Guruhlash - jamiyatda o‘rganilayotgan hodisalarni ma’lum alomatlar yig‘indisiga ko‘ra ularni tipik guruhlarga bo‘lishdan iboratdir. Guruhlashni qandaydir bir hisob-texnik operatsiya deb o‘ylash katta xato bo‘lardi.
Guruhlashning asosiy masalasi statistik kuzatuv natijasida olingan ma’lumotlarni har tomonlama analizi, tahlili asosida ularni sifatli bir tomonlama ko‘rinish va turlarga bo‘lib tashlashda ifodalanadi.
Maxsus tashkil etilgan va ro‘yxatga olingan (statistik kartochka, statistik jurnal va boshqalar) statistik kuzatuvlar jinoyat fuqarolik ishlari boshqa materiallar haqida juda ko‘p ma’lumotlar beradi. Ma’lumotlar to‘g‘ri guruhlashtirilsa, hodisalar haqida to‘g‘ri natija olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |