OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«BUXGALTERIYA HISOBI» KAFEDRASI
D.E.Norbekov, I.K.Ochilov
“MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI”
fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish boʻyicha USLUBIY QOʻLLANMA
TOSHKENT - 2019 D.E.Norbekov, I.K.Ochilov “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari”. Uslubiy qollanma. T.:“” 2019.
Ushbu uslubiy qollanma“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fanining magistratura ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasi va dasturiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib magistratura bo‘limining 5A230901 – “Buxgalteriya hisobi” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) va 5A230902 – “Audit” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassislilari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalariga mo‘ljallangan.
Mazkur uslubiy qollanmabuxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlashda asosiy uslubiy qollanma hisoblanadi. Dasturda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va uning konseptual asoslari, moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini va uni taqdim qilish, moliyaviy hisobotni taqdim etish, pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot, baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar, valyuta kursi o‘zgarishining ta’siri, zaxiralar, qurilish shartlnomalari, asosiy vositalar, ijara, aktivlarning qadrsizlanishi, invetitsiyaviy ko‘chmas mulk, davlat subsidiyalarining hisobi, tushum, foyda solig‘i kabi masalalarni qamrab olishga qaratilgan.
Ushbu uslubiy qollanmaToshkent moliya instituti qoshidagi Oliy o‘quv yurtlararo Ilmiy-uslubiy Kengash majlisida (2019 yil “ ” ) muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar: i.f.n. dots. I.I.Xusinov
i.f.n., dots. O.M.Kuljonov
KIRISh
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro hisob tizimi taraqqiy ettirilishida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) muhim o‘rin tutadi. BHXSlar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilashda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham kun sayin xalqaro standartlarni e’tirof etuvchi mamlakatlar soni oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham BHXSga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, 2015-2018 yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o‘tkazishi va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1 iyuliga qadar aksiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlanishi lozimligi belgilangan.
Bundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitaliga 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda xorijiy investorlarning ulushi jalb qilinishi lozimligi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilishiga to‘g‘ri keladi. Chunki, undan xorijiy investorlar aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tushunishiga va ishonch hosil qilish lozimligiga erishadi.
O‘zbekiston Respublikasida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha 612 ta aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, ularning moliyaviy hisobotlari auditorlik tashkilotlari tomonidan transformatsiya qilinib, elektorn saytlarida e’lon qilingan hamda investorlarning ishonchini oqlash maqsadida xalqaro standartlar asosida tayyorlangan hisobotlar jahon tili – ingliz tilida tarjima qilinib, 2016 yildan boshlab amalga oshirib kelinmoqda. Respublikamizda bu yangi bosqich bo‘lganligi sababli, MHXS 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash” nomli standartiga asosan tranformatsiya jarayonlari amalga oshirildi. Shu sababli, ushbu masalalar to‘plamida talabalar amaliy jarayonlarni o‘rganish maqsadida bilimlarni oshirib borish imkoniyati yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |