141
5- Mavzu. Baholashni hisobga oluvchi standartlarining tavsifi
5.1. BHXS (IAS) 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi”
Mazkur Standartning maqsadi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan qo’llaniladigan
shunday tartiblarni belgilashdan iboratki, bunda uning aktivlari ularning
qoplanadiganqoplanadigan qiymatdan ortiq bo’lmagan summada hisobga olinganligi
ta’minlanadi. Aktiv uning balans qiymati aktivdan foydalanish yoki uni sotish orqali
qoplanadigan summadan oshsa, ushbu aktiv o’zining qoplanadigan qiymatidan ortiq
summada hisobga olingan bo’ladi. Agarda ushbu holat yuz bersa, aktiv qadrsizlangan
deb hisoblanadi va mazkur Standart tadbirkorlik sub’ektidan qadrsizlanish zararini
tan olishni talab etadi. Ushbu Standart tadbirkorlik sub’ekti qadrsizlanish zararini
qachon qayta tiklashi kerakligini hamda ochib berilishi lozim bo’lgan ma’lumotlarni
belgilaydi.
Mazkur standart quyidagilardan tashqari barcha aktivlarning qadrsizlanishini
hisobga olishda qo’llanilishi lozim:
(a) tovar-moddiy zahiralar (BHXS 2 «Tovar-moddiy zahiralar” ga qarang);
(b) qurilish shartnomalaridan yuzaga keladigan aktivlar (BHXS 11 «Qurilish
shartnomalari» ga qarang);
(v) muddati kechiktirilgan soliq aktivlari (BHXS 12 «Foyda soliqlari» ga
qarang);
(g) xodimlarga haqlarni to’lashdan yuzaga keladigan aktivlar (BHXS 19
«Xodimlarning daromadlari»ga qarang);
(d) MHXS 9 «Moliyaviy instrumentlar» ning qo’llash doirasida bo’lgan
moliyaviy aktivlar;
(e) haqqoniy qiymatda baholangan investitsion mulk (BHXS 40 «Investitsion
mulk» ga qarang);
(j) chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholangan va
qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlar (BHXS 41 «Qishloq xo’jaligi»
ga qarang);
(z) MHXS 4 «Sug’urta shartnomalari» ning qo’llash doirasidagi sug’urta
shartnomalari ostida sug’urtalovchining shartnomaviy huquqlaridan yuzaga keladigan
muddati kechiktirilgan sotib olish xarajatlari va nomoddiy aktivlar; va
(i) MHXS 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom
ettirilmaydigan faoliyat” ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan
uzoq muddatli aktivlar (yoki chiqib ketish guruhlari).
Mazkur Standart tovar-moddiy zahiralarga, qurilish shartnomalaridan yuzaga
keladigan aktivlarga, muddati kechiktirilgan soliq aktivlariga, xodimlarga haqlarni
to’lashdan yuzaga keladigan aktivlarga, yoki sotishga mo’ljallangan sifatida
tasniflangan (yoki sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan chiqib ketish
guruhlariga kiritilgan) aktivlarga nisbatan qo’llanilmaydi, chunki ushbu aktivlar
uchun o’rinli bo’lgan joriy MHXSlar ushbu aktivlarni tan olish va baholashga
nisbatan talablarni qamrab oladi.
Mazkur Standart quyidagicha tasniflangan moliyaviy aktivlarga nisbatan
142
qo’llaniladi:
(a) MHXS 10 «Jamlangan moliyaviy hisobotlar» da ta’riflangan sho’’ba
tadbirkorlik sub’ektlari;
(b) MHXS 28 «Qaram tadbirkorlik sub’ektlari va qo’shma korxonalardagi
investitsiyalar» da ta’riflangan qaram tadbirkorlik sub’ektlari; va
(v) MHXS 11 «Birgalikdagi faoliyat bo’yicha kelishuvlar» da ta’riflangan
qo’shma korxonalar.
Boshqa moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishi bo’yicha MHXS 39 ga murojaat
eting.
Mazkur Standart MHXS 9 ning qo’llash doirasida bo’lgan moliyaviy
aktivlarga, BHXS 40 ning qo’llash doirasidagi haqqoniy qiymatda baholangan
investitsion mulkka, yoki BHXS 41 ning qo’llash doirasidagi chiqib ketish xarajatlari
chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholangan va qishloq xo’jaligi faoliyatiga
tegishli biologik aktivlarga nisbatan qo’llanilmaydi. Biroq, mazkur Standart MHXS
16 «Asosiy vositalar» va MHXS 38 «Nomoddiy aktivlar» dagi qayta baholash modeli
kabi boshqa Standartlarga muvofiq qayta baholangan qiymatda (ya’ni har qanday
keyingi jamg’arilgan eskirish summasi va keyingi yig’ilgan qadrsizlanish zararlari
chegirilgan holda qayta baholash sanasidagi haqqoniy qiymatda) hisobga olingan
aktivlarga nisbatan qo’llaniladi. Aktivning haqqoniy qiymati bilan uning chiqib
ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi yagona farq aktivning
chiqib ketishiga tegishli bevosita qo’shimcha xarajatlardir.
(a)
Agarda chiqib ketish xarajatlari sezilarsiz bo’lsa, qayta baholangan
aktivning qoplanadigan qiymat uning qayta baholangan qiymatiga yaqinroq, yoki
undan ko’proq, bo’ladi. Bunday holatda, qayta baholash talablari qo’llanilgandan
so’ng, qayta baholangan aktiv qadrsizlangan bo’lish ehtimoli mavjud emas va
qoplanadigan qiymatning baholanishi shart emas.
(b)
Agarda chiqib ketish xarajatlari sezilarsiz bo’lmasa, qayta baholangan
aktivning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati uning haqqoniy
qiymatidan kamroq bo’ladi. Shu tufayli, qayta baholangan aktiv qadrsizlanadi, agarda
uning foydalanishdagi qiymati uning qayta baholangan qiymatidan kamroq bo’lsa.
Bunday holatda, qayta baholash talablari qo’llanilgandan so’ng, tadbirkorlik sub’ekti
ushbu Standartni aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligini aniqlash uchun qo’llaydi.
Aktiv qadrsizlangan bo’ladi, qachonki uning balans qiymati uning
qoplanadigan qiymatdan oshsa. Agarda ushbu ishoralardan biri mavjud bo’lsa,
tadbirkorlik sub’ektidan qoplanadigan qiymatning rasmiy baholanishini aniqlash
talab etiladi. Standart tadbirkorlik sub’ektidan qoplanadigan qiymatning rasmiy
baholanishini aniqlashni talab etmaydi, agarda qadrsizlanish zararining hech qanday
ishorasi mavjud bo’lmasa.
Tadbirkorlik sub’ekti har bir hisobot davri oxirida aktiv qadrsizlangan bo’lishi
mumkinligining biror ishorasi mavjudligini tekshirishi lozim. Agarda biror bunday
ishora mavjud bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti aktivning qoplanadigan qiymatini
baholashi lozim.
Qadrsizlanishning har qanday ishorasi mavjud bo’lishidan qat’iy nazar,
tadbirkorlik sub’ekti:
143
(a)
noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivni yoki hanuz
foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktivni qadrsizlanishga har yili tekshirishi lozim,
bunda uning balans qiymati uning qoplanadigan qiymati bilan taqqoslanadi. Ushbu
qadrsizlanish tekshiruvi yillik davr mobaynida har qanday paytda amalga oshirilishi
mumkin, biroq shunday shart bilanki, u har yili bir xil paytda amalga oshiriladi. Turli
xil nomoddiy aktivlar turli paytlarda qadrsizlanishga tekshirilishi mumkin. Biroq,
bunday nomoddiy aktiv dastlab joriy yillik davrda tan olingan bo’lsa, ushbu
nomoddiy aktiv joriy yillik davr oxiridan oldin qadrsizlanishga tekshirilishi lozim.
(b)
biznes birlashuvida sotib olingan gudvillni har yili qadrsizlanishga
tekshirishi lozim.
Nomoddiy aktiv foydalanishda mavjud bo’lgan holatga nisbatan aktiv
foydalanishda mavjud bo’lishidan oldingi holatda, nomoddiy aktivning o’z balans
qiymatini tiklash uchun yetarli kelgusi iqtisodiy manfaatlar keltirish qobiliyati odatda
yuqoriroq noaniqlikka duchor bo’ladi. Shu tufayli, mazkur Standart tadbirkorlik
sub’ektidan hanuz foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktivning balans qiymatini,
kamida har yili, qadrsizlanishga tekshirishni talab etadi.
Aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjudligini
tekshirishda, tadbirkorlik sub’ekti, kamida, quyidagi ishoralarni ko’rib chiqishi lozim:
Ma’lumotlarning tashqi manbalari:
(a)
shunday kuzatiladigan ishoralar mavjudki, bunda aktivning qiymati vaqt
o’tishi yoki me’yoriy foydalanish natijasida kutilishi mumkin bo’lgan kamayishga
nisbatan davr mobaynida sezilarli darajada kamaygan.
(b)
tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan salbiy ta’sirga ega jiddiy o’zgarishlar
tadbirkorlik sub’ekti faoliyat ko’rsatadigan texnologik, bozor, iqtisodiy yoki yuridik
muhitda yoki aktiv tegishli bo’lgan bozorda davr mobaynida sodir bo’ldi, yoki yaqin
kelajakda sodir bo’ladi.
(v)
bozor foiz stavkalari yoki investitsiyalar bo’yicha boshqa bozor
foydalilik ko’rsatkichlari davr mobaynida oshdi va ushbu oshishlarning
foydalanishdagi aktivning qiymatini hisoblashda qo’llanilgan diskont stavkasiga
ta’sir etish hamda aktivning qoplanadigan qiymatini ahamiyatli kamaytirish ehtimoli
mavjud.
(g)
tadbirkorlik sub’ektining sof aktivlarining balans qiymati uning bozor
kapitalizatsiyasidan ko’proqdir.
Ma’lumotlarning ichki manbalari:
(d)
aktivning ma’naviy eskirishi yoki jismoniy shikastlanishiga dalil
mavjud.
(e)
tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan salbiy ta’sirga ega jiddiy o’zgarishlar
aktivdan foydalanilgan yoki foydalanilishi kutilgan darajada, yoki undan foydalanish
holatida, davr mobaynida sodir bo’ldi, yoki yaqin kelajakda sodir bo’lishi kutiladi.
Ushbu o’zgarishlar aktivdan foydalanilmagan holatni, aktiv tegishli bo’lgan faoliyatni
to’xtatish yoki qayta tashkil etish rejalarini, aktivni avval kutilgan sanadan oldin
hisobdan chiqarish rejalarini va aktivning foydali xizmat muddatini noaniqdan aniq
sifatiga qayta baholashni o’z ichiga oladi.
(j)
aktivning ishlatilishidan iqtisodiy natijalar kutilganidan salbiyroq
144
bo’lganligini, yoki bo’lishini, ko’rsatadigan dalil ichki hisobot asosida aniqlangan.
(z)
sho’’ba tadbirkorlik sub’ekti, qo’shma korxona yoki qaram tadbirkorlik
sub’ektidagi investitsiya uchun, investor investitsiya bo’yicha dividendni tan oladi va
shunday dalil mavjudki, bunda:
-
alohida moliyaviy hisobotlardagi investitsiyaning balans qiymati
jamlangan moliyaviy hisobotlardagi investitsiya ob’ektining sof aktivlarining,
jumladan tegishli gudvillning, balans qiymatlaridan oshadi; yoki
-
dividend e’lon qilingan davrda dividend sho’’ba tadbirkorlik sub’ekti,
qo’shma korxona yoki qaram tadbirkorlik sub’ektining jami umumlashgan
daromadidan oshadi.
Tadbirkorlik sub’ekti aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining boshqa
ishoralarini aniqlashi mumkin va ular tadbirkorlik sub’ektidan aktivning
qoplanadigan qiymatni aniqlashni, yoki gudvill holatida, qadrsizlanish tekshiruvini
amalga oshirishni ham talab etishi mumki.
Aktiv qadrsizlangan bo’lish mumkinligini ko’rsatadigan ichki hisobot dalili
quyidagilarning mavjudligini o’z ichiga oladi:
(a)
aktivni sotib olish bo’yicha pul oqimlari, yoki undan foydalanish yoki
uni saqlash uchun keyinchalik zarur bo’ladigan pul mablag’larining dastlab
rejalashtirilgan byudjet mablag’laridan sezilarli darajada ko’proq bo’lishi;
(b)
aktiv bo’yicha haqiqiy sof pul oqimlarining yoki operatsion foyda yoki
zararning rejalashtirilgan byudjet ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli tarzda salbiy
bo’lishi;
(v)
aktiv bo’yicha rejalashtirilgan sof pul oqimlarining yoki operatsion
foydaning sezilarli darajada kamayishi yoki rejalashtirilgan zararning sezilarlai
darajada ko’payishi; yoki
(g)
joriy davr summalari kelgusi davr uchun rejalashtirilgan summalar bilan
jamlanganida aktiv bo’yicha operatsion zararlar yoki sof pul chiqimlari paydo
bo’lishi.
Standart noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktiv yoki hanuz
foydalanishda bo’lmagan nomoddiy aktiv va gudvill qadrsizlanishga kamida har yili
tekshirilishini talab etadi. Masalan, agarda oldingi hisob-kitoblar aktivning
qoplanadigan qiymat uning balans qiymatidan sezilarli tarzda ko’proq bo’lganini aks
ettirsa, tadbirkorlik sub’ekti ushbu farqni yuqotishi mumkin bo’lgan hech qanday
hodisa sodir bo’lmaganda aktivning qoplanadigan qiymatni qayta baholashi zarur
emas.
Standart qoplanadigan qiymatni aktivning yoki pul mablag’larini hosil
qiladigan birlikning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati bilan
uning foydalanishdagi qiymati o’rtasidagi yuqorirog’i sifatida ta’riflaydi. Ushbu
talablar «aktiv» atamasidan foydalanadi, ammo ular alohida aktivga yoki pul
mablag’larini hosil qiladigan birlikka nisbatan teng tarzda qo’llaniladi.
Ham chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi aktivning haqqoniy qiymatini
ham uning foydalanishdagi qiymatini aniqlash har doim ham zarur emas. Agarda
ushbu summalarning biri aktivning balans qiymatidan oshsa, aktiv qadrsizlanmagan
bo’ladi va ikkinchi summani baholash zarur bo’lmaydi.
145
Hattoki ma’lum aktiv uchun faol bozordagi belgilangan narx mavjud bo’lmasa
ham, chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatni baholash mumkin
bo’ladi. Biroq, ayrim holatlarda chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy
qiymatni baholash imkoniyati bo’lmasligi mumkin, chunki joriy bozor sharoitlarida
baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasida aktivni sotish bo’yicha odatiy
operatsiyaning sodir bo’lishi mumkin bo’lgan narxni ishonchli baholash uchun asos
mavjud bo’lmaydi. Bunday holatda, tadbirkorlik sub’ekti aktivning foydalanishdagi
qiymatidan uning qoplanadigan qiymat sifatida foydalanishi mumkin.
Agarda aktivning foydalanishdagi qiymati uning chiqib ketish xarajatlari
chegirilgandagi haqqoniy qiymatidan ahamiyatli tarzda oshishiga kutish uchun hech
qanday sabab bo’lmasa, aktivning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy
qiymatidan uning qoplanadigan qiymat sifatida foydalanish mumkin. Bu ko’p
hollarda sotish uchun mo’ljallangan aktiv holatida bo’ladi. Bunga sabab shuki, sotish
uchun mo’ljallangan aktivdan uning sotilishiga qadar uzluksiz foydalanishdan
keladigan kelgusi pul oqimlari sezilarsiz bo’lish ehtimoli tufayli, aktivning
foydalanishdagi qiymati asosan sotishdan olinadigansof tushumlardan tashkil topadi.
Alohida aktiv boshqa aktivlardan yoki aktivlar guruhlaridan keladigan pul
kirimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltirmagan
holatdan tashqari holatlarda, qoplanadigan qiymat alohida aktiv uchun aniqlanadi.
Agarda ushbu holat yuz bersa, qoplanadigan qiymat aktiv tegishli bo’lgan pul
mablag’larini hosil qiladigan birlik uchun aniqlanadi, bunda:
(a)
aktivning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati
uning balans qiymatidan ko’proq bo’lmaguncha; yoki
(b)
aktivning foydalanishdagi qiymati uning chiqib ketish xarajatlari
chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga yaqin bo’lgan holda baholanishi va chiqib ketish
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati baholanishi mumkin bo’lmaguncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |