4.5. BHXS (IAS) 38 “Nomoddiy aktivlar”
Mazkur Standartning maqsadi boshqa Standart qamrab olmagan nomoddiy
aktivlar uchun buxgalteriya hisobining yondashuvini belgilashdan iboratdir. Mazkur
Standart tadbirkorlik sub’ektidan nomoddiy aktivni u faqatgina belgilangan
mezonlarga javob berganida tan olishni talab etadi. Ushbu Standart nomoddiy
aktivlarning balans qiymatini qanday baholashni belgilaydi va nomoddiy aktivlar
to’g’risida muayyan ma’lumotlar ochib berilishini talab etadi.
Standart nomoddiy aktivlarni hisobga olishda qo’llanishi lozim, bundan
quyidagilar mustasno:
(a) boshqa Standart qo’llash doirasidagi nomoddiy aktivlar;
(b) BHXS 32 “Moliyaviy instrumentlar: Taqdim etish” da ta’riflangan
moliyaviy aktivlar;
(d) aktivlarning qidiruvi va baholanishini tan olish va baholash (MHXS 6
“Mineral resurslarning qidiruvi va baholanishi” ga qarang); va
(g) Foydali qazilmalar, neft, tabiiy gaz va shunga o’xshash qayta
tiklanmaydigan resurslarni qayta ishlash va qazib olish xarajatlari.
Standart quyidagilar uchun qo’llanilmaydi:
(a) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan oddiy biznes faoliyatida sotish uchun
egalik qilinayotgan nomoddiy aktivlar (BHXS 2 “Tovar-moddiy zahiralar” va BHXS
11 “Qurilish shartnomalari” ga qarang).
(b) kechiktirilgan solik aktivlari (BHXS 12 «Foyda soliqlari» ga qarang).
(v) BHXS 17 «Ijara» ning qo’llash doirasidagi ijaralar.
(g) Xodimlarga haq to’lashdan yuzaga keladigan aktivlar (BHXS 19
«Xodimlarning daromadlari» ga qarang).
(d) BHXS 32 da ta’riflangan moliyaviy aktivlar. Ba’zi moliyaviy aktivlarning
tan olinishi va baholanishi MHXS 10 “Jamlangan moliyaviy hisobotlar”, BHXS 27
«Alohida moliyaviy hisobotlar” va BHXS 28 «Qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi va
qo’shma korxonalardagi investitsiyalar” da qamrab olingan.
(e) Biznes birlashuvida sotib olingan gudvill (MHXS 3 «Biznes birlashuvlari»
107
ga qarang).
(j) MHXS 4 «Sug’urta shartnomalari» ning qo’llash doirasidagi sug’urta
shartnomalari asosidagi sug’urtachining shartnomaviy huquqlaridan kelib chiqadigan
kechiktirilgan xarid harajatlari va nomoddiy aktivlar. MHXS 4 ushbu nomoddiy
aktivlar uchun emas, balki ushbu kechiktirilgan xarid harajatlari uchun aniq
ma’lumotlar ochib berilishi talablarini belgilaydi. Shu tufayli, mazkur Standartdagi
ma’lumotlarni ochib berish bo’yicha talablar ushbu nomoddiy aktivlar uchun
qo’llaniladi.
(z) MHXS 5 «Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom
ettirilmaydigan faoliyat» ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan
(yoki sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhiga
kiritilgan) uzoq muddatli nomoddiy aktivlar
13
.
Ba’zi nomoddiy aktivlar moddiy ko’rinishda saqlanishi mumkin, masalan,
kompakt disk (kompyuter dasturi misolida), huquqiy hujjatlar (litsenziya yoki patent
misolida) yoki film. Nomoddiy va moddiy jihatlarga ega aktivni BHXS 16 “Asosiy
vositalar” bo’yicha hisobga olinishi yoki mazkur Standart bo’yicha nomoddiy
aktivlar sifatida hisobga olinishini aniqlash uchun, tadbirkorlik sub’ekti qaysi jihat
ahamiyatliroqligini baholashda hukm chiqarishdan foydalanadi. Masalan, aniq bir
kompyuter dasturisiz faoliyat ko’rsatmaydigan kompyuter-nazorat-qiladigan uskuna
uchun kompyuter dasturi tegishli ehtiyot qismning ajralmas qismidir va u asosiy
vosita sifatida hisobga olinadi. Aynan shu yondashuv kompyuterning operatsion
tizimiga nisbatan qo’llaniladi. Qachonki dastur tegishli ehtiyot qismning ajralmas
qismi bo’lmasa, kompyuter dasturi noddiy aktiv sifatida hisobga olinadi.
Shu bilan birga, mazkur Standart reklama, trening, biznesni boshlash, tadqiqot
va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish faoliyatlari bo’yicha harajatlar uchun
qo’llaniladi. Tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish faoliyatlari bilimni
rivojlantirishga yo’naltirilgandir. Shu tufayli, ushbu faoliyatlar natijasi moddiy
ko’rinishdagi aktivga (masalan, namuna) olib kelishiga qaramasdan, aktivning
moddiy jihati uning nomoddiy qismiga ikkilamchidir, ya’ni unda bilim
singdirilgandir.
Moliyaviy ijara holatida, asosdagi aktiv moddiy yoki nomoddiy bo’lishi
mumkin. Dastlab tan olingandan so’ng, ijaraga oluvchi moliyaviy ijara kelishuvi
asosida egalik qilinayotgan nomoddiy aktivni mazkur Standartga muvofiq hisobga
oladi. Tasviriy filmlar, video tasmalari, yozma asarlar, qo’lyozmalar, patentlar va
avtorlik huquqlari kabi moddalar uchun litsenziyalash kelishuvlari asosidagi huquqlar
BHXS 17 qo’llash doirasidan chiqarilgandir va mazkur standart qo’llash doirasidadir.
Agarda faoliyatlar yoki operatsiyalar shunchalik maxsuslashtirilib, boshqacha
yondashuv zarur bo’ladigan buxgalteriya hisobini qo’llashga olib kelsa, mazkur
Standartning qo’llash doirasidan istisno bo’lishi mumkin. Bunday masalalar qazib
olish sohasida neft, gaz va mineral depozitlarni qidiruv yoki qayta ishlash va qazib
chiqarish harajatlarini hisobga olishda hamda sug’urta shartnomalari holatlarida
yuzaga keladi. Shu tufayli, mazkur Standart bunday faoliyatlardagi harajatlar va
13
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 2.
p.1036-1037.
108
shartnomalar uchun qo’llanilmaydi. Biroq, mazkur Standart qazib olish sohalarida
yoki sug’urtachilar tomonidan foydalanilgan boshqa nomoddiy aktivlar (masalan,
kompyuter dasturi) va sarflangan boshqa harajatlar (masalan, biznesni boshlash
harajatlari) uchun qo’llaniladi.
Amortizatsiya - bu nomoddiy aktivning eskirish hisoblanadigan qiymatini
uning foydali xizmat muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.
Aktiv - resurs bo’lib, u:
(a)
oldingi hodisalar natijasida tadbirkorlik sub’ekti tomonidan nazorat
qilinadi; va
(b)
undan tadbirkorlik su’ekti tomonidan kelgusida iqtisodiy naf olinishi
kutiladi.
Balans qiymati - bu shunday qiymatki, bunda aktiv har qanday jamg’arilgan
amortizatsiya va yig’ilgan qadrsizlanish bo’yicha zararlarni chegirilgandan so’ng
moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda tan olinadi.
Tannarx - bu aktivni uning xaridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun
to’langan pul mablag’i yoki pul mablag’i ekvivalentidagi qiymat yoki boshqa turdagi
uning evaziga berilgan tovonning haqqoniy qiymati yoki, tegishli hollarda, boshqa
BHXSlarning, masalan BHXS 2 “Aktsiyaga asoslangan to’lov” ning aniq talablariga
muvofiq ushbu aktivni dastlabki tan olinishidagi qiymatdir.
Eskirish hisoblanadigan qiymat - bu aktivning tugatish qiymati chegirilgandagi
tannnarxi yoki tannarx o’rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatdir.
Tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish - bu tijorat maqsadlarida ishlab chiqarish
yoki foydalanishni boshlashdan oldin, yangi yoki sezilarli tarzda takomillashgan
materiallar, uskunalar, tovarlar, jarayonlar, tizimlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish
rejasiga yoki dizayniga nisbatan tadqiqot topilmalarini yoki boshqa bilimlarni
qo’llashdir.
Tadbirkorlik sub’ektiga xos qiymat - bu tadbirkorlik sub’ekti tomonidan
aktivdan davomiy foydalanishidan va foydali xizmat muddati oxirida balansdan
chiqarishdan yoki majburiyat uchun hisob-kitob qilinganda kutiladigan pul
oqimlarining keltirilgan qiymatidir.
Haqqoniy qiymat - bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi
odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo’lgan yoki majburiyatni
o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir. (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni
baholash” ga qarang)
Qadrsizlanish bo’yicha zarar - bu aktivning balans qiymatining uning
qoplanadigan qiymatidan ortiq qismidir.
Nomoddiy aktiv - bu moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan
aniqlanadigan nomonetar aktiv.
Monetar aktivlar - bu egalikdagi pul mablag’lari va qat’iy belgilangan yoki
aniqlanadigan pul miqdorlarida olinadigan aktivlardir.
Tadqiqot - bu yangi ilmiy yoki texnik bilimga va tushunchaga erishish
istiqbolini ko’zlab amalga oshirilgan asl va rejalashtirilgan izlanishdir.
Nomoddiy aktivning tugatish qiymati - bu aktivning chiqib ketishi bo’yicha
baholangan harajatlar chegirilgan holda, tadbirkorlik sub’ekti ayni paytda xuddi aktiv
109
foydali xizmat muddati oxirida kutilgan muddati va holatida bo’lganidek aktivning
chiqib ketishidan oladigan baholangan qiymatidir.
Foydali xizmat muddati - bu:
(a)
tadbirkorlik sub’ekti aktivdan foydalanishi uchun ushbu aktivning
yaroqli bo’lishi kutilgan davr; yoki
(b)
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan ishlab
chiqarish hajmi (miqdori) yoki shunga o’xshash birliklar soni.
Tadbirkorlik sub’ektlari nomoddiy aktivlarni, masalan, ilmiy yoki texnik bilim,
yangi jarayonlar yoki tizimlar dezayni va amalga oshirilishi, litsenziyalar, intellektual
mulk, bozor bilimi va savdo mulklarini (jumladan, brend nomlar va chop etish
nomlari) sotib olishda, takomillashtirishda, saqlash yoki yaxshilashda tez-tez
resurslarni kengaytiradilar yoki majburiyatlarni tan oladilar. Ushbu keng ko’lamni
qamrab oladigan oddiy misollarga kompyuter dasturi, patentlar, avtorlik huquqlari,
tasviriy filmlar, mijozlar ro’yxatlari, ipotekaga xizmat ko’rsatish huquqlari, baliq
ovlash litsenziyalari, import kvotalari, franchayzinglar, mijoz yoki ta’minotchi
aloqalari, mijoz sodiqligi, bozor ulushi va marketing huquqlarini keltirish mumkin
14
.
Masalan, aniqlangan ekanligiga, resurs ustidan nazorat va kelgusi iqtisodiy
manfaatlarning mavjudligiga to’g’ri kelmaydi. Agarda modda mazkur Standartni
qo’llash doirasida nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantirmasa, uni sotib olish yoki
ichki yaratish harajatlari ular sarflangan paytda harajatlar sifatida tan olinadi. Biroq,
agarda modda biznes birlashuvida sotib olingan bo’lsa, u xarid sanasida gudvillning
ma’lum qismini tashkil etadi.
Nomoddiy aktiv ta’rifi uni gudvilldan farqlash uchun nomoddiy aktivni
aniqlanadigan bo’lishini talab etadi. Biznes birlashuvida tan olingan gudvill biznes
birlashuvida sotib olingan boshqa aktivlardan keladigan kelgusi iqtisodiy
manfaatlarni ifoda etuvchi aktiv bo’lib, u alohida aniqlanmaydi va tan olinmaydi.
Kelgusi iqtisodiy manfaatlar sotib olinganda aniqlanadigan aktivlar yoki alohida
olganda
moliyaviy
hisobotlarda
tan
olinmaydigan
aktivlardan
birgalikda
foydalanishdan kelishi mumkin.
Aktiv aniqlanadigan hisoblanadi, agarda u yoki:
(a)
ajratiladigan bo’lsa, masalan, tadbirkorlik sub’ektidan ajratish va
bo’linish yoki alohida yoki tegishli shartnoma, aniqlanadigan aktiv yoki majburiyat
bilan birga sotilishi, o’tkazilishi, litsenziya sifatida berilishi, ijaraga berilishi yoki
almashinishi imkoniga ega bo’lsa, bunda tadbirkorlik sub’ekti buni amalga oshirishni
ko’zlaganligidan qat’iy nazar; yoki
(b)
shartnomaviy yoki boshqa yuridik huquqlar natijasida yuzaga kelsa,
bunda ushbu huquqlar o’tkaziladigan yoki tadbirkorlik sub’ektidan yoki boshqa
huquqlar va majburiyatlardan ajratilishidan qat’iy nazar.
Tadbirkorlik sub’ekti aktivni nazorat qiladi, agarda tadbirkorlik sub’ekti asosiy
resursdan oqib keladigan kelgusi iqtisodiy manfaatlarni olish va boshqalarning ushbu
manfaatlarga ega bo’lishini cheklash imkoniyatiga ega bo’lsa. Tadbirkorlik
sub’ektining nomoddiy aktivdan keladigan kelgusi iqtisodiy manfaatlarni nazorat
14
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 2.
p.1040-1042.
110
qilish imkoniyati odatda huquqiy kuchga ega yuridik huquqlar negizida bo’ladi.
Yuridik huquqlar mavjud bo’lmaganda, nazoratni namoyish etish qiyinroqdir. Biroq,
huquqning yuridik kuchga egaligi nazorat uchun zaruriy shart emas, chunki
tadbirkorlik sub’ekti kelgusi iqtisodiy manfaatlarni ayrim boshqa usullar bilan
nazorat qilishi mumkin.
Bozor va texnik bilim kelgusi iqtisodiy manfaatlarni o’sishiga olib kelishi
mumkin. Tadbirkorlik sub’ekti ushbu manfaatlarni nazorat qiladi, agarda, masalan,
bilim yuridik huquq bilan himoyalangan, jumladan, avtorlik huquqi, savdo kelishuvi
cheklovi (ruxsat etilgan joyda) yoki maxfiylikni saqlash uchun xodimlarning yuridik
majburiyati bilan himoyalangan bo’lsa.
Tadbirkorlik sub’ekti malakali xodimlar guruhiga ega bo’lishi mumkin va
trening orqali kelgusi iqtisodiy manfaatlarga olib boradigan malakali xodimlarni
aniqlay olishi mumkin. Tadbirkorlik sub’ekti shuni ham ko’zda tutishi mumkinki,
xodimlar tadbirkorlik sub’ekti faoliyatida o’z ko’nikmalarini namoyish etishda
davom etishi mumkin. Biroq, tadbirkorlik sub’ekti odatda malakali xodimlar
guruhidan va treningdan keladigan kutilgan kelgusi iqtisodiy manfaatlar ustidan
yetarli bo’lmagan nazoratga ega bo’lishi mumkin va natijada ushbu moddalar
nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantirmasligi mumkin. Shu sababli, muayyan
boshqaruv va texnik qobiliyat nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantirmaslik ehtimoli
mavjud, bunda u undan foydalanish va kelgusi iqtisodiy manfaatlar olish bo’yicha
yuridik huquq bilan himoyalanmaguncha va ta’rifning ayrim qismlarini
qanoatlantirmaguncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |