Sportda matematika


Suyak tizimining jismoniy ishga moslanishi



Download 15,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/422
Sana22.04.2022
Hajmi15,38 Mb.
#572468
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   422
Bog'liq
4 ANATOMIYA

Suyak tizimining jismoniy ishga moslanishi

Ekzogen va endogen faktorlar ta’sirida odam organizmining xamma morfofunksional tizimilarida 
javob reaksiyalari rivojlanadi Organizmda yuzaga keladigan fiziologik funksiyalarni o’zgarishi turli 
morfo-funksional tizimlarda morfologik o’zgarishlarga olib keladi. Bunda tayanch - xarakat 
apparatidagi o’zgarishlar aloxida axamiyatga ega. 
Bundan 100 yil avval eksperemental rentgenodiagnostika va sport morfologiyasini asoschisi 
bo’lgan P.F. Lesgaft, suyaklarni usishi, xajmlarni kattalashishi, uni urab turgan muskullar 
faoliyatiga boglik degan qoidalarni ta’riflagan. Xozirgi zamon eksperemental kuzatishlarni va sport 
morfologiya fani tuplagan dalillari asosida suyaklarni funksional o’sish qoidalari quyidagi 
xolatlarda ifodalangan: 
A) suyak o’sishini tezlashtiruvchi mexanik faktorlarning ta’siri ritmik ravishda takrorlanishi kerak. 
Oyoq kafti (rasm 4) 
 
 


106 
B) suyak o’sishini aktivlashtiruvchi jismoniy mashg’ulotlar xajmi optimal darajada bo’lishi kerak. 
Etarli bo’lmagan yoki xaddan ziyod mashqlar suyak o’sishini tuxtatishi mumkin. 
V) o’sayotgan suyaklarning mexanik yuklamalarga nisbatan javobi, shu organizmning individual 
reaksiya me’yoriga (normasiga) bog’liq. 
G) Suyakni uzunasiga va kenligiga o’sish mexanizmi xar xil. Suyak moddasini xosil qiluvchi 
osteoblastlar ikkita muxit chegarasida joylashgan: suyak va tog’ay orasidagi joylashgan 
osteoblastlar suyakni uzunasiga o’sishini, suyak va biriktiruvchi to’qima orasidagilar esa
kengligiga o’sishini ta’minlaydi.
Ikki muxitni bir-biriga nisbatan siljishi suyak moddasini xosil bo’lishiga qo’zg’oluvchi impuls 
bo’lib xisoblanadi. Muskullarni qisqarishi ularning suyakga o’sib kirgan payli uchlarini suyak usti 
pardasini uz joydan tortilib turishiga olib keladi. Mexanik yuklamalar ta’sirida suyakda zuriqqish 
xolati rivojlanadi. Natijada, kontaktda bo’lgan ikkita chegara muxitlarni bir-biriga nisbatan siljishi,
perixondral (tog’ay xisobiga) va periostal (suyak usti pardasi xisobiga) suyaklanish jarayonini 
faolligini ta’minlaydi. 
D. Mexanik yuklamalar suyaklarni uzunasiga va kengligiga bo’ylab o’sishini xar xil meyorda 
o’zgartiradi. Suyaklarni uzunasiga o’sishida irsiyatning roli xal qiluvchi bo’ladi. Suyakni kengligiga 
va yoniga o’sish belgisi esa asosan muxit omillari ta’sirida rivojlanadi. Suyaklarda jismoniy 
yuklamalar ta’sirida quyidagi o’zgarishlar yuzaga keladi: 
Suyaklarning shakli o’zgarishi 
Suyaklarning kimyoviy tarkibini o’zgarishi 
Suyaklarning ichki tuzilishidagi o’zgarishlar 
Suyaklarning o’sishi va suyaklanish muddatlarni o’zgarishi. 
A). Suyaklarning shakli uzgarishi
- Jismoniy yuklamalar ta’sirida suyaklardagi o’zgarishlar skeletni 
pishiq mexanik konstruksiyasi sifatida shakllantiradi. Mexanika qonuniyatlardan ma’lumki, katta 
diametrga ega bo’lgan naylar, diametri kichik yoki umuman bushliqsiz bo’lgan naylarga nisbatan
katta yuk kutarish qobiliyatga ega. Shu sababli eng tejamli suyak struktura naysimon yoki 
silindrsimon tuzilishga ega. Masalan kichik xajm va yuqori mexanik pishiqlikni talab qiladigan 
joylarda zich suyak moddasi uchraydi. Shuning uchun naysimon suyaklarni diafizlari ingichka, 
muskullarni birikishi uchun sof satxni nay atrofida xosil bo’lishi, devori esa zich moddadan 
tuzilganligi xos. Epifizlarni xajmlari chegeralangan bo’lib, g’ovak moddadan tuzilgan. G’ovak 
modda uch o’lchovli prinsip asosida tuzilgan bo’lib, turli yo’nalishdagi yuklamalarga bardosh bera 
oladi. Mexanik yuklamalar ta’sirida suyaklarni xajmi va yuzasi o’zgaradi. Katta yuklamalar 
ta’sirida suyaklarni massasi ortadi. Suyak yuzalarida turli chuqurchalar, burtiklar, g’adir-budirliklar, 
o’siqlar, qirralar shakllanadi. Bo’g’imlarda bo’g’im yuzalarini va bo’g’im shakllarini o’zgarishi 
adaptatsion o’zgarishlarga misol bo’la oladi. Yosh bolalarda va uspirinlarda maksadga muvofik va 
meyorli jismoniy mashg’ulotlar ta’sirida bo’g’im yuzalari kerakli yo’nalishda shakllanadi, bo’g’im 
atrofdagi yumshoq to’qimalarda elastiklik va pishiklik xususiyatlari rivojlanadi. Uzluksiz birikishlar 
– sindesmozlar, sinxondrozlar va sinostozlar yonma-yon joylashgan suyaklarni kam 


107 
xarakatchanligini yoki to’liq xarakatsizligini ta’minlab, ularning asosiy o’sish zonalari bo’lib 
xizmat qiladi. Uzlukli birikishlar – bo’g’imlar suyaklarning turli xarakatlarni bajarilishini ta’minlab, 
itarilish va turtkilarni yumshatish uchun amortizatsiyasini ta’minlaydi. 
B). Suyaklarning kimiyoviy tarkibini o’zgarishi
- Jismoniy mashg’ulotlar ta’sirida sportchilarning 
suyak tarkibida anorganik moddalarning miqdori ko’payadi (kalsiy, fosfor). Mineral moddalarning 
miqdorini ortishi suyak to’qimasining zichligini oshiradi. 
V). Suyaklarning ichki tuzilishidagi o’zgarishlar
- Mexanik yuklamalarga moslanishda suyakning
ichki tuzilishida quyidagi o’zgarishlarni kuzatish mumkin: suyak usti pardasini qalinlashishi, 
g’ovak va zich moddalarni nisbatlarini va strukturasini o’zgarishi, diafiz bo’shlig’ining diametrini 
o’zgarishi. 
Mexanik yuklamalar ta’sirida suyakning ustki pardasida osteoblastlarni zur berib kupayishi xisobiga 
kambial qavatining qalinligi nixoyatda qalinlashadi. Yosh sportchilarda odatda rentgennogrammada
ko’rinmaydigan suyakning ustki qavati ma’lum vaqtdan keyin kurinadigan bo’lib qolishi mumkin. 
Qator-qator bo’lib joylashgan osteoblastlar, suyakning asosiy moddasini xosil qiladi va 
osteotsitlarga aylanadi. Keyinchalik suyaklashib ketgan yuqorigi qavat, suyakning diafizi 
tarkibidagi zich moddasi bilan birlashib ketib, uni qalinlashuviga olib keladi. Sport bilan 
shug’ullanmaydigan shaxslarda, suyak epifizining g’ovak modda tarkibini pereferik qismida mayda 
kattakchalar, markaziy qismida esa yirik kattakchalar joylashgan. Yuqori xajmdagi sport 
mashg’ulotlari odatda, g’ovak moddani tashkil etuvchi katakchalarini kattalashib ketishiga olib 
keladi. Naysimon suyaklarning epifizlari deyarli bir xil yiriklikdagi katakchalardan tashkil topib, 
natijada g’ovak moddada markaziy va pereferik qismlari bir-biridan farqlanmaydi. 
Diafizning mustaxkamlanishi ikki xil yul orqali etiladi. Uning devorini qalinlanishi ichki va tashqi 
tomondan ketadi. Diafiz devorini ichki tomondan qalinlashishi zich moddani ilik bo’shli’gi 
tomonidagi suyak yuzasida ro’y beradi. Tashqi tomondan esa suyak usti pardasi xisobiga zich 
moddani xosil bo’lishi aniqlangan. Biomexanik nuqtai nazardan, ikkinchi usul tejamli xisoblanadi, 
chunki bu xolatda diafiz diametri oshishi, zich moddani qalinlashishi, suyak bo’shlig’ini diametri 
o’zgarmasligi, naysimon suyakni pishiqligini oshirishga olib keladi. G’ovak moddani pishiq 
bo’lishi - uni tarkibidagi trabekulalar yoki to’siqlarni qalinlashishi, mayda va o’rta xajmli 
katakchalarni yirik xajmli katakchalarga aylanishi orqali yuzaga keladi. Ma’lumki, plastinkasimon 
suyak to’qimasining morfologik va funksional birligi – osteondir. Mexanik yuklamalarni xajmiga 
qarab, suyak qayta kuriladi. Bunda osteonlar uz joylashuvini, yo’nalishini o’uzgartiradi. Optimal
yuklamalar ta’sirida yangi osteonlar rivojlanadi. 
G). Suyaklarni o’sishi va suyaklanish muddatlarini o’zgarishi -
Suyaklarning o’sishi suyaklanish 
jarayoni bilan bog’liq. Suyakni o’sishi epifizar tog’aylarda to’liq suyaklanish jaraeyoni ruy berishi – 
sinostozga aylanishi bilan tugallanadi. B.I.Kogan, B.A.Nikityuk tomonidan o’tkazilgan ilmiy 
tadqiqotlarda mexanik faktorlarni epifizar tog’ayining turli zonalariga ta’siri, statik va dinamik 
yuklamalarni suyakni o’sishiga va suyaklanishiga ta’siri o’rganilgan. Ikki xil yuklamalarni suyakga 
ta’siri baxolangan va orasidagi farqli belgilar aniqlangan. Dinamik yuklamalarda berilayotgan 
nagruzka xarakat orqali keltiriladi, muskullar izotonik sharoitda ishlab, qisqarishlari ketma-ket 
ravishda takrorlanadi. Dinamik yuklamalarni tretbanda chopish yoki basseynda suzish xolida 
beriladi. Statik yuklamalar bir joyda o’tib, berilayotgan ta’sirot o’zgarmas xolda saqlanib turishi, 
muskullar uzoq muddat davomida izometrik xilda qisqarishi bilan ta’riflanadi. Statik yuklamalarni 
klassik modeli – bu tajriba o’tkaziladigan sichqonni suv ustida maxsus tayoqda osilib turishi. 
Ortopediya va travmatologiyada o’ziga xos statik yuklamalarni berish modeli yaratilgan. Odam 
skeletining jaroxatlangan qismini maxsus apparatlar yordamida chuziltiriladi yoki bir-biriga 
yaqinlashtiriladi. Odatda, statik yuklamalar ta’sirida suyaklar uzunligi bir oz kaltalashadi, ammo 
buning sababi uzunlika o’usish tezligi xisobiga emas, balki ularni suyaklanishini kechikishi 
xisobiga bo’ladi. Suyaklarning o’sish zonasi statik yuklamalarni xajmini kupayishi yoki ozayishiga 
xam ta’sirchan emas, ammo ma’lum xajmda berilgan dinamik yuklamalar qo’l-oyoq 
segmenlarining kattaligini va uzunligini oshiradi. Morfologik o’zgarishlar ko’proq diafizlarda 
kuzatiladi. Naysimon suyaklarning metafizi bolalik va o’smirlik davrida metaepifiz tog’aydan 
tuzilgan bo’lib, suyakning bo’yiga qarab uo’sishiga imkon yaratadi. Metaepifiz tog’ayning 


108 
suyaklanishi naysimon suyaklarning epifizi bilan diafizini suyaklanib (sinostoz) qo’shilishini 
ta’minlaydi. 
O’rta meyordagi jismoniy yuklamalar ta’sirida yosh va o’spirin bolalarda sinostozlanish jarayonini 
sekinlashadi, natijada, suyaklarni o’sish muddatlari xam chuziladi. Epifizlarni balandaligi kamayib, 
ularning maydon satxi ortadi. 
Etarli xajmda xarakat qilmaslik yoki kam xarakatlik /gipokineziya/ organizmni nafaqat funksional 
xolatiga, balki uning morfologiyasiga ta’sir qilishi mumkin. Gipokineziya natijasida tananing 
tashkil etuvchi tarkibiy qismlarida – suyaklar, muskullar va yog’ komponentlarida destruktiv salbiy 
o’zgarishlar paydo bo’ladi. Aksincha, giperkineziya – kup xarakatlilik xolatida, yuklamalar katta 
xajmda berilishi, uzoq davom etadigan intensiv jismoniy mashqlar ta’sirida tayanch-xarakat 
apparatida, pereferik nerv tolalarida, qon-tomirlar tizimida chuqur morfologik o’zgarishlar kelib 
chiqadi. 
Bu ikki o’zaro qarama – qarshi bo’lgan tabiiy faktorlarni organizmga ta’siri taxlil qilinsa, ikkala 
xolatda turli to’qimalarida destruktiv o’zgarishlarni yuzaga kelishi kuzatilgan. Lekin 
giperkineziyada patomorfologik o’zgarishlarni rivojlanish muddati tezroq utishi aniqlangan. 
Sportchilarning skeletlari ularning mutaxassisliga bog’liq bo’lgan jismoniy mashqlari tufayli 
yuzaga kelgan xususiy moslanishlarni o’zida saqlaydi. 

Download 15,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish