Kattalikning o‘lchamligideb, shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklar bilan
bog‘liqligini ko‘rsatadigan va proportsionallik koeffitsienti 1 ga teng bo‘lgan ifodaga
aytiladi.
Kattalikning o‘lchami - Ayrim olingan moddiy ob'ekt, tizim, hodisa yoki
jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi.
Kattalikning qiymati - qabul qilingan birliklarning ma lum bir soni bilan
kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.
Kattalikning birligi deb -ta'rif bo‘yicha soniy qiymati 1ga teng qilib olingan
kattalik tushuniladi
Kattalikning asosiy birligi debbirliklar tizimidagi ihtiyoriy ravishda tanlangan
asosiy kattalikning birligiga aytiladi.
Hosilaviy birlik deb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan,
ta'riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga
aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |