O’zbekiston respublikasida oliy ta’limni qayta qurish masalalarini o’rganish maqsadida statistik kuzatishni o’tkazish ko’zlangan. Kuzatish ob’ekti nima va uni qanday tartibda chegaralaysiz; kuzatish va hisob birligi nima va uni qanday aniqlaysiz. Kuzatish dasturida qanday savollarni ko’zlash ma’qul. qanday statistik formulyardan siz foydalangan bo’lar edingiz. Yo’riqnoma tuzish kerakmi, nimalarni unda aks ettirish kerak?
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2003 yildagi asosiy faoliyat turlarini o’rganish uchun statistik kuzatish tashkil etish kerak. Kuzatish ob’ekti qilib nimalar olinadi, kuzatish birligi-chi? Kuzatish dasturini tuzish uchun eng muhim belgilar qilib nimalarni olish kerak. Universitet qoshidagi gimnaziya, kollej va litseylarni ham kuzatish ob’ekti tarkibiga kiritish kerakmi?
Universitetda yaxshi o’zlashtirish darajasiga erishgan ixtisoslikni aniqlash uchun statitsik kuzatish o’tkazish kerak. Kuzatish ob’ekti va birligi qilib nimani olasiz? Hisob birligi qilib- chi? Kuzatishni qanday turda va usulda o’tkazish ma’qul. Uning dasturi va statistik formulyarini tuzing. Yo’riqnoma tuzasizmi? Nimalarni unda aks ettirasiz.
mavzu. Statistik jamlash va guruhlash
Reja:
Statistik jamlash mazmuni va uni masalalari.
Statistik guruhlashning mohiyati va uni ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishdagi ahamiyati.
Statistik guruhlash turlari.
Statistik guruhlashni tuzish printsiplari.
Statistik guruhlash yordamida yechiladigan iqtisodiy masalalar.
Taqsimot qatorlari va ularni grafiklari.
Ko’p o’lchovli guruhlash va uni tuzish yo’llari.
Ko’p o’lchovli guruhlashdan statistika amaliyotida foydalanish. Reja:
Statistik guruhlash mohiyati va ahamiyati.
Miqdoriy belgi bo’yicha guruhlashni tuzish printsiplari.