Stanoklar parki va jihozlardan foydalanishning texnika xavfsizligi. Reja



Download 54 Kb.
bet3/3
Sana10.06.2022
Hajmi54 Kb.
#650369
1   2   3
Bog'liq
tttttttttttttttttttttttttttt

Sanoat korxonasi hududi

Sanoat korxonasi hududi faqatgina ishlab chiqarish talablariga javob berib qolmasdan, balki sanitar-gigiena m e’yorlariga ham javob berishi kerak. U tekis, yaxshi yoritilgan, yetarli m iqdordagi o‘tish yo‘llari va yo‘laklari bilan ta ’m inlangan bo’ishi shart. Har xil chuqurlar, texnik maqsadlarda qoldirilgan xandaqlar, hovuzlar mustahkam qopqoqlar bilan ta ’m inlanishi va muhofaza vositalari bilan o ‘rab qo'yilishi shart. Agar m uhofaza qopqoqlari bilan berkitish imkoniyati bo‘lmasa, uni odam o‘taolmaydigan to ‘siq bilan to‘sib qo'yiladi.


Transport vositalari harakatlanadigan yo’lar va odam lar o‘tish yo’lari, albatta to‘g‘ri transport vositalari va odam larning bemalol o'tishini ta ’minlashi, qaram a-qarshi tomonga yo'nalish mumkinligini hisobga olishi, odam larning o ‘tish soniga qarab yetarlicha keng boMishi, transport vositalarining serqatnovligi belgilanishi, ularda olib o ‘tilayotgan yuklaming erkin o ‘tishi ta’minlanadi. Yo‘llar asosan mustahkam qatlam bilan qoplangan bo’ishi kerak. Odam lar o'tadigan yo‘llar to‘xtovsiz harakatlanadigan tem ir yo‘llar bilan to'qnash kelsa, unda temir yo‘l ustiga maxsus ko‘priklar qurish, yoki yer osti yoMlari tashkil qilish tavsiya etiladi. Sanoat korxonasi hududida joylashtiriladigan binolar ishlab chiqariladigan mahsulot bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Katta hajmdagi mahsulot ishlab chiqariladigan sanoat korxonalari binosida oxirgi olinadigan mahsulot iloji boricha jo'natish oson bo’gan yerga moslanadi.
Agar sanoat korxonasida katta miqdoda chang, zaharli moddalar chiqadigan uchastkalar bo‘lsa, ularni iloji boricha chetroqqa joylashtirishga va ular, albatta, shamol yo‘nalishida joylashtiriladi.
Ba’zi bir shovqinli sexlarni ham iloji boricha boshqa sanoat binolaridan olisroqqa joylashtiriladi. Hosil boMgan oraliqlarga har xil daraxtlar va gullar ekib obodonlashtirish, ishchilar tanafifus vaqtlarida dam oladigan, hordiq chiqaradigan joylar tashkil qilish mumkin.
Sanoat korxonasi hududida joylashgan har qanday sanoat binolari va yordamchi binolar, albatta kanalizatsiya bilan ta ’minlanishi kerak. Kanalizatsiya bilan to’plangan va ifloslangan sanoat chiqindi suvlarini mavjud suv havzalariga tashlab yuborish mutlaqo taqiqlanadi. Bunday chiqindi suvlar, albatta maxsushovuzlarda yig‘ilishi, mavjud texnik va biologik vositalar bilan tozalanishi ham da texnik zaruratlar uchun ishlatili-shini hisobga olib, sanoat korxonasiga qaytarilishi kerak.
Sanoat korxonasini suv bilan ta ’minlaganda va tozalangan kanalizatsiya suvlarini ishlatishda, suv sifatini belgilovchi GOST larga amal qilinadi. Agar tozalangan kanalizatsiya suvlari ochiq suv manbalariga tashlab yuboriladigan bo'lsa, ularning sifati sanitariya me’yor va qoidalariga to ‘liq javob berishi kerak.
Sanoat korxonalarining xonalari
Sanoat korxonalarining xonalari texnologik jarayon talablariga va tayyorlanadigan m ahsulot katta-kichikligiga qarab quriladi.
Korxonaning um um iy sexlarida har bir ishchi uchun kamida 15m 3 hajmdagi maydon to ‘g‘ri kelishi, bunda minim al maydon 4,5m2 dan kam bo'lmasligi va binoning balandligi kamida 3,2 mbo'lishi sanitariya qoidalarida chegaralab qo‘yilgan.
Har xil sanoat chiqindilari va issiqlik ajralib chiqadigan texnologik jarayonlar b o ‘lganda (bunda issiqlik ajralishi 20 kkal m2- 1 soatda), shuningdek, titrash manbalari mavjud bo‘lsa, bunday sanoat korxonalari uchun bir qavatli bino qurish sanitar-gigienik nuqtayi nazaridan qulay hisoblanadi.
Agar ko‘p qavatli binolarga joylashgan mashinasozlik sanoati korxonalarida yuqorida ko‘rsatilgan sexlami eng oxirgi qavatga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar bunday sexlar qavatlar o‘rtasiga joylashtirilsa, zararli chiqindilr va issiqlik boshqa qavatlarga ham o ‘tib ketib, ularning zararlash maydonlarini oshirib yuboradi. Zararli m oddalar ajratadigan yoki ko‘plab issiqlik chiqaradigan jihozlarni ayrim xonalarda iloji boricha xonaning chekka tom onlariga devorlar yaqiniga o'rnatiladi. Mashinasozlik sanoatida bunday xonalarga temirchilik sexlari, lak-bo'yoq ishlarini bajaradigan uchastkalar va detallarga galvanik ishlov berish sexlari joylashgan bo'ladi.
Har xil sanitar-gigienik sharoitga ega bo'lgan ishlarni bir xonada joylashtirilganda, ularning zararlovchi omili ta’siri boshqalarga ham ta ’sir qilmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bunda, masalan, havo dushlari, zararli mashinalarni ajratish, havo to'siqlari va boshqalardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish xonalarini yerto‘lalarga joylashtirish, texnologik jarayon uchun zarur bo'lgan ayrim hollardagina yo‘l qo'yiladi. Xonalarga tabiiy yorug'lik tushishi muhim rol o'ynaydi.
Xulosa:
Mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda korxona ish faoliyati va u ishlab chiqarayotgan mahsulot sifati texnologik va boshqa jihozlarning texnik holati bilan uzviy bog’liq. Mashina va qurilmalarning nosozligi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga ta`sir qiladi, natijada, hozirgi bozor
iqtisodiyoti sharoitida, iste`mol qilish talabini pasayishiga sabab bo`ladi. Bu o`z navbatida korxonlarning iqtisodiy ko`rsatgichlarini pasaytiradi. Jihozlarni to`g’ri ishlatish, o`z vaqtida sifatli texnik ko`ruv va ta`mirlash ishlarini olib borish barcha mashina va apparatlarning to`satdan buzilmasdan va texnik sabablarga ko`ra
ishlamasdan qolishini oldini oladi. Bundan tashqari, jihozning foydali va xavfsiz ishlashiga o`rnatish ishlarining barcha qoidalariga rioya qilgan holda sifatli amalga oshirish o`z ta`sirini ko`rsatadi. Ayni paytda ushbu texnologik jihoz va tizimlarni mukammal ishlatish uchun zamonaviy texnika va texnologiyani chuqur biladigan, yuqori saviyali kadrlar tayyorlash ushbu korxonalarni raqobatchilikda foyda olib ishlashida asosiy omil hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Перегудов Л.В., Хашимов А.Н., Шалагуров И.К., Перегудов
С. Л., Автоматлаштирилган корхона станоклари. Т.: «Ўзбекистон»,
1999. -495 б.
2. Детали и механизмы металлорежущих станков, Под ред.
Решитова Д.Н. В 2-х т. М.: «Машиностроение», 2012. -664с.
3. Проектирование металлорежущих станков и станочных
систем. Под ред. Проникова А.С. т.2, кн.2 М.: «Машиностроение»,
1995-2001. -319с.
4. Пекелис Г.Д., Гельберг Б.Г.. Технология ремонта
металлорежущих станков. Л.: «Машиностроение», 2016. -320с.
5. Davim J.P., Jackson M.J. Manifacturing technology. Nova
Science Publishers, Inc., USA, 2015.
6. Kudankita Chiyoda-ku. Engineering Fundamentals: An
Introduction to Engineering Cengage Learning K.K. No.2 Funato
Building, Japan, 2013.
Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish