Sport va harakatli 0‘yinlar



Download 1,28 Mb.
bet3/174
Sana31.08.2021
Hajmi1,28 Mb.
#160626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
Bog'liq
SPORT VA HARAKATLI

B.O. Qodirov



KIRISH


Mamlakatiraiz o‘z erkiga ega bolgandan so‘ng, ijtimoiy hayoti- mizning turli jabhalarida, xususan, sport sohasida ham keskin o'zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Ayniqsa, yurtboshimiz sport so- hasini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratdi. Bu bejiz emas, albatta.

Sport — sog‘lom muhitni yaratishda, yosh avlodni har tomon- lama jismonan va ma’nan kamol toptirishda hai qiluvchi kuchga ega. Sababi, biz hamon taraqqiyot sari ketayotgan ekanmiz, hali yo‘limizda yechilishi kerak bo‘lgan ta’limiy muammolar talaygina. Masalan, shu kunlarda hayot talabi va tarbiya uslublari o‘rtasida qandaydir zaiflik, bo‘shliq mavjud. Binobarin, mana shu bo‘shliqni to‘ldirish uchun xalqimizning bebaho an’analari, noyob qadriyat- laridan hisoblanmish xalq harakatli o‘yinlari, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari muhim o‘rin tutadi.

Xo‘sh, xalq harakatli o‘yinlarining maqsadi nima? Albatta, bu o‘yinlar ermak uchun o'ynalmaydi. Chunki, bu zukko xalqimizning asrlar mobaynida jamlagan ma’naviy javohirlar majmuasi- dir. 0‘zbek elining donishmandligini qarangki, har bir o‘yin, awalo, sodda, qiziqarli tuzilgan bo‘hb, uning mag‘ziga xalqona ohang, milliylik, mehr-oqibat, jasorat, mardlik, vatanpavarlik, fidoiylik, insoniylik kabi tuyg'ular singdirilgandir. Ta’lim va tarbiyaning bunday uyg‘unligi yetuk insonni tarbiyalash uchun dasturulamal vazifasini o‘taydi.

Taiixga murojaat qiladigan bo‘lsak, ibtidoiy jamoa davridayoq xalq harakatli o‘yinlarining dastlabki namunalari paydo bo‘la bosh- lagan. Bu haqda keyinroq alohida to‘xtalamiz.

Fidoiy xalqimiz necha yuz yillar davomida har bir o‘yinni qalb qo‘ri bilan yaratdi, sayqalladiva mukammallashtirdi. Saralan- gan o‘yin turlarini kelgusi avlodlar uchun ko‘z qorachig‘iday asrab- avaylab keldi.


6





Taraqqiyotning har qanday bosqichlarida ham katta avlod vakillari kenja avlod vakillari uchun yordam qo‘llarini cho‘zib, Imkon qadar, o‘z to‘plagan bilim va tajribalarini sevimli mashg‘u- lotlariga bo‘lgan munosabatlarini yoshlarga ham tinmay o‘rgatib, tadrijiy bog‘lanishni vujudga keltirdi.

Natijada, yoshlarda jismoniy tarbiyaga bo‘lgan intilish ku- chayib, bu hoi odatiy bo‘lib borgan. Agar xalq harakatli o‘yinla- rini sinchiklab o'rganadigan va ulaming har birini ko‘rib tanisha- digan bo‘lsak, nafaqat ko‘zingiz quvnaydi, balki bu qalbingizga ma’naviy yetuklik, jismoniy barkamollik tuhfa etadi.

Demak, yoshlami jismoniy tarbiyalash jarayonida xalq harakatli o‘yinlaridan o‘z o‘rnida ko‘proq foydalanilsa, o‘yinlarning ta’sirchanligi ham oshadi. Buning mamlakatimiz va millatimizning dunyo miqyosidagi nufuzi yuksalishi uchun ahamiyati katta. Shunday qilib, xalq yaratgan harakatli o‘yinlar mehnat, turmush tarzi, atrof-muhit tabiati, xalqning madaniy merosi, an’analari, urf-odatlari, umuminsoniy qadriyatlari bilan birikib, ajoyib muta- nosiblikni hosil qiladi.

Yoshlarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ayrim majburiy mashqlar o‘miga milliy xalq o‘yinlari, raqslari, jismoniy mashqlari va milliy sport turlarini saralab olish, ularning hajmi, yo‘nalishi va ta’sirchanligini belgilashda Alisher Navoiyning «Mahbub ul- qulub», «Farhod va Shirin», Umar Hayyomning «Navro‘znoma», Ibn Sinoning «Al-Qonun», Kaykovusning «Qobusnoma», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devon-u lug‘atit turk» asarlari ajoyib manba bo‘lib xizmat qiladi.

0‘zbek xalq o‘yinlarini o‘rganish, tadqiq qilish va uni yoshlami tarbiyalash amaliyotiga joriy qilish, ocz qadriyatlarimiz, mada- niyatimiz va ma’naviy boyliklarimizning yuksaklikka ko‘tarilishida asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Xalq yaratgan buyuk xazinani ehtiyot qilib saqlashimiz, milliylik bo‘yog‘ini asrashimiz hamda uni kelajak avlod uchun bekamu-ko‘st yetkazishimiz zimmamiz- dagi asosiy vazifadir.

Nima uchun uzoq o‘tmishdan beri xalq harakatli o‘yinlariga bunday beqiyos ahamiyat berib kelingan? Ulami ichki va tashqi mohiyati nimadan iborat? Nima uchun bugungi kunda ham




7





ta’lim-tarbiya muassasalarida, sport maktablarida va soghomlash- tirish maskanlarida xalq harakatli o‘yinlari fan sifatida o‘quv- mashg‘ulot reja-dasturlaridan joy oigan? degan oVrinli savollar tug‘iladi. Gap shundaki, 1891-yilda ilkbor basketbolni ixtiro qilgan kollej o‘qituvchisi amerikalik Djeyms Neysmit, 1895-yilda birinchi bo‘lib voleybolni yaratgan va kollej talabalari o‘quv faoliyatiga joriy etgan Uilyam Morgan (AQSH)lar hamda mazkur yo‘nalishda ilmiy izlanishlami olib borayotgan ko‘plab mutaxassis-olimlar tadqiqotlariga qaraganda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida doimo gimnastika, yugurish kabi standart mashqlar bilan shug‘ullanish asab-nerv organlariga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan, bir xillik xususiyatiga ega bunday standart (stereotip) mashqlar mushak to‘qima va tolalarida tezroq toliqish alomatlarini yuzaga keltirar ekan.

Kuzatuvlar va tadqiqotlar asosida isbotlanganki, jismoniy tarbiya darslarida yoki bo‘sh vaqtlarda harakatli o'yinlardan foyda- lanish inson organizmining funksional organlar faoliyatini boshqa- ruvchi markaziy nerv tizimiga har tomonlama ijobiy ta’sir etar ekan. Harakatli o‘yinlar davomida bolalami muayyan rollarga, obrazlaiga (ovchi, mergan, topqir, ayiq polvon, tulkivoy va boshqa taqlidlar) kirib ketishi ularda izlash, ijodkorlik, topqirlik, zukkolik va boshqa shu kabi xislatlarga erishishga undovchi motivatsiyani yuzaga keltirib, nafaqat ushbu taqlid, balki harakatga bo‘lgan eh~ tiyojni qondirish yo'llarini topishga chorlar ekan. Darhaqiqat, xalq harakatli o‘yinlarining turlari va mazmuniy shakllari xilma- xil boTib, ular xotira, diqqat, idrok, ong, tafakkur, iroda kabi qobiliyatlar, talaffuz, nutq, intonatsiya kabi hislar, hamjihatlik, haqgo‘ylik, vatanparvarlik, o‘zaro yordam berish, odob-axloq, mardlik, botirlik, jasurlik kabi fazilatlarni shakllantiradi, tarbiya- laydi. Shuning uchun ham umumbashariy va milliy xalq harakatli o‘yinlari inson salomatligi, uning dunyoqarashi, yosh avlodni jismonan va ma’nan barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ustuvor vosita ekanligi isbot talab qilmaydi.

Ta’lim-tarbiya muassasalari, sport maktablari va murabbiylari va sog‘lomlashtirish maskanlari, o‘quvchi-yoshlaxi, o‘qituvchilari, murabbiylari, tashkilotchilari va mutasaddi rahbarlar ixtiyoriga


8





taqdim etilayotgan mazkur darslik shu soha mutaxassislari peda- gogika fanlari doktori, professor, 1 darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni sohibi T.S. Usmanxodjayev, dotsent A.A. Pulatov va pedagogika fanlari nomzodi Sh.A. Pulatovlar tomonidan tayyorlangan. Darslikni ishlab chiqishda mualliflar o‘z kuzatuvlari natijalari, awaldan chop etilib kelingan «Harakatli o'yinlar» (1963); «Harakatli o‘yinlar» (1968); 1-4-sinflar uchun harakatli o‘yinlar (1973), «Harakatli o‘yinlar» (1983), «1001 o‘yin» (1990); «500 harakatli o‘yinlar» (2002, 2014) va boshqa manbalar, xorijiy mutaxassislar tajribalari va yurtimizda mustaqillik davridan boshlab (1991—2005) xalq harakatli o‘yinlari, sport turlari bo‘yicha o‘tkazilib kelinayotgan ilmiy-amaliy anjumanlar, shu tarzda «Alpomish» va «To‘maris» o‘yinlari festivaliga doir materiallardan foydalanishgan.






  1. Download 1,28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish