Identiv o’quv maqsadlari:
Sportda erishilgan g’alaba odatda sportchida emotsional xolatlar xosil qilishini biladi, ya’ni:
-sport kurashida o’zining chindan xam ustunligini xis etish, erishilgan natijadan qoniqish;
-xayotsevarlik, quvnoqlik kayfiyati, tetiklik;
-o’z kuchiga ishonish xissi;
-mashqlarni davom ettirish va yana musobaqalarda ishtirok etish istagi.
G’alaba ba’zan sportchilarda salbiy x’is-tuyg’ularni xam paydo qilishi mumkin, masalan:
-Manmanlik, o’z sport imkoniyatlarini yuqori baxolash;
-O’z-o’ziga ortiqcha ishonish;
3-savolning bayoni
Bo’lib o’tgan musobaqalardan so’ng sportchi o’ta murakkab psixologik xolatlarni boshidan kechiradi. Mazkur xissiyotlarning kelib chiqishiga ko’plab omillar ta’sir etib, quyida ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz:
A) erishilgan natija, g’alaba yoki mag’lubiyatdan, uning ijtimoiy axamiyatidan ta’sirlanish;
B) kutilmagan natijadan yoki ayni maqsad qilib qo’yilgan natijaga erishilganligidan xayajonlanish;
V) o’tkazilgan musobaqaning keskinligidan, g’alabani ta’minlangan yoki mag’lubiyat keltirgan o’sha jangning qiyin kechganligidan ta’sirlanish.
G) shuningdek bu jarayonga – sportchining shaxs sifatidagi fazilatlari, undagi istiqbollik rejalari, mazkur rejalarning erishilgan natijalarga muvofiqligi, uning irodaviy sifatlari, ma’naviy va emotsional barqarorligi va xokazolar xam o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Sport musobaqalari odatda sportchining g’alabasi yoki mag’lub bo’lishi bilan tugaydi. Psixologik nuqtai nazardan g’alaba – bu muvaffaqiyat, mag’lubiyat esa – muvaffaqiyatsizlikdir.
Sportda erishilgan g’alaba odatda sportchida emotsional xolatlar xosil qiladi, ya’ni:
-sport kurashida o’zining chindan xam ustunligini xis etish, erishilgan natijadan qoniqish;
-xayotsevarlik, quvnoqlik kayfiyati, tetiklik;
-o’z kuchiga ishonish xissi;
-mashqlarni davom ettirish va yana musobaqalarda ishtirok etish istagi.
G’alaba ba’zan sportchilarda salbiy x’is-tuyg’ularni xam paydo qilishi mumkin, masalan:
-Manmanlik, o’z sport imkoniyatlarini yuqori baxolash;
-O’z-o’ziga ortiqcha ishonish;
-Bundan keyingi mashg’ulotlarga loqaydlik, e’tiborsizlik bilan munosabatda bo’lish. Shuning uchun xam musobaqada g’alaba qo’lga kiritilgandan so’ng sportchi o’z murabbiysi bilan birga, fursatni boy bermay, o’z vaqtida kelgusi ishlarni amalga oshirish rejalarni tuzib olishi lozim.
Musobaqada mag’lub bo’lish xam sportchiga 2 xil, ya’ni ijobiy va salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunda aksariyat xollarda quyidagi emotsional xolatlar kuzatiladi:
Ruxiy siqilish xolati, o’z kuchiga ishonmaslik, omadi kelgan do’stlaridan xafa bo’lish va ularga xasad qilish;
Apatiya xissi, xamma narsadan ko’ngil sovushi, befarqlik, sportga bo’lgan qiziqishning so’nishi, xatto mashg’ulotlarga xam qatnashmay qo’yishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |