3.Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining
boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq.har qanday fan faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bir necha fanlar qo‘shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarnihal qiladigan predmetga aylangan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bog‘langan. Oldingi yagona, bo‘laklarga bo‘linmagan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatidan alo’ida pedagogik fanlari ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlariham, lekin ularning so‘nggi rivojida bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlik namoyon bo‘ldi, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati tomonidan ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga to‘g‘ri keldi. Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq material vazifasini o‘tadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik mu’itini o‘z ichiga olgan keng ilmiy izlanish va o‘qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport so’asi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir: gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning alo’ida turlari uchun kerakli bo‘lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki,hamma turlar uchun taosir ko‘rsata oladiganlarigina alo’ida fan bo‘lib ajralmadi va ajralib chiqishiham mumkin bo‘lmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun umumiy va xususiy qonuniyatlarni ishlab chiqishhozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Biologiya fani bilan bog‘liqligi – jismoniy tarbiya vositalarini shug‘ullanuvchilar organizmiga taosiri reaksiya-sini o‘rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqa-rishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanla-rining qonuniyatlarinihisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanini boshqa fanlar bilan bog‘liqligi bir tomonlama bo‘lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiyahaqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga taosir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining rivojlanishi va takomillashi uchun quydagilar asosiy manba hisoblanadi:
- mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yuksal tirishning yo‘llari vahozirgi payitdagi a’voli haqidagi xukumat qarorlari, qonunlari;
- jamiyatning rivojlanishi davomida insonnihar tomonlama kamol toptirishhaqidagi progressiv taolimotlar. Bu taolimotlar insonninghar tomonlama rivojlanishi huquqinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmay, uning mazmu-nini ochishga urinishhamda shu g‘oyalarni amalga oshirish yo‘llarini nazariy, amaliy ji’atdan asoslashdan iboratdir;
- jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati so’asi bo‘yicha olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va boshqa aralash fanlarning jismoniy tarbiyaga oid to‘plagan nazariy, amaliy bilimlari tizimi;
- ijtimoiy turmush tarzi uninghayotiy amaliyoti tajri-basi, jamiyatning yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilarga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha to‘plangan amaliy tajribalar;
-jamiyat aozolarini jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti tizimini tuzish va uni boshqarishga oid bilimlar;
-mavjud jamiyat maonaviyatining bir bo‘lagihisoblangan jismoniy tarbiya tizimiga jismoniy madaniyat konsepsiya-lari;
- jismoniy tarbiya praktikasi – manba sifatida nazariy qoidalarninghayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi tug‘ilgan original g‘oyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi va usuliyatini boyitadi;
- arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar, sportchilar va ularning murabbiylarining reja-lari, musobaqa bayonnomalari, konspektlar, maoruza matnlari vah.k.lar) jismoniy tarbiya nazariyasini boyitadi va unga manba bo‘lib xizmat qiladi;
- sog‘lom turmush tarzi nazariyasi va amaliyoti tajriba-larining nazariy bilimlari, odam ekologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |