Asosiy atamalar va tushunchalar.
Qo’llaniladigan ta'lim texnologiyalari: Vizual ma'ruza, blits-so’rov, bayon qilish,
“Venn diagrammasi” texnikasi.
Faraz qilaylik, endi dam olay deb, dam olish xonasiga kirib, chiroqni yoqqan edik, lip
etib yondi-yu, o’chdi. Nima qilamiz? Darhol boshqa lampochkani olib, almashtiramiz.
Xo’sh, buni nimasi g’ayri tabiiy? Siz bunda kuygan lampochkani o’rniga boshqasi
aynan,ham kuchlanish bo’yicha, ham quvvati bo’yicha, ham o’lchamlari bo’yicha to’tri
kelishini ostida qanchalar inson mehnati yotganligini hech o’ylab ko’rganmisiz?
Odatda biz standart bo’yicha degan iborani ko’p ishlatamiz. Xo’sh standart nima?
Standart - bu ko’pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va
malum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo’naltirilgan hamda faoliyatning
har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo’lgan umumiy va takror qo’llaniladigan
qoidalar, umumiy konun-qoidalar, tavsiflar. talablar va usullar belgilangan va tan olingan
idora tomonidan tasdiqlangan me'yoriy hujjatdir.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va
jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Standartlar darajasiga qarab, halqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona
miqyosida faoliyat ko’rsatadi. Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab
chikarishga qo’yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va
o’zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste'molchi oralaridagi
munosabatlarni yaxshilashga yo’naltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o’z vaqtida yuqori sifatli loyiha -
konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat
ko’rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo’lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan
olib tashlashni belgilaydi.
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo’lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni
joylashtirish (upakovka)da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va
joylashtirishga, saqlashga, .omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda
olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
Standartlashtirish buyuk rus olimi akademik N.N.Semenov aytganidek, bu tub
mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarador formalari haqidagi
fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy
yo’nalishlzrni bir - biriga bog’lovchi vosita xamdir.
Ko’pgina texnika jihatidan ilg’or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga
o’suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bo’lgan standartlashtirishning
nazariyasiga ham katta e'tibor berilmokda.
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy
qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni ta'sirchan
vositalaridan biri sifatida ko’rilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |