Sport tibbiyoti fanining ahamiyati, vazifalari, tarixi va rivojlanish bosqichlari massajning gigienik asoslari


SPORT TIBBIYOTI ASOSLARI VA UNING TASHKIL ETILISHI



Download 23,46 Kb.
bet4/5
Sana11.01.2022
Hajmi23,46 Kb.
#344461
1   2   3   4   5
Bog'liq
shodiyev gigiyena

SPORT TIBBIYOTI ASOSLARI VA UNING TASHKIL ETILISHI

Fan faoliyatining tashkil etilishi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarni tibbiy nazoratdan o`tkazish, ularni sog`liq guruhlariga ajratish, chiniqqanlik darajasini aniqlash, shunga asoslangan holda, mashq hajmi va tezligini belgilash, mashq natijasini doimiy nazorat qilish, mutasaddi tibbiyot muassasasi shifokori hamda jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener zimmasiga yuklatiladi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchi toifaga ega bo`lmagan yoshlar va katta yoshdagi kishilar, bir yilda kamida bir marta, tibbiy ko`rikdan o`tishlari shart; Toifaga ega bo`lgan sportchilar, yosh sportchilar, sport maktabi o`quvchilari, hamda sport bilan shug`ullanuvchi katta yoshdagi kishilar bir yilda kamida 2 marta shifokor tekshiruvidan o`tishlari kerak. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarni tibbiy xizmat bilan ta`minlash 2 turdagi tibbiyot tashkilotlarida amalga oshiriladi. 1. Shahar va tuman markazlarining maxsus belgilangan poliklinikasida joylashgan “sport vrachlik nazorati xonasida”. 2. Viloyat markazida va katta shaharlarda joylashgan “sport vrachlik nazorati dispanserida”. Sport vrachlik nazorati xonasi. Bu shahar va tuman markazidagi maxsus belgilangan poliklinikada, shuningdek, yirik o`quv yurtlari, yirik sport inshoatlari (stadion, sport zali, sport markazi) da, yirik ishlab chiqarish korxonalarining tibbiy-sanitariya bo`limida tashkil etiladi. Sport vrachlik nazorat xonasi shifokorining vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Sport tashkiloti, o`quv muassasasi, korxonaning jismoniy tarbiya va sport masalalari bo`yicha mutasaddi xodimi tavsiya qilgan ro`yxat asosida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish; 2. Ularni sog`liq guruhlariga ajratish; 3. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida tibbiy xulosa berish;

4. Sport bilan shug`ullanuvchilarning mashq hajmini (yuklamasini) belgilash bo`yicha jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trenerga

maslahat berish;

5. Musobaqa oldidan sportchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish

va musobaqaga qatnashish uchun xulosa berish;

6. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlari, trenirovka va musobaqa

o`tkaziladigan sport inshoatlarini sanitariya-gigiyena nazoratidan

o`tkazish;

7. Sport musobaqasi davrida sportchilarning ovqatlanishi, kun

tartibi, mashg`ulot o`tkaziladigan va turar joylarini sanitariyagigiyena nazoratidan o`tkazish.

8. Kasallangan, shikastlangan sportchilarga birinchi tibbiy

yordam ko`rsatadi, zarur bo`lsa shifoxonaga yuborishni hal qiladi.

9. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchi, kasalligi

yoki shikastlanishi sababli davolanishdan qaytgach, uning sog`liq

va chiniqqanlik holatini e`tiborga olgan holda, jismoniy mashg`ulot

yoki sport trenirovkasiga qatnashishiga ruxsat etadi va mashq

hajmini belgilash bo`yicha o`qituvchi - trenerga maslahat beradi.

Sport vrachlik nazorat dispanseri.

Bu viloyat markazida va viloyatning yirik shaharlarida joylashadi. Sog`liqni saqlash boshqarmasi rahbarligida sport tashkilotlari

bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatadi.

Dispanserda sport tibbiyoti bo`yicha bir nechta mutaxassislikdagi shifokorlar ishlaydi, ixtisoslashgan tibbiy xonalari bo`ladi.

Jumladan: 1.Funksional diagnostika. 2.Fizioterapiya. 3.Davolash

jismoniy madaniyati. 4.Klinik va biokimyo laboratoriyalari.

Dispanserning vazifasi.

1. Sport tashkiloti tavsiya qilgan ro`yxat bo`yicha viloyat,

tuman va shaharlarning terma jamoalari tarkibiga kiritilgan sportchilarni, sport maktabi o`quvchilarini maxsus ro`yxatga oladi, ularni

yil davomida kamida 2 marta tibbiy nazoratdan o`tkazadi, mashq

hajmini belgilash bo`yicha trenerga maslahat beradi.

2. Sport bilan mustaqil shug`ullanuvchilarga o`z xohishlari

bo`yicha shifokor maslahati beriladi.

3. “Sport vrachlik nazorati dispanseri” mazkur soha bo`yicha

ilmiy-uslubiy markaz sifatida, poliklinika va sport inshoatlarida


Download 23,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish