Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish
Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch ibora va tushunchalar, mavzuni tizimli ravishda bayon qilishga e’tiborni qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.
Mustaqil ta’limda fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan mustaqil ishlash topshirig‘ining ijrosi fan o‘qituvchisi bilan imkon qadar og‘zaki savol-javob asosida mustahkamlash muhim ahamiyatga ega bolib, talabaning tafakkur dunyosini kengaytirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |