Keng ma’noda svodkalash deganda ommaviy hodisalar to‘g‘risidagi to‘plangan boshlang‘ich ma’lumotlarni ko‘zlangan maqsad nuqtayi nazaridan muhim belgilar bo‘yicha guruhlash tushuniladi. Keng ma’nodagi svodkalash quyidagi 4 ta bosqichni o‘z ichiga oladi: 1. To‘plamni guruhlarga bo‘lish. 2. To‘plam jami va guruhlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish. 3. To‘plam va uning har bir guruhlari bo‘yicha umumiy yakunlarini (jamini) chiqarish. 4. Statistik guruhlash natijalarini statistik jadvallarda joylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |