Standartlari



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/301
Sana01.01.2022
Hajmi5,36 Mb.
#302171
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   301
Bog'liq
Kurr

7-Misol.

  Gudvill  avval  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlik  A  ga 

taqsimlangan. A ga taqsimlangan gudvill, ixtiyoriy ravishdan tashqari, A dan pastroq 

bo’lgan darajada aniqlanishi yoki aktiv guruhiga bog’liq bo’lishi mumkin bo’lmaydi. 

A bo’linishi lozim va boshqa uchta pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarga B, V 

va G birlashtirilishi lozim. 

A  ga  taqsimlangan  gudvill  ixtiyoriy  ravishsiz  A  dan  pastroq  bo’lgan  darajada 

aniqlanishi  yoki  aktiv  guruhiga  bog’liq  bo’lishi  mumkin  bo’lmagani  sababli,  u  B,  V 

va G birliklarga A ning uchta qismlarining nisbiy qiymatlari asosida ushbu qismlar B, 

V va G lar bilan biriktirilishidan oldin qayta taqsimlanadi. 

Gudvill  taqsimlangan  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlik  uchun  yillik 

qadrsizlanish  tekshiruvi  yillik  davr  mobaynida  har  qanday  paytda  amalga  oshirilishi 

mumkin,  bunda  tekshiruv  har  yili  bir  xil  paytda  amalga  oshirilishi  lozim.  Turli  pul 

mablag’larini  hosil  qiladigan  birliklar  qadrsizlanishga  turli  paytlarda  tekshirilishi 

mumkin.  Biroq,  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikka  taqsimlangan  gudvillning 

ayrim  qismi  yoki  barchasi  joriy  yillik  davr  mobaynida  biznes  birlashuvida  sotib 

olingan  bo’lsa,  ushbu  birlik  joriy  yillik  davrning  oxiridan  oldin  qadrsizlanishga 

tekshirilishi lozim. 

Korporativ 

aktivlar 

tadbirkorlik 

sub’ektining  bosh  ofisining  yoki 

bo’linmasining binosi, elektron ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari yoki tadqiqot 

markazi  kabi  guruh  yoki  bo’linma  aktivlarini  o’z  ichiga  oladi.  Tadbirkorlik 

sub’ektining  tuzilishi  aktiv  muayyan  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlik  uchun 

mazkur  Standartda  keltirilgan  korporativ  aktivlar  ta’rifini  qanoatlantirishi  yoki 

qanoatlantirmasligini  belgilaydi.  Korporativ  aktivlarning  farqlovchi  xususiyatlari 

shuki,  ular  boshqa  aktivlar  yoki  aktivlar  guruhlaridan  mustaqil  ravishda  pul 

kirimlarini  yuzaga keltirmaydi  va ularning balans qiymatini ko’rib chiqilayotgan pul 

mablag’larini hosil qiladigan birlikka to’liq aks ettirilmaydi. 

Korporativ aktivlar alohida pul kirimlarini yuzaga keltirmasligi tufayli, alohida 

korporativ aktivning qoplanadigan qiymati aniqlanmaydi, bunda rahbariyat aktivning 

chiqib  ketishini  amalga  oshirishga  qaror  qilmaguncha.  Natijada,  agarda  korporativ 

aktiv  qadrsizlangan  bo’lishi  mumkinligining  ishorasi  mavjud  bo’lsa,  qoplanadigan 

qiymat korporativ aktiv tegishli bo’lgan pul  mablag’larini  hosil qiladigan birlik  yoki 

pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birliklar  guruhi  uchun  aniqlanadi  va  u  ushbu  pul 

mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikning  yoki  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan 

birliklar guruhining balans qiymati bilan qiyoslanadi.  

Qadrsizlanish  bo’yicha  zarar  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlik  (gudvill 



 

 

153 



 

yoki korporativ aktiv taqsimlangan pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarning eng 

kichik  guruhi)  uchun  tan  olinishi  lozim,  faqatgina  agarda  birlikning  (birliklar 

guruhining) qoplanadigan qiymati birlikning (birliklar guruhining) balans qiymatidan 

kam bo’lsa. Qadrsizlanish bo’yicha zarar birlik (birliklar guruhi) aktivlarining balans 

qiymatini kamaytirish uchun quyidagi tartibda taqsimlanishi lozim:  

(a) 

avval  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikka  (birliklar  guruhiga) 



taqsimlangan har qanday gudvillning balans qiymatini kamaytirishga; va 

(b) 


keyin  birlikning  (birliklar  guruhining)  boshqa  aktivlariga  birlikdagi 

(birliklar guruhidagi) har bir aktivning balans qiymatiga proportsional ravishda. 

Balans  qiymatlardagi  ushbu  kamaytirishlar  alohida  aktivlar  bo’yicha 

qadrsizlanish zararlari sifatida inobatga olinishi lozim. 



8-Misol

  Uskuna  jismoniy  shikastlangan,  ammo  u  shikastlanishidan  oldingi 

holatdagidek    yaxshi  ishlamasa  ham,  hanuz  ishlamoqda.  Uskunaning  chiqib  ketish 

xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymati  uning  balans  qiymatidan  kamroq. 

Uskuna  mustaqil  pul  kirimlarini  yuzaga  keltirmaydi.  Uskunani  o’z  ichiga  olgan  va 

boshqa  aktivlardan  keladigan  pul  kirimlaridan  ko’proq  mustaqil  bo’lgan  pul 

kirimlarini  yuzaga  keltiradigan  aktivlarning  eng  kichik  aniqlanadigan  guruhi  – 

uskuna  tegishli  bo’lgan  ishlab  chiqarish  liniyasi  hisoblanadi.  Ishlab  chiqarish 

liniyasining  qoplanadigan  qiymati  shuni  ko’rsatadiki,  butun  ishlab  chiqarish  liniyasi 

qadrsizlanmagan.  Faraz  1:  rahbariyat  tomonidan  tasdiqlangan  byudjetlar/loyihalar 

uskunani  almashtirish  bo’yicha  rahbariyatning  hech  qanday  majburiyatini  aks 

ettirmaydi. 

Uskunaning  qoplanadigan  qiymatining  o’zini  baholash  imkonsizdir,  chunki 

uskunaning foydalanishdagi qiymati: 

(a)  uning  chiqib  ketish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymatidan  farq 

qilishi mumkin; va 

(b)  faqatgina  uskuna  tegishli  bo’lgan  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlik 

(ishlab chiqarish liniyasi) uchun aniqlanishi mumkin. 

Ishlab  chiqarish  liniyasi  qadrsizlanmagan.  Shu  tufayli,  hech  qanday 

qadrsizlanish  bo’yicha  zarar  uskuna  uchun  tan  olinmaydi.  Shunga  qaramasdan, 

tadbirkorlik  sub’ekti  uskuna  uchun  eskirish  davrini  yoki  eskirishni  hisoblash  usulini 

qayta  baholashi  zarur  bo’lishi  mumkin.  Balki,  qisqaroq  eskirish  davri  yoki  tezroq 

eskirish  hisoblash  usuli  uskunaning  kutilgan  qolgan  foydali  xizmat  muddatini  yoki 

tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  iqtisodiy  manfaatlarning  o’zlashtirilishi  kutilgan 

holatni aks ettirish uchun talab etiladi.  

Faraz  2:  rahbariyat  tomonidan  tasdiqlangan  byudjetlar/loyihalar  uskunani 

almashtirish  va  uni  yaqin kelajakda sotish  bo’yicha rahbariyatning  majburiyatini aks 

ettiradi. Uskunaning chiqib ketishiga qadar undan  ukluksiz  foydalanish bo’yicha pul 

oqimlari sezilarsiz deb baholangan. 

Uskunaning  foydalanishdagi  qiymatini  uning  chiqib  ketish  xarajatlari 

chegirilgandagi  haqqoniy  qiymatiga  yaqin  bo’lgan  holda  baholash  mumkin.  Shu 

tufayli,  uskunaning  qoplanadigan  qiymati  aniqlanishi  mumkin  va  uskuna  tegishli 

bo’lgan  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikka  (ya’ni  ishlab  chiqarish  liniyasiga) 

hech  qanday  e’tibor  qaratilmaydi. 

Uskunaning  chiqib  ketish 

xarajatlari 




 

 

154 



 

chegirilgandagi  haqqoniy  qiymati  uning  balans  qiymatidan  kamroq  bo’lgani  tufayli, 

qadrsizlanish zarari uskuna uchun tan olinadi. 

Ushbu  talablar  «aktiv»  atamasidan  foydalanadi,  ammo  ular  alohida  aktivga 

yoki  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikka  nisbatan  teng  tarzda  qo’llaniladi. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  har  bir  hisobot  davrining  oxirida  gudvilldan  tashqari  aktiv 

uchun  oldingi  davrlarda  tan  olingan  qadrsizlanish  bo’yicha  zarari  bundan  buyon 

mavjud  bo’lmasligining  yoki  kamaygan  bo’lishi  mumkinligining  biror  ishorasi 

mavjud  bo’lishi  yoki  bo’lmasligini  baholashi  lozim.  Agarda  bunday  ishora  mavjud 

bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti ushbu aktivning qoplanadigan qiymatini baholashi lozim. 

Qadrsizlanish  bo’yicha  zararga  tegishli  gudvilldan  tashqari  aktivning  oshgan 

balans  qiymati  shunday  balans  qiymatdan  oshmasligi  lozimki,  qaysiki  aniqlangan 

bo’lar edi (amortizatsiyadan yoki eskirishdan holi), agarda hech qanday qadrsizlanish 

bo’yicha zarar aktiv uchun oldingi yillarda tan olinmaganda edi. 




Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish