Annotation: The article focuses on the activities of the arts, the ethical aspects of professional activity. The role of ethics in the work of the artist is systematically analyzed. The need for professional ethics is based on the specifics of the industry.
Kasbiy faoliyatning etika bilan bog’liq jihatlari butun dunyo bo’yicha keng tadqiq etilgan. Tarixan etika yani axloqni fan sifatida shakllanish jarayoni bir necha mingyillikarga borib taqaladi. G’arbda ham Sharqda ham tarbiya, axloq masalalariga bag’ishlangan ko’plab asarlar yaratilgan. Bular jumlasiga “Avesto”, Arastuning “Axloqi Kabir”, Aflotunning “Davlat”, Forobiyning “Fozil odamlar shahri” kabi axloqqa doir durdona asarlarini kiritishimiz mumkin. Ularda insonlar o’rtasidagi munosbatlar, turmush tarzi bilan bog’liq barcha jihatlar aks ettirilgan. Mehnat jarayoni, insonlar o’rtasidagi munosabatlar asta-sekin mehnat faoliyati sohalarini yuzaga keltirgan va bu munosabatlarni tartibga solib turuvchi axloq normalari ishlab chiqilgan. Vaqt o’tishi bilan axloq normalari asosida qonunlar shakllandi. Har bir davrda kasbiy faoliyat va unga mohiyatan turlicha yondashuvlar mavjud bo’lgan. Insoniyat hayotining barcha davrlarida san'atning roli hayotni doimo go'zal shakllarda aks ettirish, uni takomillashtirish, odamlarning qalbini haqiqat, ezgulik va go'zallikka yo'naltirishda bo'lgan va shunday bo'ladi. Badiiy san'at turlarida har bir davr o'z aksini topadi va o'zini anglaydi. San’at sohasi vakillarining faoliyatlari ham etika ham estetika nuqtayi nazaridan ko’p marotaba tahlil qilingan. Hozirgi davrga kelib butun dunyoda shu jumladan O’zbekistonda ham mehnat faoliyatini tartibga soluvchi mukammal darajadagi qonunlar qabul qilingan. Shunday bo’lsada kasbiy faoliyat bilan bog’liq mummolarga ko’p hollarda duch kelishimiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham bu masalalarga alohida e’tibor qaratgan edilar. Mustaqillikdan keyin bu borada ko’plab amaliy ishlar bajarildi. 1997-yil “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash maqsadida bu sohaga doir qonunlar, qonun osti hujjatlari qabul qilindi. Birinchi Prezidendimiz I.A.Karimov ”Biz o’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni, mamlakat va xalq manfaatlari bilan birga quradigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak”1 deb bejizga takidlamaganlar. Shunday ekan insonning barkamollikka erishuvida kasbiy foliyatning ahamiyati kattadir.
San'at hayotning barcha sohalarini qamrab oladi, u fan, ish va ta'lim bilan uzviy bog'liqdir. Estetik tarbiya bu ta'limga qo'shiladigan axborot o'lchovi emas, balki o'z-o'zini tarbiyalash, insonning hissiyotlari va uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi harakatdir. Odamlarning estetik va axloqiy rivojlanmaganligi san'atning jamiyat hayotidagi ahamiyati va o'rnini tushunmaslikning sababi va natijasidir. Har kim san'at va san'atga qarshi san'at o'rtasidagi farqni tushunishni o'rganishi kerak. Buning uchun ma'naviy madaniyat va aniq axloqiy mezon talab etiladi. Art-art agressiv bo'lib, u doimo qudratli modaning yangi shakllari va tasvirlarini oladi. U oddiy didlarga taqlid qilib, uni "zamonaviy" deb ataydi, chinakam ijodkorlikka taqlid qiladi, o'ychanlik niqobini kiyadi va yolg'onni haqiqat sifatida o'tkazadi. Va taqlid va soxta narsalar har doim osonlikcha qabul qilinadi. Bolaligidan majoziy fikrlashga odatlanmagan, san'atni anglash asoslarini bilmagan odam o'zini o'zi anglay olmaydi. San'atga bo'lgan ehtiyoj inson qalbining doimiy xususiyatidir. Odamlarning mustaqil fikrlashga, san'atning rivojlanmaganligiga, e'tiborsizligiga va noto'g'ri tushunishga tayyor emasligi odamlarning haqiqiy madaniyatdan, odob-axloqdan uzoqlashishiga sabab bo'ldi. San'atdagi bilish bilim va xayolning o'zaro ta'sirining samarasidir, ular bir-birlarini inkor etmaydilar, balki badiiy haqiqatning eng yuqori sintezida birlashadilar ... Boshqa hech narsa ruhga tasvir kabi ta'sir qila olmaydi. Xayolotni uyg'otib, yurakka tegdi, o'ylashga majbur qildi, san'at odamni poklaydi va yuksaltiradi. Shu sababli, san'atni o'qitish bo'yicha maktab o'quv dasturi alohida ahamiyatga ega. Professional kadrlarni tayyorlashda kasb etikasini sohalarning o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda tashkil etish, axloqiy meyorlarni kadrlar ongiga singdirishning konseptual asoslarini ilmiy tadqiq etish bugungi kunning birinchi darajali talabidir. Kasb etikasi masalasida ko’plab ilmiy ishlar olib borilmoqda, ilmiy maqolalar, monografiyalar va dissertatsiyalar shular jumlasidandir. Har tomonlama salohiyatli kadrlar tayyorlash doirasida bugungi kunda ham ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ko’plab olimlarimiz shu mavzu doirasida o’z tadqiqot ishlarini olib borgan va darslik, o’quv qo’llanmalari chop etilgan. Masalan, N.Muhammadiyev2, L.Muhammadjonova3, M.Nurmatova4, N.Abdullayeva5, E.Umarov6, A.Sher7 kabi proff.va fan nomzodlari ilmiy izlanishlar olib borganlar. Hozirgi kunda A.Sherning “Axloqshunoslik”8 kitobi respublikamiz OTMlarida muhim darsliklardan hisoblanadi. A.Sher “Axloqiy madaniyat kasbiy odobda ham yaqqol ko’zga tashlanadi, chunki inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutadi, kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo’ladi. Kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri, uning jamiyat axloqiy hayotidagi o’rni yuksak”9. Chunki har bir shaxs hayotdagi o’rnini kasbi orqali topadi va shu bilan boshqa insonlar hayoti yaxshilanishiga ham hissa qo’shadi
Butun jahon mamlakatlarida shu jumladan O’zbekistonda ham o’tkazilayotgan barcha tadqiqotlar zamirida insoniyat hayotini yanada yaxshilash, yuksaltirish yotadi. Bu masalaga esa har bir soha vakili o’z yo’nalishidan kelib chiqqan holda yondashadi. Bugungi kunda jamiyatda yuz berayotgan o’z kasbini suistemol qilish va kasbiy faoliyatda axloq mezonlarini chetlab o’tish holatlarini kuzatishimiz mumkin. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Har bir davlat xizmatchisi har kuni o’zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart”10 deya takidlashlarida ham juda katta mano bor. Barchamizga malumki soha vakillari orasida tekshiruv kelganda holatni yaxshi(asl holatni yashirib) ko’rsatish kabilar ko’plab uchrab turadi. Bunday holatlar ham talab darajasida ishni bajarmaslik oqibatida kelib chiqadi. Ammo yana bir masala talablar ham imkoniyat darajasiga qarab belgilanishi lozim. Kadrlar tayyorlashda kasb doirasidagi axloq va huquq meyorlari birgalikda o’rgatilish darajasi ham past. Masalan, har bir kasbning o’ziga xos tomonlaridan kelib chiqqan holda etika fanlarini chuqur o’qitish yetarli drajada yo’lga qo’yilmagan. OTM larni bitirib ketayotgan kadrlar ongida hali ish jarayonidagi o’zining vakolatlari va burchlari to’g’risida to’liq tasavvur shakllanmagani ham eng katta kamchiliklardan ekanligini alohida takidlash joiz. Kadrlar tayyorlashda axloq va huquq normalarini birgalikda, o’z sohalaridan kelib chiqqan holda o’rgatish muammolarga birmuncha yechim bera oladi. 2019-yil 17-iyulda “O’zbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi” ning qabul qilinishi bu sohani rivojlantirishning muhim omilidir. Bu kabi normalarning har bir soha uchun ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi davr talabidir. Kasbiy faoliyat borasidagi muammoli vaziyatlarni hal qilish uchun qonunlar qabul qilinishi to’g’ri albatta, ammo muammolarni oldini olish buning uchun esa kasb etikasini mukammal o’rgatish (ish jarayonida amal qilinishiga erishish)ish samaradorligi darajasini oshiradi.
Kasbiy faoliyatda muammolar yuzaga kelishining quyidagi asosiy bosqichlariga e’tibor qaratish lozim;
-Axloq mezonlaridan chetlashish va huquqiy bilimlarning yetishmasligi.
-Soha talablarini buzish, o’z kasbiga nisbatan loqaydlik.
-Jamiyat inqirozi
Demak bir muammoni e’tiborsiz qoldirish ikkinchi bir muammoni yuzaga keltiradi va bular bosqichma-bosqich kengayib boraveradi. Yuqoridagilardan ko’rinadiki barcha muammolarning boshlang’ich asosida axloq normalariga amal qilmaslik turadi. Garchand axloq normalari majbur qilish kuchiga ega bo’lmasada, jamiyat inqirozining ildizlari axloq mezonlarini chetlab o’tishga borib taqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |