2. Startap asosida qiziqarli biznes-g‘oya yotadi. Sir emaski, g‘oyasiz umuman hech qanday biznes ham bo‘lmasdi. Biroq startapda g‘oya o‘ziga xos qimmatga ega. Agar u istiqbolli bo‘lsa, juda qimmat bo‘lishi mumkin. Taqqoslash uchun: Internet o‘z biznesingizni ochish uchun standart g‘oyalarga to‘la va ularning barchasi mutlaqo bepul. Ba’zan esa ularga biznes-rejalar ham ilova qilinadi.
3. Startap asoschilari yoshlardir. Ko‘plab mashhur va muvaffaqiyatli startaplar kechagi talabalar avlodidir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, startaplarning o‘rtacha yoshi 25 yoshga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun yangi tashabbuslarni ba’zan mensimagan ohangda “garaj biznesi” deb ham atashadi: hali mol-dunyo orttirmagan yoshlar o‘z g‘oyalarini muhokama qilish uchun garajlar va ijara xonadonlardan bo‘lak qayerdadir to‘planishiga imkon yo‘q.

4. Startaperlar bor imkoniyatini o‘rtaga tikadi. Odatda, startap tashabbuskorlari o‘z g‘oyasini butun qalbiga joylashadi. Uni ro‘yobga chiqarish uchun odam katta tavakkal qilishga ham tayyor turadi. Startaperni muvaffaqiyat juda qimmatga tushishi mumkinligi ham o‘ylantirmaydi: agar muvaffaqiyatdan manfaatdor bo‘lsa, unga erishish uchun hatto ilojsiz narsalarga ham qo‘l urib ko‘radi.
5. Tashabbuskor guruh foyda uchun emas, balki g‘oya uchun ishlaydi. Faqat har qanday tashabbusni tanho rivojlantirish qiyin. Shuning uchun startap yaratishda g‘oyaviy yetakchi rahbarligi ostida butun boshli jamoa ishtirok etadi. Jamoaning har bir a’zosi muayyan funksiyani bajaradi: bittasi istiqbolli g‘oyani ishlab chiqadi, ikkinchisi – ushbu g‘oya asosida biznesni rejalashtiradi, uchinchisi – yetkazib beruvchilar, mijozlar, moliyalashtirish manbalarini qidiradi. Ular hammasiga birdaniga erishib bo‘lmasligini juda yaxshi tushunadilar. Lekin ular o‘z ishlariga juda qiziqib foyda olish imkoniga qattiq ishonadilar.