60-tajriba. Xagedorn Iensen usuli bilan qondagi qand miqdorini aniqlash.
Bu usul bo‘yicha qondagi qand miqdorini aniqlash glyukozaning aldegid turkumi
hisobiga oson va tez oksidlanish xususiyatiga asoslangan.
Ishqorli muhitda qizil qon tuzi (K
3
Fe(CN)
6
) ta'sirida qondagi glyukoza oksidlanadi.
Natijada qizil qon tuzining o‘zi qaytarilib, undan sariq qon tuzi (K
4
Fe(CN)
6
) hosil bo‘ladi. Qizil
qon tuzining qondagi barcha glyukozani oksidlagandan ortib qolgan qismi yodametrik usulda
titrlab aniqlanadi. Shu usulda uning glyukozani oksidlash uchun sarf bo‘lgan miqdori aniqlanib,
qondagi qand miqdori hisoblab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |