Taniberdiev A.A- GulDU «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» kafedrasi katta o’qituvchisi
Ushbu o’’quv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti O’quv-metodik kengashi tomonidan ( bayonnoma ......... 2007 yil) ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida qo’llashga tavsiya etilgan.
Universitet
MUNDARIJA
1.
|
Kirish
|
3
|
2.
|
Ma’ruza mashg’ulotlarining mavzulari
|
4
|
1-Mavzu:
|
Sport psixologiyasi fanining maqsadi, vazifalari va uning mazmuni
|
4
|
2-Mavzu:
|
Sport psixologiyasi fanini vujudga kelishi, tarixiy rivojlanishi hamda o’quv va ilmiy fan sifatida o’qitilishi
|
20
|
3-Mavzu:
|
Jismoniy tarbiya va sport psixologiyasining tadqiqot metodlari
|
26
|
4-Mavzu:
|
Jismoniy tarbiya o’qituvchisi va sport murabbiyi faoliyatining ob’ektiv va sub’ektiv jihatlari
|
30
|
5-Mavzu:
|
Sport faoliyatining psixologik xususiyatlari
|
37
|
6-Mavzu:
|
Sportchi shaxsining psixologik xususiyatlari
|
40
|
7-Mavzu:
|
Psixik jarayonlar (muloqot,diqqat,sezgi,idrok,xotira,xayol,tafakkur)
|
42
|
8-Mavzu:
|
Psixik holatlar (emotsiyalar,iroda,qiziquvchanlik)
|
46
|
9-Mavzu:
|
Shaxs xususiyatlarini (temperament,xarakter,qobiliyat) jismoniy tarbiya va sport faoliyati bilan bog’lay olish
|
48
|
10-Mavzu:
|
Sport musobaqalarining psixologik asoslari (musobaqa oldi,musobaqa va musobaqadan so’ngi davr)
|
51
|
3.
|
Seminar mashg’ulotlari
|
60
|
4.
|
Amaliy ishlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
|
64
|
5.
|
Glossariy
|
80
|
6.
|
Ilovalar:
|
87
|
|
Fan dasturi
|
94
|
|
Ishchi fan dasturi
|
95
|
|
Nazorat savollari
|
|
|
Taqdimot va multimediya vositalari (elektron shaklda)
|
|
|
Ingliz va rus tilidagi xorijiy o’quv materiallari (elektron shaklda)
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
|
KIRISH
«Sport psixologiyasi mashg’ulot va musobaqa jarayonlarining ajralmas qismidir. Zero, uning zamirida sportchining texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligi samaradorligini oshirish, sportchi shahsini shakllantirish, shuningdek, har bir sport turi uchun nihoyatda muhim bulgan sportchilarning eng optimal holatini shakllantirish vazifalari mujassadir. Shu sababli sport psixologiyasi bugungi kunda fanning rivojlanib borayotgan bir sohasiga aylanib, endi unga nafaqat psixologlar, balki, u yoki bu jihatdan sport bilan aloqador bo’lgan barcha insonlar-sportchilar, sport murabbiylari, ma’muriy-tashkiliy soha va boshqaruv xadimlari ham katta qiziqish bildirmoqdalar. “Sport psixologiyasi” fani o’quv predmeti sifatida o’zining mazmuniga ko’ra hozirgi kunda nisbatan mustaqil, lekin bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan muammoli tsikllardan tashkil topgan bo’lib, oliy o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun maxsus bilimlarga, ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi.
Bugungi kunda jismoniy tarbiya sohasi bo’yicha jahon standartlariga javob beruvchi, ilg’or xalqaro tajribalarga tayanib yozilgan maxsus adabiyotlarga, ayniqsa, Davlat tilidagi o’quv qo’llanmalariga muhtojlik katta.
Biz mavjud holatdan kelib chiqib, sohaning keng ko’lamdagi ilmiy izlanishlarning nazariy va amaliy materiallarni to’la qamrab olish imkoniyatidan yiroqligimizni nazarda vatandosh olimlarimizning (V Karimova,Tulenova XB, G’oziev E,Z.G. Gapparov, Yu.M.Yunusova va boshqalar) ilmiy izlanishlari va darsliklari asosida Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining faqat umumiy asoslarinigina bayon etadigan ushbu muammoli ma’ruzalar to’plamini hukmingizga havola etmoqdamiz.
Muammoli ma’ruzalar to’plamiga Sport psixologiyasi, uning paydo bo’lish manbalari va rivojlanish bosqichlari,tadqiqot metodlari, o’qituvchi va murabbiylarning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlari, psixik holatlar(emotsiyalar,iroda,qiziquvchanlik), oid nazariy materiallar kiritilgan.
O’quv-uslubiy majmua zamonaviy pedagogik texnologiya talablariga mos ravishda ishlanib, unda o’quv maqsadlari,nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |