Muntazam xatolar har doim bir yo`nalishda bo`ladi va umumiy ko`rsatkichlarga kuchliroq ta`sir ko`rsatadi. Natijada ular haqiqatdan yiroqlashadi. Demak, muntazam xatolar xavflidir. Bunday xatolarga bila turib yoki bilmay turib yo`l quyish mumkin. Masalan, hisobot ma`lumotlariga qo`shib yozish ma`lum maqsadni ko`zlaydi va ataylab, bila turib qilingan xatoga misol bo`la oladi. U mansabni suiiste`mol qilish yoki hisobotga panja ortidan qarash natijasida yuzaga chiqadi.
Bilmay turib qilingan muntazam xatoga misol qilib aholini ro`yxatga olish vaqtida yoshni butunlashtirib aytishni olish mumkin. Odatda, 78 yoki 81 yoshli qariyalar 80 yoshdalar deb aytladi. Butun sonlar bilan yoshni ifodalash barcha kishilarga taalluqli xislatdir.
Reprezentativ xato deb bosh to`plam bilan tanlama to`plam natijalari o`rtasidagi tafovutga aytiladi. Bu xato faqat tanlama kuzatishga xosdir. U ham tasodifiy va muntazam xatolarga bo`linadi. Tasodifiy xato tanlama kuzatish mohiyatidan kelib chiqadi va ikki yoqlama yo`nalishga egadir. Muntazam xato odatda bir yo`nalishda bo`lib, tanlab olish printsiplarini qo`pol ravishda buzish natijasida yuzaga chiqadi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“___________________________” kafedrasi
“___________________________” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Statistik kuzatish
Bajardi: SBXT-2 guruh talabasi
G’aniyev Sh.
Tekshirdi:________________
STATISTIK JADVALLAR VA GRAFIKLAR
Reja:
1. Statistik jadvallar va ularning mohiyati.
2. Statistik grafiklar va ularning ahamiyati.
3. Chiziqli diagramma va gistogramma to`g’risida tushuncha
Statistik jadvallar va ularning mohiyati.
Statistik ma`lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo`lsin, ularni o`qish va tushunish oson bo`lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud: matnda so`z bilan bayon etish, jadval zuhurida va grafiklar orqali tasvirlash.
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so`z bilan bayon etishga qaraganda o`rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning tuli tomonlarini ta`riflovchi ko`rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o`zaro bog’lanishda ifodalab, umumiy va o`ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |