6
Tibbiy - biologik kafedralardagi o’quv dasturlaridagi mavzularni taqqoslash natijasida ba'zi
mavzularni takror
qaytarilishi bartaraf etildi, dasturlarda, masalan, anatomiyadan bir bo’lim
bo’yicha tizimni morfologiyasi berilsa, fiziologiya, bioximiya yoki sport tibbiyoti fanlaridan ushbu
tizimga tegishli xususiyatlari to’liq, fundamental asosda taxlil qilingan. Demak, o’quv dasturlarida
uzviylik prinsipiga xam aloxida e'tibor berilgan. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro
bog’liqligi va uslubiy jixatdan uzviyligi
Anatomiya fani fundamental fan bo’lib, bir qancha fanlar bilan bog’liq. Agar anatomiya fani
a'zo va tizimlarni joylashuvini, tuzilishini o’rgansa, fiziologiya va sport fiziologiyasi fani esa a'zo va
tizimlarni
bajaradigan vazifalarni, funksional xolatlarini o’rganadi. Bu dasturni amalda bajarish
uchun talabalar "Bioximiya va sport bioximyasi", "Harakat faoliyati biomexanikasi", , "Ekologiya
va sport ", "Sport tibbiyoti va reabilitasiya" fanlarni o’rganishda asos bo’lib hizmat qiladi.
Faning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi аsosiy qismda (ma'ruza) fanni mavzulari
mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar
orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo’lgan
bilim va ko’nikmalar to’la yoritilishi lozim. Anatomiyaning "Kirish"
qismida fanni maqsadi,
vazifalari, organizm - yaxlit tizim sifatida bir qancha struktur darajalardan tashkil topganligi,
to’qima va xujayralar xaqida tushunchalar beriladi. Odam skeleti va muskul tizimi o’tilgandan
so’ng faqat jismoniy tarbiya instituti talabalari uchun dinamik morfologiya bo’limi o’tiladi.
Dinamik morfologiya bo’limi maxsus bo’lim bo’lib, sportchilarda jismoniy yuklamalar
ta'siridatizimlar va a'zolarda tayanch-xarakat apparatining ishtiroki, sodir bo’ladigan
adaptasiya
jarayonlarini o’rgatadi. Xususiy anatomiya bo’limlarida ijro etuvchi va idora etuvchi tizimlarning,
ularning tashkil etuvchi a'zolarning tuzilishi bayon etiladi. Olingan bilimlar asosida talabalar
mustaqil ravishda tanlangan sport turidagi xolat va xarakatlarni bajarishini ta'minlashini taxlil qila
oladi.
- Statik va dinamik yuklamalar ta'siri natijasida suyak, muskul tizimlarida va ichki a'zolarida
rivojlanadigan morfologik o’zgarishlar aniqlanadi. Shunday qilib, anatomiya fani jismoniy tarbiya
institutida ta'lim olayotgan talabalarga, odam organizmi
- yaxlit tizim sifatida, uni tashkil etuvchi
tizimlar, a'zolar shakli, tuzilishini va sport yuklamalar ta'sirida xosil bo’lgan o’zgarishlarni
o’rgatadi. Xozirgi zamon morfologik fanlarning yutuqlarini, kashfiyotlarini va ustuvor masalalarini
qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so’ngi yutuqlarini e'tiborga olinishi tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: