Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi Reja: 1. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi va turlari. 2. Tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari. 3. Tashqi savdo balansi. 4. Tashqi savdo aylanmasining hajmi va tarkibiy o’zgarishi.
Mamlakatlar tabiyati, iqlimi va tabiiy boyliklarining mavjudligi ularning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Suning uchun ham ayrim mamlakatlar ma’lum tovar turlarini ishlab chiqarishga moslashadi bu narsa ayniqsa qishloq xo’jalik mahsulotlarni yetishtirishda yaqqol seziladi Mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarida tashqi savdo asosiy o‘rinni egallaydi. Tashqi savdo eksport va importdan iborat. Tashqi savdoga mamlakatda tayyorlangan tovarlarni sotish, olib kelingan xom ashyo yoki tovarlarni qayta ishlab, eksportga chiqarish kiradi. Importga esa, shu mamlakat ichida iste’mol qilinadigan tovarlarni sotib olish, tovarlarni qayta ishlash uchun xom ashyo, yarim tayyor mahsulot sifatida sotib olish kiradi. Tashqi xalqora savdo bir qator o`ziga xos xususisyatlarga ega:
Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o`rtasida mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo`ladi.
2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. 3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazorat ostida bo`lib, bu ichki savdoga nisbatan qollaniladigan tadbirlardan tasnifi va darajasi bo`yicha sezilarli farqlanadi.
Tashqi savdoda tovarlar, yuklar, brutto, netto og‘irligi va maxsus xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan narxlarda hisobga olib boriladi. Brutto (ital. brutto — qoʻpol) — tovarning idishi, oʻrovi bilan birgalikdagi yalpi ogirligi.
Netto (ital. netto — sof) — mahsulotning oʻrov-idishsiz sof ogʻirligi FOB (inglizcha Free On Board — franko bort, so'zma-so'z - bortda bepul) - bu yuklarni yetkazib berish shartlarini belgilash va transport xarajatlari kelib chiqadigan tomonni aniqlash va / yoki uzatish nuqtasini aniqlash uchun ishlatiladigan xalqaro savdo atamasi. sotuvchidan xaridorga yuk uchun javobgarlik.
Shartlari FOB shartlari sotuvchi tovarlarni portga etkazib berishga va xaridor tomonidan belgilangan kemaga yuklashga majburligini belgilaydi; tovarlarni kemaga olib kelish xarajatlari sotuvchi tomonidan qoplanadi. Ba'zi portlarda FOB yuklarini xaridor o'z zimmasiga oladi. Mulkni tasodifan yo'qotish yoki unga zarar yetkazish xavfini sotuvchi - tovar kemadan o'tgan paytgacha, xaridor esa shu paytdan boshlab qoplaydi.