Statistik jadvallar va grafiklar - Statistik jadvallar deb o‘rganilayotgan hodisa va voqealar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tartibli, ko‘rgazmali ifodalashga aytiladi.
- Tashqi ko‘rinishidan statistik jadval gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishmasidan iborat bo‘lgan tuzilmada ifodalanadi. Gorizontal chiziqlar qatorlar, vertikal – ustunlar deyiladi.
- Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to‘ldirilmagan jadvalni, statistik jadvalni maketi deyiladi.
Statistik grafiklar – bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir. - Statistik grafiklar – bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir.
- Statistik grafiklarni tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim. Statistik ko‘rsatkichlarning mohiyatini, makon va zamonda o‘zgarishini, shuningdek boshqa belgilarini e’tiborga olgan holda ko‘ra bilish, tasavvur qilish, tushunish, mavjud qonuniyatlarni aniqlash qulay bo‘lgan grafiklar yasalishi lozim. Yuqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar qatnashadi: grafik obraz; grafik maydon; grafik maydon o‘lchov birliklari; masshtab; shkala; grafik talqin.
Statistik ko‘rsatkich - Statistik ko‘rsatkich – bu kategoriya bo‘lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko‘rsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Ular reja, hududiy, haqiqiy, bashoratlangan ko‘rsatkichlar shaklida bo‘lishi mumkin. Statistik ko‘rsatkichlarni statistik ma’lumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik ma’lumotlar bu statistik ko‘rsatkichlarni aniq raqamdagi ifodasidir.
Statistik ko‘rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan statistik ko‘rsatkichlar yig‘indisidir. Statistik ko‘rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha pog‘onalarini o‘zida qamrab oladi. Agarda ko‘rsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko‘rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko‘rsatkichlari deyiladi. - Statistik ko‘rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan statistik ko‘rsatkichlar yig‘indisidir. Statistik ko‘rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha pog‘onalarini o‘zida qamrab oladi. Agarda ko‘rsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko‘rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko‘rsatkichlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |