Bir qancha kimyoviy moddalar oqsilga ta’sir etganda reaktsiya mahsuloti sifatida turli
rangli birikmalar hosil bo‘ladi. Xuddi shu reaktsiyalar asosida oqsillar va ularning tarkibidagi
aminokislotalarni sifat va miqdor jihatdan aniqlash usullari ishlab chiqilgan.
Rangli reaktsiyalar tabiatiga ko‘ra ikki xil:
universal
va
o‘ziga xos
rangli reaktsiyalarga
bo‘linadi. Universal reaktsiyalar hamma oqsillar uchun, o‘ziga xos rangili reaktsiyalar esa oqsil
molekulasida u yoki bu xil aminokislota qoldiqlari borligini aniqlashga qaratilgan.
Aminokislotalarni biologik suyuqliklar yoki to‘qima ekstraktlarida shu o‘ziga xos reaktsiyalar
yordamida aniqlash mumkin. Rangli reaktsiyalarni tuxum oqsili, jelatina eritmalari, bir necha
marta suyultirilgan qon zardobi, turli hayvon va o‘simlik to‘qimalari ekstraktlari bilan amalga
oshirish mumkin.
Oqsillar yuqori molekulyar biologik polimerlar bo‘lganligi sababli ular suvda eriganda
kolloid eritmalar hosil qiladi. Oqsil molekulasi o‘zining aminokislota tarkibiga qarab eritmada
musbat yoki manfiy zaryadga ega bo‘ladi. Oqsil zarrachasining zaryadi uni eritmada stabillovchi
asosiy omil hisoblanadi.
Oqsillarning muhim xususiyatlardan biri ularning cho‘kishi hisoblanadi. Ular turli fizik
va kimyoviy omillar ta’sirida eritmadan cho‘kadi. Cho‘ktiruvchining turi va oqsil erigan muhitga
qarab oqsil o‘z holiga qaytmas bo‘lib cho‘kishi, denaturatsiyaga uchrashi yoki qayta cho‘kishi
mumkin. Oqsil molekulasidagi erkin amino-karboksil gruppalarni miqdori va nisbati turli
oqsillarda turlicha bo‘ladi, shu sababli oqsillar zaryadining kattaligi va turi har xil bo‘lishi
mumkin.
/ NH
2
NH
3
+
-
/
NH
2
/
NH
3
+
+
R
COOH
R- COO
-
R
COOH
R
COO
\ COOH
COO
-
\ NH
2
\
NH
3
+
Karboksil gruppaning dissotsialanishi kislotali muhitda, aminogruppaniki esa ishqoriy
muhitda kamayadi. Shuning uchun oqsil erigan eritmaning рН ko‘rsatkichi oqsilning zaryadiga
qarab kislotali yoki ishqoriy tomonga o‘zgartirilsa, molekulasidagi musbat yoki manfiy
zaryadlangan funktsional gruppalar soni tenglashib, oqsil zarrachasining umumiy zaryadi nolga
teng bo‘lib qoladi. Bu holat oqsilning izoelektrik holati, shu muhitdagi vodorod ionlar
kontsentratsiyasi (рН) oqsilning izoelektrik nuqtasi deb ataladi. Oqsil molekulasining
eruvchanligi izoelektrik holatda kamayib, juda oson cho‘kadigan bo‘lib qoladi. Ko‘pchilik
oqsillarning izoelektrik nuqtasi kislotali sharoitga to‘g‘ri keladi. Chunki, karboksil gruppaning
dissotsialanish darajasi aminogruppanikiga qaraganda yuqori, natijada hatto oqsil molekulasi
teng miqdorda amino-karboksil gruppalari tutgan holatda ham oqsil zarrachasining zaryadi
manfiy bo‘ladi. Oqsilning ikkilamchi va uchlamchi tuzilishi unga bog‘liq bo‘lgan elektr zaryadi
va suv qobig‘i uning turg‘un eritma hosil qilishini ta’minlaydi. Oqsil zarrachasining nativ
fazoviy tuzilishiga ta’sir qiluvchi, zaryadsizlantiruvchi, suv qobig‘ini buzuvchi ta’sirotlar oqsilni
eritmadan cho‘kishga olib keladi. Ularga yuqori temperatura, og‘ir metall tuzlari, organik
erituvchilar, organik va mineral kislotalar, alkaloid reaktivlari va boshqalar kiradi. Ishqoriy
metallar neytral tuzlarining yuqori kontsentratsiyali eritmalari ta’sirida oqsil zarrachasining suv
qobig‘i yo‘qoladi, oqsil o‘z holiga qaytar bo‘lib cho‘kadi. Bu hodisa tuzlanish deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: