Masalan: To‘g‘ri rels bo‘yicha harakatlanayotgan vagon g‘ildiragining harakatini olsak, g‘ildirakning markazi to‘g‘ri chiziqli harakatda bo‘ladi: G‘ildirak to‘g‘inidagi nuqta esa egri chiziq (sikloida) bo‘yicha harakatlanadi. Jism nuqtalarining bir xil vaqtda o‘tgan yo‘li turli xil bo‘ladi. SHu sababli jismning harakatini tekshirishni ayrim nuqtaning harakatini tekshirishdan ya’ni nuqta kinematikasidan boshlash kerak.
Vaqtning o‘tishi bilan nuqtaning fazoda qoldirgan iziga traektoriya deyiladi. Nuqta traektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, u holda nuqtaning bunday harakatiga to‘g‘ri chiziqli harakat, aks holda egri chiziqli harakat deyiladi.
Nuqta harakatini aniqlash usullari.
Agar istalgan t vaqt uchun nuqtaning berilgan sanoq sistemasiga nisbatan holati (vaziyati) ma’lum bo‘lsa, mazkur sanoq sistemasiga nisbatan nuqtaning harakat qonuni ma’lum bo‘ladi. Kinematikada nuqtaning harakat qonuni uchta usulda aniqlanadi:
Vektor usuli
Koordinata usuli
Tabiiy usul
Do'stlaringiz bilan baham: |