatlikni ta`minlash tadbir-choralari ko`rilsa, ikkinchi bosqichda ularga qat`iy rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib boriladi, uchinchi bosqichda esa kuzatish materiallarini har taraflama tekshirish yo`li bilan ulardagi xatolar aniqlanadi va bartaraf etish tadbir - choralari amalga oshiriladi.


67. Statistik kuzatish tashkiliy masalalari. Tayanch iboralari: kuzatishni tashkil etuvchi tashkilotlar, kuzatish birligi va obektini aniqlash, kuzatish sanasi, davri va kritik momenti.

Javobi: Kuzatish maqsadi va vazifalarini to`g`ri belgilash tekshirishni to`g`ri va aniq tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki maqsad va vazifalariga qarab barcha dasturiyuslubiy va tashkiliy masalalar yechiladi. Maqsad va vazifalarni mujmal belgilash kuzatish jarayonida keraksiz ma`lumotlar to`planishiga, zarurlarini esa tushib qolishiga olib keladi. Pirovard natijada ortiqcha mehnat va mablag`lar sarflanadi. Kuzatish obyekti - bu o`rganilayotgan hodisalar va jarayonlar, ya`ni korxonalar va tashkilotlar, ho`jaliklar, kishilar, oilalar, uy ho`jaliklari, va hokazolarni ularning faoliyati jihatidan qaralgan to`plami. Ularning muhim belgilari haqida ma`lumotlar to`planadi va ular asosida to`plamni ta`riflaydigan umumlashtiruvchi ko`rsatkichlar hisoblanadi. Kuzatish obyektining aniq miqyosini, ko`lamini belgilayotganda vaqt, fazo, moddiy Kuzatish maqsadi va vazifalarini to`g`ri – kerakli ma`lumotlarni kam xarajatlar bilan to`plash imkoniyatini tug`diradi. Kuzatish obyekti – ma`lumotlari to`planishi lozim bo`lgan korxona va boshqa ho`jalk yuri-tuvchi seb`ektlar to`pla-midir. Statistik kuzatish uslubiyati Dasturiy – uslubiy masalalar Tashkiliy masalalar Kuzatish maqsadi va vazifalari Kuzatish ob yеkti Kuzatish, hisob va hisobot birligi ob yеkti Kuzatich dasturi Statistik formulalar Yo‘riqnoma Kuzatish su b yеkti Kuzatish usullari va turlari Kuzatish joyi Kuzatish vaqti muddati va krеtik momеnt Kadrlar tayyorlash va boshqa masalalar 32 tuzilish va o`lchov birligi jihatidan o`lchamlarini aniqlash lozim. Bu jarayon kuzatish obyektini chegaralash deb ataladi. Buning uchun uni aniqlovchi belgilar: me`yorlar to`plami belgilanadi.


68. Statistik kuzatish turlari va ularning oziga xos jihatlari. Tayanch iboralari: muntazam


kuzatish, davriy kuzatish, fursatli kuzatish, yoppasiga kuzatish, qisman kuzatish.

Javobi:
Voqealar sodir bo`lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo`la kuzatish


Uzluksiz kuzatish – voqea ro`y berishi bilanoq uni qayd qilish (hisobga olish)dir.


Fursatli davriy kuzatish – voqea sodir bo`lgandan so`ng ma`lum muddat o`tganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt oralig`ida takrorlab turish.

Qisman kuzatish – mavjud katta o`plamdan bir qism birliklarni olib, ular haqida ma`lumotlar to`plash.


Yoppasiga kuzatish – to`plamning hamma birliklari haqida ma`lumot to`plash.


69. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari. Tayanch iboralari: muntazam xatolar, qayd etish xatolari, ataylab yol qoyilgan xatolar, arifmetik tekshirish, mantiqiy tekshirish.
Javobi: Statistik hisobot xatolari Kuzatish xatolari ikki turga bo`linadi: a) muntazam xatolar va b) tasodifiy xatolar. Muntazam xatolar o`z navbatida ikki xil bo`ladi: a) o`lchov xatolari va b) xususiy xatolar ya`ni kuzatuvchi shaxs xatolari. Qisman kuzatishlarda voqealarni hisobga olish jarayonida qayd qilish va arifmetik xatolar bilan bir qatorda muntazam xatolar ham uchraydi. Ular g`arazli va g`arazsiz bo`ladi. /arazli xatolar biror maqsadni ko`zlaydi. Beg`araz xatolar esa kuzatish uslubini, ayniqsa dasturni va yo`riqnomalarni umumiy ko`rinishda mujmal bayon etilishidan va kuzatuvchilarning ishini osonlashtirish uchun belgilangan tartibdan qisman chetlanishidan kelib chiqadi. Shu bilan birga qisman kuzatishlarda xususiy xatolar mavjud, ular reprezentativlik xatolari nomi bilan yuritiladi.

70. Statistik kuzatish xatolarini bartaraf etish usullari. Tayanch iboralari: statistik xisobot, maxsus tashkil etilgan tekshirishlar, kuzatish obektini va birligini aniqlashtirish.


Statistik kuzatish uch bosqichga ega: 1) kuzatishni tayyorlash; 2) uni amalga oshirish; 3) kuzatish materiallarini qabul qilish. Ular o`zaro bog`langan bo`lib, ma`lum masalalarni yechadi. Hamma bosqichlarda kuzatish natijasida to`planadigan ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlovchi tadbir-choralar amalga oshirilishi kerak. Agarda birinchi bosqichda yechimlar qabul qilish jarayonida nazariy adekvatlikni ta`minlash tadbir-choralari ko`rilsa, ikkinchi bosqichda ularga qat`iy rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib boriladi, uchinchi bosqichda esa kuzatish materiallarini har taraflama tekshirish yo`li bilan ulardagi xatolar aniqlanadi va bartaraf etish tadbir - choralari amalga oshiriladi.




Kuzatish natijalarini qabul qilish jarayonida ma`lumotlar har taraflama tekshiriladi. Dastlab ma`lumotlarni arifmetik jihatdan to`g`riligi tekshiriladi. Bunda murakkab jamlama ko`rsatkichlar tuzilish, o`zaro bog`langan ko`rsatkichlar esa bog`lanish jihatidan arifmetik amallar yordamida (qo`shish, bo`lish va h.k.) tekshiriladi. Shu bilan birga istiqbolda ko`zlangan daraja va oldingi davrda erishilgan natijalar bilan taqqoslab ham tekshirish amalga oshiriladi. Ma`lumotlarni to`g`ri yoki to`g`rimasligini aniqlashda mantiqiy nazorat alohida ahamiyatga ega. Mantiqiy nazorat deganda kuzatish materiallarini mazmunan tekshirish tushuniladi. Ular qanchalik xodisa mohiyatiga mos kelishi belgilanadi. Bunda ma`lumotlarda qarama-qarshilik bor-yo`qligi aniqlanadi.
Download 12,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish