Statik biokimyо



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/176
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407609
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   176
Bog'liq
umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


SPORT BIOKIMYОSI 

 

MUSKULLAR BIOKIMYOSI 

Nazariy tushuncha: 

 

Odam  tanasidagi  muskullarning  asosiy  vazifalari  qisqarib  va  bo’shashib  ma‘lum 



harakatni  amalga  oshirishdir.  Bu  jarayon  ancha  murakkab  bo’lib  o’z  ichiga  ularning  aksonlari, 

muskullar,  suyaklar,  bo’g’im  va  paylarni  oladi  va  ular  majmuasi  harakat  apparati  deb  ataladi. 

Harakat apparatidagi mоtoneyronlar, ularning aksonlari haqida yuqorida qisqacha gapirib o’tgan 

edi. Endi muskullarning o’ziga xos fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari haqida to’xtalamiz. 

 

Muskullar  kimyoviy  energiyani  to’g’ridan-to’g’ri  mexanik  va  issiqlik  energiyalariga 



aylantira oladigan to’qimalar hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar va odamda tananing ko’ndalang-

targ’il  muskullari,  yurakning  ko’ndalang-targ’il  muskullari,  ichki  a‘zolar,  qon  tomirlari  va 

terining  silliq  tolali  muskullari  bir-biridan  farqlanadi.  Tananing  ko’ndalang-targ’il  muskullari 

deb dastavval tana va uning qismlarini fazoda va bir-biriga nisbatan harakatini, ko’z harakatlari, 

chaynash kabi faoliyatlarini inson idrokiga bo’ysungan holda amalga oshiriladi. 

 

Yurak  muskullari  tuzilishiga  ko’ra  ko’ndalang-targ’il  tolali  muskullarni  eslatadi, 



qisqarishi va boshqa xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. 

 

Barcha  ichki  a‘zolar,  qon  tomirlari  va  terida  silliq  tolali  muskullar  bo’lib  ularning 



qisqarishi kishi ixtiyorida emas. 

 

Ko’ndalang-targ’il  tolali  muskullar  uzunligi  10-12  sm,  ko’ndalang  kesimi  0,1-0,01  mm 



keladigan yuzlab va minglab muskul tolalaridan iborat. 

 

Muskul tolasi murakkab tuzilishga ega bo’lib, har bir tola tashqi tomondan sarkolemma 



(sarkos-go’sht, lemma-teri, po’st) po’sti bilan o’ralgan. 

 

Muskul tolasining po’sti ichida sarkoplazma va boshqa  hujayralardan farqli ravishda bir 



qancha  yadrolar  bo’ladi.  Yana  sarkoplazmada  mitoxondriyalar  va  qaysikim  energiya 

almashinuvida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi  va  juda  ko’p  miofibrillar  (mio-muskul,  fibrilla  - 

tanachalar)  bo’ladi.  Miofibrillarning  diametri  1  mikron  atrofida,  bitta  muskul  tolasida  minglab 

miofibrillar  mavjud.  Har  bir  miofibrilla  esa  o’z  navbatida  yanada  kichik  ipchalar  - 

protofibrillardan  tashkil  topgan.  Protofibrillar  ikki  xil  oqsillar,  nisbatan  kalta  va  yo’g’on 

miozinlardan  hamda  nisbatan  uzun  va  ingichka  aktinlardan  iborat.  Bu  oqsillar  muskullarning 

asosiy  qisqaruvchi  elementi  bo’lib  hisoblanadi.  Ular  geksagonal  tipda  taxlangan,  ya‘ni  bitta 

miozin  oqsilining  atrofida  oltita  aktin  oqsillari  joylashgan  va  bitta  aktin  oqsili  uchta  miozin  va 

uchta  aktin  oqsil  iplari  bilan  o’ralgan.  Muskul  qisqarishi  aktinning  miozinlar  orasiga  sirg’alib 

kirishi  tufayli  ro’y  beradi,  bo’shashish  esa  aktinning  miozinlar  orasidan chiqishidir.  Miozin  va 

aktin  oqsillarining  mana  shunday  sirg’alib  harakat  qilishi  ma‘lum  energiya  sarflanishi  bilan 

amalga  oshiriladi.  Bu  energiya  adenozin  uchfosfat  kislotaning  (ATF)  parchalanishidan  ajraladi 

va  miozin  oqsili  tomonidan  o’zlashtiriladi.  Miozinning  bunday  faol  holga  o’tishida  muskul 

qo’zg’alishi sodir bo’ladi. 

 

Muskul  tolalari  uch  xil  xususiyatga  ega,  ya‘ni  qo’zg’aluvchanlik,  o’tkazuvchanlik  va 



qisqaruvchanlik. 

 

Qo’zg’aluvchanlik  -  muskul  tolasi  funktsional  holatining  xarakterlovchisi.  Muskulning 



qo’zg’aluvchanligi  o’zgaruvchan  xususiyatga  ega,  masalan  razminka  qilguncha  muskullarda  u 

past  bo’lsa,  razminkadan  keyin  ko’tariladi,  charchash  yuzaga  kelishi  bilan  qo’zg’aluvchanlik 

pasayadi.  

O’tkazuvchanlik  -  muskullardagi  muskul  tolalari  bo’ylab  nerv  impulsining  (harakat 

potentsialining) siljishidir. Odamning ikki boshli muskulida harakat potentsiallarining tarqalishi 

3,5-5,0 m/sek tashkil qiladi.  

 Qisqaruvchanlik  -  muskullarning  qisqarish  xususiyati.  Bu  -  tolalarda  hosil  bo’lgan 

qo’zg’alishga  nisbatan  javob  reaktsiyadir.  Qisqaruvchanlik  ham  qo’zg’aluvchanlik  kabi 

o’zgaruvchan  ko’rsatgich,  muskulning  funktsional  holatiga  ko’ra  kuchayishi  yoki  pasayishi 

mumkin.  




 

Tanadagi  har  bir muskullarning harakat birliklaridagi muskul tolalari soni turlicha, agar 

ko’z soqqasi muskulida bu son 10 atrofida bo’lsa, boldir muskullarida 2000 ga yaqin. Muskullar 

bajaradigan harakat qancha nafis va aniq bo’lsa, undagi har bir harakat birligiga taalluqli muskul 

tolalari shuncha kam bo’ladi. Bir harakat birligidagi muskul tolalari bir yo’la  birdaniga qisqarish 

xususiyatiga ega. 

 

Harakat birliklarining tarkibidagi muskul tolalari tez va sekin qisqaruvchi bo’ladi, shunga 



ko’ra  tez  va  sekin  qisqaruvchi  harakat  birliklari  farqlanadi.  Tez  qisqaruvchilari  10-30  mskda 

qisqarsa, sekin qisqaruvchilarida 100 m.sekund vaqt talab qilinadi. Aniq va tez harakat qiluvchi 

muskullar (ko’z soqqasi muskullari) tez qisqaruvchi harakat birliklari bilan ta‘minlangan. Odam 

tanasining muskullari tez va sekin qisqaruvchi muskullar aralashmasidan iborat. Shuning uchun 

bu muskulning o’zi ham tez ham sekin qisqarib bajariladigan ishlarni amalga oshirishi mumkin.     

Muskul  qisqarishining  biokimyosi  muskul  tolasining  qo’zg’alishi  bilan  uning 

membranasida yuzaga kelgan harakat potentsiali bir qator kimyoviy o’zgarishlarga olib keladi va 

bu o’zgarishlar oqibatida mexanik reaktsiya sifatida ro’y beradi. Muskul tolasi membranasidagi 

harakat potentsiali bilan miofibrillaridagi mexanik reaktsiya orasidagi bunday aloqa  Ca

+2

 ionlari 



yordamida amalga oshiriladi.   

 

Muskul  qo’zg’alganidan  keyin  Ca



+2

  membranadan  chiqib  miofibrillarga  yaqin  keladi. 

Qisqaruvchi oqsil miozin yana ferment xususiyatiga ham ega. U muskul tolasi qo’zg’almay tinch 

turganida  ferment  sifatida  nofaol  bo’ladi.  Ca

+2

  ta‘siri  bilan  miozinning  fermentlik  faolligi 



kuchayadi  va  adenozinuchfosfor  kislotasini  (ATF)  parchalay  boshlaydi.  Buning  natijasida 

ajralgan energiya hisobidan miofibrillar qisqara boshlaydi, ya‘ni aktin oqsillari miozin oqsillari 

orasiga  sirpanib  kiradi.  Aktin  va  miozinlarning  bir-biridan  sirpanib  chiqishi  esa  (bo’shashish) 

Ca

+2



 ning miofibrillardan uzoqlashishi bilan ro’y beradi. 

  

ATF  muskul  qisqarishida  parchalanib  energiya  beradigan  asosiy  manba.  Lekin  uning 



zahirasi  muskullarda  juda  oz,  shuning  uchun  u  doim  qayta  tiklanishi  yoki  resintezlanib  turishi 

kerak. 


 

ATF  ning  resintezi  esa  ADF  ga  (ATF  parchalanishining  mahsuloti)  bir  molekula  fosfor 

kislotaning  birikishi  tufayli  sodir  bo’ladi.  Ammo  bunday  reaktsiya  ma‘lum  miqdordagi 

energiyani  talab  qiladi,  u  karbonsuv  yog’  yoki  oqsilning  parchalanishidan  hosil  bo’ladi.  Bu 

moddalarning  parchalanishi  esa  tegishli  fermentlar  ishtirokida  bo’ladi.  ATF  ning  resintezi 

anaerob aerob yo’llar bilan amalga oshiriladi. 

 

Anaerob  yo’l  bilan  ATF  resintezi  dastavval  kreatinfosfat  kislotasi  orqali,  undan  fosfat 



kislotasining ATF ga o’tishi bilan bo’ladi. Lekin muskullarda kreatinfosfat kislotasining zahirasi 

ham  ko’p  emas.  Shuning  uchun  karbonsuvlarning  glyukoza,  glikogen  anaerob  yo’l  bilan 

parchalanishi  ATF  resintezini  davom  ettiradi  (bu  moddalar  zahirasi  tanada  anchagina). 

Karbonsuvlarning  bunday  parchalanishi  sut  kislotasi  kabi  moddalarni  ko’paytirib  organizm  ish 

qobiliyatini oxir oqibatda pasayib ketishiga olib keladi. 

 

Aerob  yo’l  bilan  ATF  ning  resintezi  karbonsuvlar,  yog’lar  va  oqsillarning  kislorod 



ishtirokida  parchalanib  CO

2

  va  suv  hamda  tegishli  energiya  ajralishi  bilan  xarakterlanadi.  Bu 



yo’l  bilan  ATF  resintezi  eng  unumli,  chunki  1  molekula  glyukozaning  aerob  usul  bilan 

parchalanishidan  ajralgan  energiya    hisobidan  38  molekula  ATF  hosil  bo’lsa,  shu  miqdordagi 

glyukozaning  anaerob  parchalanishidan  ajralgan  energiyadan  3  molekula  ATF  hosil  bo’ladi, 

xolos. Aerob parchalanishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu jarayon bo’lib turishi 

uchun tanaga yetarli miqdorda O

2

 kerak. 



 

Muskullarda  issiqlik  hosil  bo’lishi  yuqorida  ko’rib  o’tganimizdek  muskullarda  elektr 

energiyasining  kimyoviy  energiyaga,  kimyoviy  energiyaning  mexanik  energiyaga  aylanishi 

energiya almashinuvi majmuasiga kiradi. 

 

Energetik  jarayonlar  har  doim  ham  issiqlik  ajralib  chiqishi  bilan  xarakterlanadi.  Issiqlik 



dvigatellarida kimyoviy energiyaning mexanik energiyaga aylanishi uchun albatta orada issiqlik 

hosil bo’lishi kerak, ya‘ni kimyoviy modda yonib issiqlikka aylanadi va u o’z navbatida mexanik 

energiyaga aylanadi. Muskullarda esa kimyoviy energiya bevosita mexanik energiyaga aylanadi, 

shuning  uchun  ham  muskullarni  kimyoviy  dvigatel  deyish  mumkin.  Lekin  shunga  qaramasdan 




muskullar faoliyatida issiqlik hosil bo’lishi kuzatiladi (muskullardagi tolalarning harakati tufayli 

yuzaga  keladigan  ishqalanish  va  kimyoviy  energiyaning  mexanik  energiyaga  aylanishida  sodir 

bo’ladigan bir qism energiyaning issiqlik energiyasi ko’rinishida yo’qotilishi natijasida). 

 

Muskullarda hosil bo’ladigan issiqlik tana haroratini maxsus nuqtada ushlab turishi uchun 



ahamiyatlidir 

 

Muskullarning charchashi deganda ma‘lum miqdorda ish bajarishiga aytiladi. Charchash 



rivojlanib  borishi  bilan  muskul  ta‘sirotga  javob  bermay  qo’yadi,  buni  to’liq  charchash  deb 

ataladi. Muskul charchaganda uning qo’zg’alish latent davri uzayadi, yana muskulning qisqarish 

va ayniqsa bo’shashish davri davomli bo’ladi. Kuchli charchash sodir bo’lganida muskul to’liq 

bo’shashmay  qoladi  (dastlabki  uzunligiga  qaytmaydi).  Gistokimyoviy  va  elektrofiziologik 

tekshirishlar yo’li bilan shu narsa aniqlanganki, nerv – muskul preparatida charchash alomatlari 

dastavval  nerv  –  muskul  sinapslarida  kuzatilar ekan,  ularda  qo’zg’alish  o’tmay  qoladi.  Keyingi 

navbatda muskul va oxirida nerv tolalarida charchoq paydo bo’ladi. 

 

Silliq muskullar ichki a‘zolar, qon tomirlari va teri muskullari bo’lib, ular nisbatan sekin, 



kuchsiz,  lekin  davomli  qisqarish  xususiyatlariga  ega.  Ularning  faoliyati  vegetativ  nerv  tizimi 

orqali idora qilinadi. Silliq muskul tolasida bitta yadro bo’ladi. 

 

Silliq muskullar plastiklik xususiyatiga ega, agar ko’ndalang targ’il muskullar yuk bilan 



cho’zilib  u  olinganidan  keyin  darhol  qisqarib  oldingi  holiga  qaytsa,  silliq  tolali  muskullar  bu 

holatda uzoq vaqt qolib ketadi.  




Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish