REJA: - 1)INDEXLAR HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING TURLARI
- 2)MIQDOR KO’RSATKICHLARI INDEXLARI
- 3)SIFAT KO’RSATKICHLARI INDEXLARI
- Indeks so’zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo’lib, belgi, ko’rsatkich degan ma’noni bildiradi. Lekin har qanday ko’rsatkich ham indeks deb atalavermaydi. Indeks – bu bevosita qo’shib bo’lmaydigan bo’laklardan tashkil topgan ikki to’plamni taqqoslashga aytiladi
Indeks metodi yordamida murakkab hodisalarning vaqt bo’yicha va hududiy o’zgarishi, reja va buyurtmalar bajarilishi o’rganiladi. Mana shu vazifalarga qarab indekslar quyidagi turlarga bo’linadi: dinamika indekslari; hududiy indekslar; reja yoki buyurtmalarning bajarilishi indekslari.
Indekslar to’plam birliklarini qamrab olishiga qarab yakka va umumiy indekslarga bo’linadi. Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo’linadi. Indekslashtirilayotgan miqdorlarning xarakteri va mazmuniga qarab indekslar miqdor(hajm) va sifat ko’rsatkichlari indekslariga bo’linadi
- Hodisaning miqdori (soni) q; narxlar r; tannarx –z; unumdorlik w harflar bilan belgilanadi. Joriy davr ko’rsatkichi “1” satr osti ishorachasi, o’tgan davr esa “0” –bilan ifodalanadi. “i” va “I” lar individual va umumiy indekslarni ifodalaydi, “S” – yig’indini bildiradi.
- Individual indekslar quyidagicha ifodalanadi:
:
- Qancha miqdor ko’rsatkichi bo’lsa, shuncha miqdor indeksi mavjuddir.
- Mahsulot hajmi shunday miqdor ko’rsatkichlardan biridir
- Umumiy indekslar agregat va o’rtacha shakllarda bo’ladi. Agregat indekslar deb, maxsus taqqoslagichlar (vazn) yordamida joriy va o’tgan davrlar uchun hisoblangan to’plamlarni o’zaro taqqoslashga aytiladi.
- Bizning maqsadimiz indekslashtirilayotgan belgi (q) o’zgarishini o’rganish bo’lib, vaznlarning o’zgarishi umumiy o’zgarishga o’z ta’sirini o’tkazmasligi kerak. Demak, vaznlar bir davr uchun olinadi.
- Shunday qilib, fizik hajmi indeksini tuzishda vazn sifatida o’tgan davr baholari (ko’p yil bo’lsa baza qilib olingan bir yil bahosi) olinadi. Fizik hajmi indeksi formulasini quyidagicha yozish mumkin.
Sifat ko’rsatkichlari indekslari - Indekslar yordamida nafaqat miqdor ko’rsatkichlari, balki sifat ko’rsatkichlari ham o’rganiladi. Ularga baho, tannarx, hosildorlik, mehnat unumdorligi, rentabellik darajasi va boshqalar kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar bo’yicha ham individual va umumiy indekslar hisoblaniladi.
- Ma’lumki, umumiy indeks bir paytning o’zida individual indekslardan hisoblangan o’rtacha indeksdir. Shuning uchun ham har qanday umumiy indeks o’rtacha garmonik yoki arifmetik indeksga o’zgartirilishi mumkin.
- Baho agregat indeksini o’rtacha garmonik indeksga aylantirishni ko’rib chiqaylik
Do'stlaringiz bilan baham: |