Standartlari


 BHXS (IAS) 8 “Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/301
Sana01.01.2022
Hajmi5,36 Mb.
#302171
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   301
Bog'liq
Kurr

2.3. BHXS (IAS) 8 “Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi 

o’zgarishlar va xatolar”

 

BHXS  (IAS)  8  “Hisob  siyosatlari,  buxgalteriya  hisobi  maqsadida 



baholashlardagi o’zgarishlar  va  xatolar”  nomli standartning  maqsadi hisob siyosatini 

tanlash  va  o’zgartirish  uchun  mezonlarni  o’rnatish  hamda  hisob  siyosatidagi 

o’zgarishlar, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashlardagi o’zgarishlar va xatolarni 

tuzatishni  hisobga  olish  tartibini  va  ularga  tegishli  oshkor  qilinadigan  ma’lumotni 

belgilashdan  iboratdir.  Ushbu  Standart  xo’jalik  sub’ektining  moliyaviy  hisobotlarida 

aks  ettirilgan  axborotning  o’rinliligi  va  ishonchliligi  hamda  bu  moliyaviy 

hisobotlarining  davrlaro  va  boshqa  xo’jalik  sub’ektlarining  moliyaviy  hisobotlari 

bilan qiyosiyligini oshirishga qaratilgan. 




 

 

44 



 

Mazkur  Standart  hisob  siyosatini  tanlashda  va  qo’llashda,  shuningdek  hisob 

siyosatidagi 

o’zgarishlarni,  buxgalteriya  hisobi  maqsadida  baholashlardagi 

o’zgarishlarni va oldingi davr xatolarini tuzatishni hisobga olishda qo’llanilishi kerak. 

 Oldingi  davr  xatolarini  tuzatishning  va  hisob  siyosatidagi  o’zgarishlarni 

qo’llash uchun qilingan retrospektiv tuzatishlarning soliqlarga bo’lgan ta’siri MHXS 

12 “Daromad soliqlari”ga muvofiq hisobga olinadi va oshkor etiladi. 

Qandaydir  MHXS  operatsiyaga,  boshqa  hodisaga  yoki  sharoitga  aniq  tegishli 

bo’lganida,  unga  nisbatan  qo’llaniladigan  hisob  siyosati  yoki  siyosatlari  ushbu 

MHXSni qo’llash bilan aniqlanishi kerak. 

Operatsiya, boshqa hodisa  yoki sharoitga aniq tegishli bo’lgan MHXS  mavjud 

bo’lmaganida, xo’jalik sub’ektining rahbariyati qo’yidagi xususiyatlarga ega bo’lgan 

axborotni shakllantiradigan hisob siyosatini ishlab chiqish va qo’llashda o’z hukmini 

chiqarishi kerak:  

(a) 


foydalanuvchilarning  iqtisodiy  qarorlarni  qabul  qilish  bilan  bog’liq 

talablari uchun o’rinli bo’lgan; va 

(b) 

moliyaviy  hisobotlar  quyidagilarni  ta’minlagani  tufayli  ishonchli 



bo’lgan: 

xo’jalik  sub’ektining  moliyaviy  holati,  moliyaviy  natijalari  va  pul 



oqimlarini ishonchli ko’rsatadi; 

operatsiyalar,  boshqa  hodisalar  va  sharoitlarning  nafaqat  yuridik  shakli, 



balki iqtisodiy mohiyatini aks ettiradi; 

betaraf, ya’ni xolis; 



ehtiyotkor; va 

hamma ahamiyatli tomondan to’liq. 



Yuqorida qayd qilinganidek hukm chiqarishda, rahbariyat quyidagi manbalarga 

qarashi  va  ularning  qo’llanilishi  mumkinligini  pasayib  boruvchi  tartibda  ko’rib 

chiqishi kerak:  

(a) 


MHXSlarda  shunga  o’xshash  yoki  bog’liq  masalalarga  tegishli  talablar; 

(b)  Kontseptual asoc



 

keltirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar  va xarajatlarning 

ta’riflari, tan olish mezonlari va baholash kontseptsiyalari.  

Hukm  chiqarishda,  rahbariyat,  shuningdek,  standartlarni  o’rnatadigan  va 

buxgalteriya  hisobi  bo’yicha  standartlarni  ishlab  chiqishda  o’xshash  kontseptual 

asosdan,  boshqa  buxgalterlik  adabiyotlardan  va  ushbu  sohada  qabul  qilingan 

amaliyotlardan  foydalanadigan  boshqa  idoralar  tomonidan  eng  so’nggi  chiqarilgan 

standart tusidagi hujjatlarni e’tiborga olishi mumkin. 

Xo’jalik  sub’ekti  o’xshash  operatsiyalar,  boshqa  hodisalar  va  sharoitlarga 

tegishli hisob siyosatlarini izchil ravishda tanlashi va qo’llashi kerak, agar qandaydir 

MHXS  moddalarning  har  xil  hisob  siyosatlari  to’g’ri  kelishi  mumkin  bo’lgan 

toifalarga  bo’linishini  alohida  talab  etmasa  yoki  ruxsat  etmasa.  Agar  qandaydir 

MHXS  moddalarning  bunday  toifalarga  bo’linishini  talab  etsa  yoki  ruxsat  etsa, 

bunday  har  bir  toifaga  tegishli  bo’lgan  hisob  siyosati  izchil  ravishda  tanlanishi  va 

qo’llanilishi kerak. 

Xo’jalik sub’ekti hisob siyosatini faqat qo’yidagi hollarda o’zgartirishi kerak:  

(a) 

agar o’zgartirish MHXS tomonidan talab etilsa; yoki 




 

 

45 



 

(b) 


agar  o’zgartirishning  natijasida  moliyaviy  hisobotlarda  xo’jalik 

sub’ektining  moliyaviy  holatiga,  moliyaviy  natijalariga  yoki  pul  oqimlariga 

operatsiyalarning,  boshqa  hodisalarning  va  sharoitlarning  ta’siri  to’g’risida  ishonchli 

va o’rinliroq ma’lumotlar aks ettirilsa. 

Quyidagilar hisob siyosatidagi o’zgarish bo’lib hisoblanmaydi:  

(a) 


oldin  sodir  bo’lgan  operatsiyalar,  boshqa  hodisalar  yoki  sharoitlardan 

mohiyati  bo’yicha  farqlanadigan  operatsiyalar,  boshqa  hodisalar  yoki  sharoitlarga 

nisbatan qandaydir hisob siyosatini qo’llash; va 

(b) 


oldin sodir bo’lmagan yoki ahamiyatsiz darajadagi bo’lgan operatsiyalar, 

boshqa hodisalar yoki sharoitlarga nisbatan yangi hisob siyosatini qo’llash. 

MHXS 16 “Asosiy vositalar” yoki MHXS 38 “Nomoddiy aktivlar”ga muvofiq 

aktivlarni  qayta  baholash  siyosatini  birinchi  marta  qo’llash  –  mazkur  standartga 

muvofiq  emas,  balki  MHXS  16  yoki  MHXS  38ga  muvofiq  qayta  baholash  sifatida 

qaraladigan hisob siyosatidagi o’zgarish bo’lib hisoblanadi.  

Istisno holatlarini hisobga olgan holda:  

(a) 


xo’jalik  sub’ekti  qandaydir  MHXSni  birinchi  marta  qo’llashi  natijasida 

yuzaga  keladigan  hisob  siyosatidagi  o’zgarishni  ushbu  MHXSda  belgilangan,  agar 

belgilangan bo’lsa, maxsus o’tish qoidalariga muvofiq hisobga olishi kerak; va 

(b) 


agar  qandaydir  MHXSda  qilinayotgan  o’zgarishga  tegishli  bo’lgan 

maxsus  o’tish  qoidalari  belgilanmagan  bo’lib,  xo’jalik  sub’ekti  ushbu  MHXSni 

birinchi  marta  qo’llash  paytida  hisob  siyosatini  o’zgartirsa,  yoki  u  hisob  siyosatini 

ihtiyoriy  ravishda  o’zgartirsa,  bunda  ushbu  xo’jalik  sub’ekti  hisob  siyosatidagi 

o’zgarishlarni retrospektiv tarzda qo’llashi kerak.    

Istisno  holatlarini  hisobga  olgan  holda,  hisob  siyosatidagi  o’zgarish 

retrospektiv  tarzda  qo’llanilganida,  xo’jalik  sub’ekti  taqdim  qilingan  oldingi 

davrlarning  eng  dastlabki  davri  uchun  ushbu  o’zgarish  ta’sir  qilgan  kapitaldagi 

tarkibiy  qismlarning  boshlang’ich  qoldiqlariga  va  har  bitta  taqdim  qilingan  oldingi 

davr uchun oshkor qilingan boshqa qiyosiy ma’lumotlarga, xuddi yangi hisob siyosati 

hamma vaqt qo’llanilganidek qilib, tuzatish kiritishi kerak.  

Hisob  siyosatidagi  o’zgarish  retrospektiv  tarzda  qo’llanilishi  kerak,  bundan 

o’zgarishning  biror-bir  davrga  tegishli  ta’sirini  yoki  yig’ilgan  ta’sirini  aniqlashni 

amaliy iloji yo’q bo’lgan holatlar istisno.  

Hisob siyosatidagi o’zgarishning taqdim  qilingan  bir yoki undan ortiq oldingi 

davrlar  uchun qiyosiy  ma’lumotga  nisbatan biror-bir davrga tegishli bo’lgan ta’sirini 

aniqlashni  amaliy  iloji  yo’q  bo’lganida,  xo’jalik  sub’ekti  yangi  hisob  siyosatini 

retrospektiv  qo’llashni  amaliy  iloji  bo’lgan  davrlardan  eng  birinchi  davri,  bu  joriy 

davr  ham  bo’lishi  mumkin,    boshiga  bo’lgan  aktivlar  va  majburiyatlarning  balans 

qiymatiga nisbatan qo’llashi kerak, hamda ushbu davrdagi kapitalning ta’sir qilingan 

har  qanday  tarkibiy  qismining  boshlang’ich  qoldig’iga  tegishli  tuzatish  kiritishi 

lozim. 


Joriy  davrning  boshida  yangi  hisob  siyosatini  hamma  oldingi  davrlarga 

nisbatan  qo’llashning  yig’ilgan  ta’sirini  aniqlashni  amaliy  iloji  bo’lmasa,  xo’jalik 

sub’ekti  yangi  hisob  siyosatini  qo’llashni  amaliy  iloji  paydo  bo’lgan  eng  dastlabki 

sanadan  boshlab  istiqbolli  qo’llash  maqsadida,  qiyosiy  ma’lumotlarga  tuzatish 




 

 

46 



 

kiritishi kerak. 

Qandaydir MHXSni birinchi marta qo’llash joriy davrga va har qanday oldingi 

davrga  ta’sir  qilganida,  yoki  ushbu  davrga  ta’sir  qilishi  mumkin  bo’lganida,  yoki 

kelgusi  davrlarga  ta’sir  qilishi  mumkin  bo’lganida,  bundan  tuzatish  summasini 

aniqlashni  amaliy  iloji  yo’q  bo’lgan  holatlar  istisno,  xo’jalik  sub’ekti  quyidagilarni 

oshkor etishi kerak:  

(a) 


ushbu MHXSning nomi; 

(b) 


o’rinli  bo’lsa,  hisob  siyosatidagi  o’zgarish  ushbu  standartning  o’tish 

qoidalariga muvofiq amalga oshirilganligi; 

(v) 

hisob siyosatidagi o’zgarishning xususiyati; 



(g) 

tegishli bo’lganda, o’tish qoidalarining tavsifi; 

(d) 

tegishli bo’lganda, kelgusi davrlarga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan o’tish 



qoidalari; 

(e) 


joriy  davr  va  har  bir  taqdim  etilgan  oldingi  davr  uchun,  iloji  boricha, 

quyidagilar bo’yicha tuzatish summasi: 

moliyaviy hisobotning ta’sir ko’rsatilgan har qanday moddasi; va 



agar MHXS 33 “




Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish