uskunasini xorijiy hamkordan sotib olmoqda. Uskuna qiymati 100000 dollar. 1
dekabr 20____ yilda kompaniya shartnoma shartiga ko’ra oldindan 50% to’lovni
amalga oshirdi. 20 dekabrda kompaniya uskunani olib keldi. Uskunaning qolgan
55
Kt Valyuta schyoti (M5200) 60000
100000 x 50% x 1.2 = 60000 sh.b.
20 dekabr 20____ yildagi provodka:
Dt Asosiy vositalar (M0100) 121000
Kt Asosiy vositalarni sotib olish uchun avanslar (M1010) 60000
Kt Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar (M6010) 61000
Asosiy vositalarni sotib olish uchun mol yetkazib beruvchilarga avanslar
nomonetar moddalar hisoblanadi va shu sababli xorijiy valyutadagi mablag’ni uni
almashtirish kursi bo’yicha tarixiy qiymatda aks ettiriladi.
31 dekabr 20____ yildagi provodka:
Dt Valyuta kursi farqidan zarar (M9620) 500
Kt Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar (M6010) 500
10000 x 50% x (1.23-1.22) = 500 sh.b.
Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar monetar moddalar
hisoblanadi va shu sababli xorijiy valyutadagi mablag’ni uni yopiladigan kursi
bo’yicha qiymatda aks ettiriladi.
Tashkilot o’zining moliyaviy hisobotlarini har qanday valyutada (yoki
valyutalarda) taqdim etishi mumkin. Agarda taqdim qilish valyutasi tashkilotning
funktsional valyutasidan farq qilsa, u o’zining faoliyat natijalarini va moliyaviy
holatini taqdim qilish valyutasiga o’tkazadi. Masalan, guruh turli funktsional
valyutalarga ega alohida tashkilotlaridan iborat bo’lsa, har bir tashkilotning faoliyat
natijalari va moliyaviy holati umumiy valyutada ifodalanadi va buning natijasida
jamlangan moliyaviy hisobotlar taqdim etilishi mumkin.
Funktsional valyutasi giperinflyatsiya iqtisodiyotining valyutasi bo’lmagan
tashkilotning faoliyat natijalari va moliyaviy holati quyidagi tartiblardan foydalangan
holda boshqa taqdim qilish valyutasiga o’tkazilishi lozim:
(a)
taqdim etiladigan har bir moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot uchun
aktivlar va majburiyatlar (ya’ni, jumladan qiyosiy ma’lumotlar) ushbu moliyaviy
holat to’g’risidagi hisobot sanasidagi oxirgi kursda o’tkazilishi lozim;
(b)
foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadni aks ettiradigan har
bir hisobot uchun daromad va xarajatlar (ya’ni, jumladan qiyosiy ma’lumotlar)
operatsiyalar sanalaridagi valyuta kurslarida o’tkazilishi lozim; va
(v)
barcha natijaviy kurs farqlari boshqa umumlashgan daromadda tan
olinishi lozim.
Amaliy sabablar uchun, operatsiyalar sanalaridagi valyuta kurslariga yaqinroq
kurs, masalan davr uchun o’rtacha kurs, ko’p hollarda daromad va xarajat
moddalarini o’tkazishda foydalaniladi. Biroq, agarda valyuta kurslari sezilarli tarzda
tebransa, davr uchun o’rtacha kursdan foydalanish noo’rindir.
Kurs farqlari quyidagilardan yuzaga keladi:
(a)
daromad va xarajatlarni operatsiyalar sanalaridagi valyuta kurslarida va
aktiv va majburiyatlarni oxirgi kurslarda o’tkazish.
(b)
boshlang’ich sof aktivlarni oldingi oxirgi kursdan farq qiladigan oxirgi
kursda o’tkazish.
Funktsional valyutasi giperinflyatsiya iqtisodiyotining valyutasi bo’lgan
56
tashkilotning faoliyat natijalari va moliyaviy holati quyidagi tartiblardan foydalangan
holda boshqa taqdim qilish valyutasiga o’tkazilishi lozim:
(a)
barcha summalar (ya’ni aktivlar, majburiyatlar, kapital moddalar,
daromad va xarajatlar, jumladan qiyosiy ma’lumotlar) moliyaviy holat to’g’risidagi
eng yaqin hisobot sanasidagi oxirgi kursda o’tkazilishi lozim, bundan quyidagi
mustasno
(b)
summalar nogiperinflyatsiya iqtisodiyotining valyutasiga o’tkazilganda,
qiyoslanuvchan summalar summategishli o’tgan yilning moliyaviy hisobotlarida joriy
yil summalarisumma sifatida taqdim etilgan summalar summa bo’lishi lozim (ya’ni
narx darajasidagi keyingi o’zgarishlarga yoki valyuta kurslaridagi keyingi
o’zgarishlarga to’g’rilanmagan).
Tashkilot quyidagilarni ochib berishi lozim:
(a)
foyda yoki zararda tan olingan kurs farqlarining summasi, bunda MHXS
9 ga muvofiq foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholangan moliyaviy
instrumentlardan yuzaga keladigan kurs farqlaridan tashqari; va
(b)
boshqa umumlashgan daromadda tan olingan va kapitalning alohida tarkibiy
qismida yig’ilgan sof kurs farqlari, shu bilan birga bunday kurs farqlari summasining
davr boshidagi va oxiridagi solishtirmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: