Sertifikatlashtirish guvohlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish
ma'nolarini bildiruvchi certifus (lotincha) so’zidan olingan bo’lib, kerakli ishonchlilik
bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi,
xolis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi.
Ma'lumki, 1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket uchta,
ya'ni “Standartlashtirish to’g’risida”, “Metrologiya to’g’risida” va “Mahsulot va
xizmatlarni sertifikatlashtirish” Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga
tadbiq etilishi respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish
bosqichiga ko’tarilishiga asos bo’ldi. Shulardan biri, ya'ni “Metrologiya to’g’risida” gi
qonun ustida biroz to’xtalib o’tamiz.
Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta'minot
masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi.
“Metrologiya to’g’risida” gi qonun 5 bo’limdan iborat bo’lib, bu bo’limlar 21
moddani o’z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo’lga qo’yish va
bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funktsiyalari, bu boradagi
javobgarliklar bo’yicha keng ma'lumotlar berilgan.
Qonunda ko’rsatilganidek, o’lchash vositalarining davlat sinovlarini o’tkazish,
ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro’yxatiga kiritish “O’zstandart” agentligi
tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala - davlat ro’yxati belgisini qo’yish to’g’risida ham bayon
etilgan. “Metrologiya to’g’risida” gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o’lchash
vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro’yxati
belgisi qo’yilishi shart.
Ma'lumki, ishlab chiqarishdagi o’lchash vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti
bilan qiyoslashdan o’tkazib turish har doim e'tiborda bo’lmoqligi lozim. Ular bo’yicha
ro’yxatlar tuziladi va o’lchash vositalari turkumlarining ro’yxati “O’zstandart” agentligi
tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog’liq o’lchash vositalari, asboblari,
qurilmalari hamda o’lchovlari “Metrologiya to’g’risida”gi qonunning 17-moddasi asosida
“O’zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o’tkazilib turilishi lozim
bo’lgan o’lchash vositalari guruhining ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, shu qonunning 7-
moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo’lgan o’lchash vositalari belgilangan
aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o’lchash natijalari
bilan ta'minlashlari lozimligi alohida ko’rsatib o’tilgan.
Metrologiya-o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va
vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;
Kattalik-sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy ob'ektlarga (fizikaviy tizimlarga,
ularning holatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor
tomonidan har bir ob'ekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |