Standartlashtirish haqida
Faraz qilaylik, endi dam olay deb, dam olish xonasiga kirib, chiroqni yoqqan edik, lip etib yondi-yu, o‘chdi. Nima qilamiz? Darxol boshka lampochkani olib, almashtiramiz. Xo‘sh, buni nimasi g‘ayri tabiiy? Siz bunda kuygan lampochkani o‘rniga boshqasi aynan,xam kuchlanish buyicha, xam quvvati buyicha, ham o‘lchamlari bo‘yicha to‘g‘ri kelishini ostida qanchalar inson mehnati yotganligini xech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Odatda biz standart bo‘yicha degan iborani ko‘p ishlatamiz.
Xo‘sh standart nima? Standart - bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Standartlar darajasiga qarab, halqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‘yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‘zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyiha-konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka)da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga,yuklashga va joylashtirishga,saqlashga ,omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga,transportda olib yurishda, buyumni tarqatish,sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarador formalari haqidagi fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy yo‘nalishlarni bir-biriga bog‘lovchi vosita hamdir.
Ko‘pgina texnika jihatidan ilg‘or mamlakatlarda standartlashtirish masalalariga o‘suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bo‘lgan standartlashtirishning nazariyasiga ham katta e’tibor berilmoqda.
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
1993 yilning 28 dekabrida metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda "Standartlashtirish haqida" Qonun ham qabul qilindi. Bu qonun respublikamizda standartlashtirish sohasi va standartlashtirish tizimi uchun asosiy qonuniy asoslardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |