Bog'liq 6)talabalarning mustaqil talimni tashkil etishning uslubiy taminoti xamda tashkil etish xolati
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM VA SPORT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI “SPORTNI BOSHQARISH VA TURIZM FAKULTETI” “SPORT MENEJMENTI VA IQTISODIYOT KAFEDRASI”NING TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH BOYICHA MA’LUMOTLARI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 05.06.2018 yildagi PQ-3775-son
O‘zbekiston respublikasi prezidentining
Qarori
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi.
Mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlarning shiddati ta’lim-tarbiya sohasini ham o‘z oqimiga olib, uni “harakatlanishga”, sohada yangidan yangi izlanishlar va tadqiqotlarni amalga oshirishga undamoqda. Vatanimiz kelajagi porloq bo‘lib, bayrog‘i jahon arenalarining eng yuqorisida hilpirashi uchun xalqning kelajak avlodi zamonaviy ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalanishi va ta’lim olishi lozim. Ularning ta’lim-tarbiyasi yetuk bo‘lishida esa umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘rni yuksakdir. Butun dunyoda o‘z hamkasblaridan ortda qolmaydigan, intellektual salohiyatli kadrni yetishtirish dolzarb masala hisoblanadi. Demak, yurt kelajagining rivoji uchun mutaxassis kadrlar tayyorlashning muhimligi dalil kelitirlishi shart bo‘lmagan qoidadir. XXI asrning ikkinchi o‘n yilligida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-tarbiya tizimidamalakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, uning kasbiy sifat va samaradorligini oshirish borasida katta yangiliklar qilindi va hali ham davom etmoqda.
Shunga e’tibor berish kerakki, oliy ta’lim professor-o‘qituvchisining topshirgan vazifasi bilan kifoyalanish talabaning har tomonlama yetuk bo‘lishni to‘liq kafolatlay olmaydi. Xulosa, talabaning mustaqil ta’lim olishiga zarurat tug‘iladi.