Standartlari



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/301
Sana01.01.2022
Hajmi5,36 Mb.
#302171
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   301
Bog'liq
Kurr

Zaxiralar,  shartli  majburiyatlar  va  shartli  aktivlar” 

ga  muvofiq  tuzatish  kiritadi 

yoki  yangi  zaxirani  tan  oladi.    Xo’jalik  sub’ekti  faqat  shartli  majburiyatni  oshkor 

etish bilan chegaralanmaydi,  chunki sud ishining hal bo’lishi natijasida MHXS 37ga 

muvofiq e’tiborga olinishi kerak bo’lgan qo’shimcha dalillar ta’minlanadi. 

 Misol.  20X5  yilning  18  Martida  xo’jalik  sub’ektining  rahbariyati  moliyaviy 

hisobotlarni kuzatuv kengashiga taqdim etilishi uchun tasdiqlaydi. Kuzatuv kengashi 



 

 

50 



 

ijrochi  bo’lmagan  shaxslardangina  tashkil  topgan  bo’lib,  o’z  ichiga  xodimlar  va 

boshqa tashqi  manfaatdor tomonlarning  vakillarini  olgan bo’lishi  mumkin.   Kuzatuv 

kengashi  20X5yilning  26  martida  moliyaviy  hisobotlarni  tasdiqladi.  Moliyaviy 

hisobotlar aktsiyadorlar va boshqalar e’tiboriga 20X5 yilning 1 aprelida taqdim etildi. 

Aktsiyadorlar  moliyaviy  hisobotlarni  20X5  yilning  15  mayida  o’tkazilgan 

aktsiyadorlarning  yillik  yig’ilishida  tasdiqladi  va  tasdiqlangan  moliyaviy  hisobotlar 

tartibga soluvchi davlat idorasiga 20X5 yilning 17 mayida topshirildi.  

Moliyaviy  hisobotlar  20X5  yilning  18  martida  e’lon  etish  uchun  tasdiqlandi 

(rahbariyat  moliyaviy  hisobotlarni  kuzatuv  kengashiga  taqdim  etish  uchun 

tasdiqlagan sana). 

(b) 


hisobot davri oxirida aktiv qadrsizlanganligi  yoki bu aktiv bo’icha oldin 

tan  olingan  zarar  summasiga  tuzatish  kiritilishi  kerakligidan  dalolat  beradigan 

ma’lumot hisobot davri tugaganidan keyin olinishi. Masalan: 

hisobot  davri  tugaganidan  so’ng  mijozlardan  biri  bankrotlikka  uchrashi 



hisobot  davri  oxirida  savdoga  oid  debitorlik  qarzdorligi  bo’yicha  zarar  mavjud 

bo’lganligini va xo’jalik sub’ekti debitorlik qarzdorlikning balans qiymatiga tuzatish 

kiritishi kerakligini tasdiqlaydi; va  

tovar-moddiy  zaxiralarning  hisobot  davri  tugaganidan  so’ng  sotilishi 



ularning  hisobot  davrining  oxiridagi  sof  sotish  qiymati  to’g’risida  dalil  berishi 

mumkin.  

(v)   hisobot  davri  tugallanishidan  oldin  sotib  olingan  aktivlarning  tannarxi 

yoki  sotilgan  aktivlardan  tushgan  tushumning  hisobot  davri  tugaganidan  so’ng 

aniqlanishi. 

(g) 


hisobot davri tugaganidan so’ng foydadan taqsimlanadigan to’lovlar yoki 

mukofotlar summasining aniqlanishi, agar xo’jalik sub’ektining hisobot davri oxirida 

bu  sanadan  oldin  yuz  bergan  hodisalarning  natijasida  bunday  to’lovlarni  amalga 

oshirish  bo’yicha  joriy  yuridik  yoki  konstruktiv  majburiyati  mavjud  bo’lgan  bo’lsa 

(BHXS 19 “

Xodimlarga haqlar”

 ga qarang). 

(d)   moliyaviy  hisobotlarning  noto’g’ri  ekanligini    ko’rsatuvchi  firibgarlik 

yoki xatolarning topilishi. 

Agar  xo’jalik  sub’ekti  ulushli  instrument  egalariga  dividendlarni  (BHXS    32 



Moliyaviy  instrumentlar:  taqdim  etish” 

da  ko’rsatilganidek)  hisobot  davri 

tugaganidan  keyin  e’lon  qilsa,  xo’jalik  sub’ekti  bu  dividendlarni  hisobot  davrining 

oxirida majburiyat sifatida tan olmaydi.  

Agar  dividendlar  hisobot  davri  tugaganidan  so’ng,  ammo  moliyaviy 

hisobotlarni  e’lon  qilish  uchun  tasdiqlash    sanasiga  qadar  e’lon  qilinsa,  dividendlar 

hisobot  davrining  oxirida  majburiyat  sifatida  tan  olinmaydi,  chunki  aynan  ana  shu 

paytda  majburiyatlar  mavjud  bo’lmagan.  Bunday  dividendlar  BHXS  1  “

Moliyaviy 

hisobotlarni taqdim etish” 

ga binoan  izohlarda oshkor qilinadigan  ma’lumot sifatida 

ko’rsatiladi. 

Agar hisobot davri tugaganidan keyin xo’jalik sub’ektining rahbariyati xo’jalik 

sub’ektini tugatish yoki uning savdo faoliyatini to’xtatish qaroriga kelsa yoki  bunday 

yo’l  tutishdan  boshqa  chorasi  yo’q  ekanligini  aniqlasa,  xo’jalik  sub’ekti  o’z 

moliyaviy hisobotlarini faoliyat uzluksizligi asosida tayyorlamasligi kerak. 



 

 

51 



 

BHXS    1  quyidagi  holatlarda  oshkor  etilishi  talab  qilinadigan  ma’lumotlarni 

belgilaydi:  

(a)  


moliyaviy  hisobotlar  faoliyat  uzluksizligi  asosida  tayyorlanmagan 

bo’lganida; yoki 

(b) 

xo’jalik  sub’ektining  rahbariyati  faoliyat  uzluksizligi  faraziga  jiddiy 



shubha  uyg’otishi  mumkin  bo’lgan  hodisalar  yoki  vaziyatlarga  aloqador  bo’lgan 

ahamiyatli  noaniqliklardan  xabardor  bo’lganida.  Oshkor  etilishini  talab  etuvchi 

hodisalar yoki vaziyatlar hisobot davridan keyin yuzaga kelishi mumkin.   

Xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasini 

hamda  bu  kim  tomonidan  tasdiqlanganligi  haqida  ma’lumotni  oshkor  qilishi 

kerak.Agar  xo’jalik  sub’ektining  mulk  egalari  yoki  boshqa  tomonlar  moliyaviy 

hisobotlar  e’lon  qilinganidan  keyin  ularga  o’zgartirishlar  kiritish  vakolatlariga  ega 

bo’lsa,  xo’jalik sub’ekti bu faktni oshkor etishi kerak.  

Hisobot  davri  oxiridagi  shart-sharoitlar  to’g’risidagi  oshkor  qilinadigan 

ma’lumotlarni yangilash  

Agar  xo’jalik  sub’ekti  hisobot  davri  tugaganidan  keyin  hisobot  davri  oxirida 

mavjud  bo’lgan  shart-sharoitlar  to’g’risidagi  ma’lumotni  qo’lga  kiritsa,  u  ushbu 

shart-sharoitlarga tegishli oshkor qilingan  ma’lumotlarni yangi ma’lumotga tayangan 

holda o’zgartirishi kerak.  

Agar  tuzatishlar  kiritilishini  talab  etmaydigan  hisobot  davridan  keyingi 

hodisalar  ahamiyatli  bo’lsa,  ular  to’g’risida  ma’lumotlarni  oshkor  etmaslik 

foydalanuvchilarning  moliyaviy  hisobotlar  asosida  qabul  qilinadigan  iqtisodiy 

qarorlariga  ta’sir  ko’rsatishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham,  xo’jalik  sub’ekti 

tuzatishlar  kiritilishini  talab  etmaydigan  hisobot  davridan  keyingi  hodisalarning  har 

bir ahamiyatli toifasi bo’yicha quyidagilarni oshkor etishi kerak:  

(a) 

hodisaning tabiati; va 



(b) 

uning  moliyaviy  ta’sirini  tahminan  baholash  ,  yoki  bunday  tahminiy 

baholashning imkoni yo’qligini ta’kidlash.   

Quyida  oshkor  etilishi  kerak  bo’lgan  ma’lumotlar  taqdim  etilishiga  sabab 

bo’luvchi  tuzatishlar  kiritilishi  talab  etilmaydigan  hisobot  davridan  keyingi 

hodisalarga misollar keltirilgan:  

(a)  

Hisobot davridan keyin amalga oshgan yirik biznes birlashuvi (MHXS  3 





Biznes  birlashuvlari”

  bunday  holatlarda  muayyan  ma’lumotlar  oshkor  etilishini 

talab etadi) yoki yirik sho’’ba xo’jalik sub’ektining chiqib ketishi; 

(b) 


faoliyatni to’xtatish rejasini e’lon qilish; 

(v) 


aktivlarni  katta  summada  sotib  olish,  MHXS    5  “

Sotish  uchun 

mo’ljallangan  uzoq  muddatli  aktivlar  va  to’xtatilgan  faoliyat”

  ga  muvofiq  sotish 

uchun  mo’ljallangan  aktivlarning  tasniflanishi,  aktivlarning  boshqacha  yo’llar  bilan 

chiqib ketishi yoki davlat tomonidan yirik aktivlarning musodara qilinishi; 

(g) 

hisobot  davridan  keyin  yirik  ishlab  chiqarish  zavodining  yong’in 



natijasida vayron bo’lishi; 

(d) 


yirik  restrukturizatsiya  rejasini  e’lon  qilish  yoki  uni  amalga  oshirishni 

boshlash (BHXS  37 ga qarang); 

(e) 

Hisobot  davridan  keyin  oddiy  va  potentsial  oddiy  aktsiyalar  bilan 




 

 

52 



 

amalaga oshirilgan  yirik operatsiyalar (BHXS  33 «



Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan 

foyda»

  xo’jalik  sub’ektidan  bunday  operatsiyalarning  tavsifini  oshkor  etishni  talab 

etadi, lekin bunday operatsiyalarga BHXS 33 ga muvofiq tuzatishlar kiritilishi  kerak 

bo’lgan  kapitalizatsiya  yoki  aktsiyalarni  imtiyozli  shartlarda  chiqarish,  aktsiyalar 

bo’linishi  yoki  aktsiyalarni  yaxlitlashni  o’z  ichiga  oladigan  operatsiyalar 

kiritilmaydi); 

(j) hisobot  davridan  keyin  aktivlar  narxlari  yoki  valyuta  ayriboshlash 

kurslaridagi g’ayrioddiy darajada katta o’zgarishlar; 

(z) 

joriy  va  muddati  kechiktirilgan  soliq  aktivlari  va  majburiyatlariga  katta 



ta’sir  qiladigan,  hisobot  davridan  keyin  soliq  stavkasi  yoki  amaldagi  soliq 

qonunchiligidagi o’zgarishlar (MHXS 12  «



Daromad soliqlari»

 ga qarang); 

(i) Katta  majburiyatlar  yoki  shartli  majburiyatlarni  olish,  masalan,  katta 

summadagi kafolat xatlarini chiqarish orqali; va 

(k) 

Faqat  hisobot  davridan  keyingi  hodisalardan  kelib  chiqqan  yirik  sud 



jarayonining boshlanishi. 

 


Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish