MUSOBAQALARNI TASHKIL QILISH VA OTKAZISH.
Musobaqalarning ahamiyati.
Sport musobaqalari sportchilarning malakalarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ular jismoniy, texnik, taktik, ruhiy, funksional tayyorgarliklarni aniqlashga va takomillashtirishga yordam beradi hamda qilinayotgan mehnatni natijasini korsatadi.
Togri va yaxshi tashkil qilingan musobaqalar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki musobaqalar faqat jismoniy sifatlargagina (kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik va egiluvchanlik) emas, balki ruhiy-psixologik sifatlarga ham katta tasir korsatadi. Musobaqa davrida sportchilarning tashkilotchilik, ozini tuta bilishlik, jamoa maqsadini oz maqsadidan yuqori qoya olishlik kabi yana bir qancha sifatlari ham takomillashadi.
Musobaqalarda qatnashuvchilar avvalombor, tajriba almashadilar, trenerlar esa yangi trenirovka usullarini sinovdan otkazish imkoniyatiga ega boladilar. SHuningdek, sport musobaqalari sport turlarini targib qilishning eng yaxshi va hammabop shakllaridan hisoblanadi.
Mamlakatimizda musobaqalar otkazilishi tufayligina sport oyinlaridan basketbol, voleybol, futbol, gandbol, tennis va boshqalar ommaviylashdi. Demak, musobaqasiz sportning bolishi mumkin emas.
Musobaqalarning turlari.
Musobaqalar qoyilgan vazifalargagina qarab: birinchiliklar yoki chempionatlar, kubok musobaqalari, qisqartirilgan, baravarlashtirilgan, klassifikatsiya va saralash musobaqalari, match va ortoqlik uchrashuvlar kabi turlarga bolinadi.
Birinchiliklar yoki chempionatlar eng katta musobaqalardan bolib, ularda kollektiv, tuman, shahar, respublika chempioni degan faxriy unvon beriladi. Ular yilda bir marta otkaziladi. Birinchilik goliblari oltin, kumush va bronza medallari bilan mukofotlanadilar.
Kubok musobaqalari yutkazgan chiqib ketish prinsipida otkaziladi. Bu musobaqalar kop vaqt talab qilmaydi va kop qatnashuvchilarni jalb qilish imkonini beradi.
Qatnashuvchilarning tayyorgarligi har xil bolganligi uchun kuchlirok jamoalarning uchrashuvlarini oxirgi bosqichlarga moljallash kerak.
Qisqartirilgan musobaqalar (blitsturnirlar)da kop jamoalar qatnashganlari holda bir kunda otkaziladi. Buning uchun oyin vaqti 30 minutgacha qisqartiriladi. Bunday musobaqalar mavsumning ochilishiga yoki bayramlarga bagishlab otkaziladi.
Baravarlashtirilgan musobaqalar tayyorgarligi har xil bolgan jamoalar orasida otkaziladi. Jamoalarning qiziqishini saqlab qolish uchun kuchsizrok jamoaga oldindan yoki uchrashuv tamom bolgandan song qoshimcha ochkolar beriladi.
Klassifikatsiya musobaqalari jamoalarning (oyinchilarning) tayyorgarligini aniqlash, sport klassifikatsiyasining razryad talablarini bajarish maqsadida otkaziladi.
Saralash musobaqalari tayyorgarligi eng yaxshi jamoalarni (oyinchilarni) aniqlab, keyingi yirik musobaqalarda qatnashtirish uchun otkaziladi.
Match uchrashuvlari musobaqalar kalendarida kozda tutilgan va ananaviy hisoblanadi. Uchrashuvlarda ikki va undan ortiq jamoalar qatnashishi mumkin. Musobaqalarning bunday turlari alohida shaharlar, viloyatlar hamda chet davlatlar orasida dostlik munosabatlarining rivojlanishiga yordam beradi.
Ortoqlik uchrashuvlari bolajak musobaqalarga va sport trenirovkasining bazi bir bolimlari boyicha tayyorgarlikni aniqlash maqsadida ayrim jamoalar ortasida otkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |